O’zbekistonda yengil atletikani rivojlanish tarihi.
1916 yilda Farg’ona (Skoblev) shahriga yurish bo’yicha Rossiyada mashur bo’lgan Lev Barxash keladi,u yengil atletika ishqibozlari to’garaklarini tuzib,ular bilan birgalikda Marg’ilon soy (Mustaqilik ko’chasi) qirg’og’ida velosiped sporti bo’yicha mashqlar va poyga o’tkaziladigan o’yingohlarni qayta ko’rib yugirish uchun moslashtitish, 280 metirlik yugurish yo’lagi ko’radi va hatto,sakrash uchun kundoklar o’rnatadi.
U paytlarda sharlarda yengil atletika to’garaklarida,asosan,katta yoshdagi,juda oz odamlar qatnashganlar. U ham bo’lsa,sport ishqibozlari jamiyatlari,xususan sport klublari va skavo’tlari tashkilotlari a’zolari bo’lgan.
Oktyabr inqilobidan so’ng jismoniy tarbiya va sportning ommoviy rivojlanisiga katta e’tibor beriladi.Turkiston Respublikasi Xalq ta’limi komissariati qoshida 1919 yilda sport kollegiyasi (komissiyasi) tuziladi. U umumiy Harbiy ta’lim bosh boshqarmasi tamonidan moydonlarda nomoyish etiluvchi sport chiqishlari hamda
turli musabaqalarni tashkil etish,shuningdek o’quvchilar bilan o’tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga rahbarlik qilgan.
Sportning boshqa turlari qatorida shu yili yengil atletika bo’yicha uyushgan mashg’ulotlar tashkil etilagn. 1920 yilning oktabrida Toshkentda 1 O’rta Osiyo Olimpiadasi o’tkazilgan. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shahmat va sportning milliy turlari bo’yicha musobaqalar kiritilgan.
Yengil atletika bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda Farg’ona shaxri jamoasi quvonchli zafarlarni qo’lga kiritgan. Dasturga kiritilgan 12 turning 8 tasida mazkur jamoa a’zolari nafaqat bir marotaba, hatto ikki marotaba birinchi o’rinni egallashadi (G. Bernadskiy, D. Dadoshevich akauka Bo’rmakinlar). 8x100 m estafetasida esa farg’ona jamoasi boshqalardan ancha o’zgan holda g’alaba qozonadi.
Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantrishga bo’lgan ehtiyoj 1921 yilda “Turkfront”ning umumta’lim boshqarmasi qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha Markaziy kengash tuzishga olib keladi.
1920-30 yillarda malakali mutaxassislarga bo’lgan talab kuchli edi. SHuning uchun 1921 yildan boshlab Turkfrontning umumta’lim tizimida uch oylik ko’rsatlar ochilib, jismoniy ta’lim muallimlarini tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 1926 yildan esa kasaba uyushmalari o’z kengashi bo’yicha sanoat korxonalarida ishlash uchun jismoniy qo’riqchilarini tayyorlashga kirishadi.
1922 yilda yengil atletika bo’tsicha Turkiston Respublikasi sportchilari qo’lga kiritgan g’alabalarining 1jadvali tuziladi. SHu davrning yetuk yengil atletikachilari: N. Ovsyannikov, P. Taranov, YA. Valishevlar ishchi va dehqon yoshlarni yengil atletika ishqibozlari to’garaklariga jalb qilish bo’yicha faol ish olib borishadi.
1924 yilning mayida Toshkentda, o’lkada, birinchi o’yingoh (keyinchalik Pishevik deb nomlangan) ochiladi. Hozir uning o’rniga V. S. Mirofanov nomli suv sporti saroyi barpo etilgan. SHu yilning avgust oyida Umum turkiston jismoniy madaniyat bayrami o’tkazildi. Sportning to’qqiz turi bo’yicha nafar sportchi qatnashgan.
O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston davlat milliy tuzilishiga ko’ra, 1924 yilda O’zbekiston SSR tashkil topdi. SHu yildan boshlab O’zbekistonning yengil atletika, bo’yicha qo’lga kiritgan g’alabalari rasman qayd etila boshlandi.
Sobiq O’zbekiston Kompartiyasining II sezdi qarorlarini bajara borib, respublika o’z zimmasiga oldi. Yengil atletika mashg’ulotlariga qishloq yoshlari jalb qilina boshlandi.
1926 yilning 15 iyulida Toshkentning SHayxontoxo’r tumanida eski shahar (“Spartak”) stadionining tantanali ochilishi bo’ldi. 1927 yildagi 1 umum o’zbek Spartakiadasi, 1928 yildagi ikkinchi ana shunday spartakiada I Butun Ittifoq spartakiadasi oldidan o’tkazildi.
1927 yilda toshkentlik harbiy xizmatchi Nikolay ovsyannikov Yugurish bo’yicha to’siqlar osha 110 metrni 17. 0 sek yugurib o’tdi hamda balandlikka sakrash bo’yicha sobiq SSSR rekordini o’rnatdi. U vatan yengil atletikachilari orasida birinchi bo’lib “17 sekund” marrani egalladi. Bir yil o’tgach, I Umumittifoq spartakiadasida N. Ovsyanikov masofani 16. 2 sek da yugurib o’tdi. So’ngra u masofani 15. 2 sek chopib o’tadi. Biroq sportchi Yugurish chog’ida ikki to’siqni yiqitib o’tganligi uchun bu natija qayd etilmadi hamda bu marra rekord sifatida qabul qilinmadi.
Moskvada o’tgan I Butunittifoq spartakiadasida o’zbek yengil atletikachilari ishtirok etishdi. N. Ovsyannikov 110 metr Yugurishda (16. 2), YU. Dunaev baladlikka sakrashda (175) va uch hatlab sakrashda ikkinchi o’rin (12. 75), A. Tikunova lappak otishda ikkinchi o’rin (25. 33), Z. L. Rikova ayollar ichida langar cho’p bilan balandlikka sakrashda birinchi o’rinni egalladilar.
1929 yil bahoridan boshlab respublika poytaxti Toshkentda “Pravda Vostoka” gazetasini sovrini uchun shahar ko’chalari bo’ylab estafeta musobaqasi o’tkazila boshladi. Samarqand, O’rganch, Buxoro kabi respublikaning boshqa shaharlarida ham shunday estafetalar tashkil etiladi. Ushbu holat aholi o’rtasida yengil atletika sportini ommaviy ravishda targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borishning dastlabki harakati bo’lgan.
1934 yildan o’zbek yengil atletikachilari bilan uchrashuvlar o’tkaza boshlaydi. Ana shunday musobaqalardan birinchisi (bunda Qozog’iston Respublikasi qonkursdan tashqari ishtirok etdi). 1934 yilning 512 sentabrida bo’lib o’tdi. Erkaklarni musobaqa dasturning 16 turidan o’ntasida o’zbek sportchilari (E. Po’tsillo 100, 200 va 400 metrga Yugurish, V. TSexmestrenko
3000 va 1500 metrga Yugurish, V. Bezrukov: 500 va 1000 metrga Yugurish, YU. Dunaev to’siqlar ora 100 metrga Yugurish, E. Rubyashev balandlikka sakrash, N. Bespakoynov uch hatlab sakrash) g’alabani qo’lga kiritishadi.
Ayollar dasturi bo’yicha yetti tur o’tkazilib ularni barchasida o’zbek sportchilari (L. SHaternikova 100 metrga Yugurish va balandlikka sakrash, M. Toporova Yadro irg’itish va nayza otish, T. Ko’zneova lappak otish, T. Basharina uzunlikka sakrash, 800 metrga Yugo’rish) g’alabani qo’lga kiritadi.
Musobaqalarda o’zbek sportchilarining birinchi o’rinlarni egallashlarida o’sha davr sportning yetuk mutaxassislari bo’lgan N. Ovsyannikov, P. Kravchenko, P. Klyazu, G. Kotsarev, V. Skavinskiylarning xizmatlari katta bo’lgan.
1936 yilning sentabrida IV Umumo’zbek spartakiadasi o’tkazildi. Spartakiadada yengil atletikachilar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqalarda L. SHaternikova, V. TSexmestrenko, M. Toporova, T. Vesednova, L. Olixova, A. Kotsarevlar o’z yengil atletikachilari tomonidan 32 rekord o’rnatilgan.
Spartakiadalar orasida musobaqalarni o’tkazish tizimi takomillashib borib, unda ishtirok etuvchi jamoalar hamda shaxslarning soni ko’payib bordi. Respublikaning kuchli sportchilari M. Toporova, L. Maksimicheva, SHaternikova, A. Borisov, P. Taranev, V. TSexmistrenko, G. Kotsarev, A. Kotsareva, L. Olixovlar, E. Po’tsillo, N. SevrYukova (Borisova), N. Bespokoynov, F. Xasanova va boshqalar tomonidan o’rnatilagn rekordlar yana bir yangilandi.
1937 yilda Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Buxoro va respublikaning boshqa shaharlarida yengil atletika bo’limlari mavjud bo’lib, birinchi shaharlarida yengil atletika bo’limlari mavjud bo’lib, birinchi sport maktablari ochildi. Bu
hayrli ish, tezda o’z mevasini berdi. 1938 yili yengil atletika bo’yicha mamlakat birinchiligida O’zbekiston yosh yengil atletikachilari jamoasi ikkinchi o’rinni egallashdi. N. sevrYukova, E. Demchenko, N. kavtunova, K. Kapustyanskiy, YU. SHolomitskiy, V. Drobchinskiylar Yuqori natijalarni qo’lga kiritishadi.
Ikkinchi jaxon urushiga qadar yoshlar o’rtasida yengil atletika bilan shug’ullanish keng tarqaldi. Bunga sabab ommaviy krosslarning o’tkazilishi, shaharlarda estafetalarning teztez tashkil etilishi, musobaqalar sonining ortishi, ko’p sonli mohir yengil atletikachilarning yuzaga kelishi bo’lgan. Bulardan L. Skasaya, F. Hasanova, Olihov, Yu. Sholomiskiy, K. Kapustyan va boshqalar, shuningdek Antonina Kosareva 1940 yilda o’zbek yengil atletikachilari orasida birinchi bo’lib nayza o`tish bo’yicha “SSSR sport masteri” unvoniga sazovor bo’ldi.
Urushning ohirgi yillarida ham respublikada jismoniy tarbiya hayoti so’nmadi. Musobaqalar, asosan, harbiy ahamiyatga ega bo’lgan kross, granata otish to’siq istehkomlaridan oshib Yugurish bo’yicha o’tkazildi. Sport tashkilotlari o’z faoliyatini front ehtiyojlariga moslab qayta to’sib chiqdilar.
Eng yaxshi sportchilar o’z Vatanini himoya qilish uchun jangga ketishdi, qolganlari esa umumharbiy ta’lim mashg’ulotlarini olib borish uchun harbiy kommissariyatlarda,
Gospitallarda qolishdi. Ular yarador-jangchilarning mehnat qobilyatini tiklash va ular bilan davolash jismoniy mashq mashg’ulotlarini olib borishdi. Umumharbiy ta’limda respublikaning ko’zga ko’ringan mo’rabbiylari V. Bessekernih ( Samarqand ), V. Skavinskiy (Buhoro), P. Taranovlar( Toshkent ) o’z sohasi bo’yicha katta ish olib borishdi.
Aynan ular, og’ir harbiy holatga qaramay, O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston spartakiadasida qatnashuvchi sportchilarni tayyorlashgan. O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston 11 Spartakiasi 1943yili Olma Otada bo’lib o’tadi. Erkaklar dasturining sakkiz turidan turt turida o’zbek sportchilari birinchi o’rinni egallashdi. Ular orasida Sadunin 800 va 1500 metrga Yugo’rish, N. Bespokoynov – 100 metrga Yugo’rish hamda L. Kanaki uzunlikka sakrash bo’yicha ayollar orasida 140 sm balandlikka sakrash g’oliblikni qo’lga
kiritdi. 111 Spartakiada 1944 yilda Toshkentda o’tadi. Unda asosan, erkaklar ishtirok etib, sportning 11 turi bo’yicha o’tdi.
Spartakiada Pusillo 110 va 400 metrga Yugurish, A. Borisov balandlik va o’zunlikka sakrash hamda G. Kosarev nayza otish bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdilar.
1945 yil sentyabrda O’zbekiston spartakiasi dasturi bo’yicha “Spartak” stadionida yengil atletika musobaqasi bo’lib o’tadi. 150 nafar sportchi ishtirok etgan bu musobaqalarda quvonchli marralar qo’lga kiritiladi. 1946 yilga kelib respublikada rekordlari yangi ko’rsatkichlarga ko’tarildi: N. SevrYukova ( Borisova ) besh hatlab sakrash, to’siq ora yugurish hamda yadro irg’itishda, L. Skaskaya 80 m to’siq ora yugurishda F. Hasanova – 400 va 800 metrga yugurishda g’olib chiqishdi. 1947 yili Moskovada bo’lib o’tgan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarning butunittifoq namoyishiga O’zbekitonda “SSSR sport masteri” darajasiga erishgan yengil atletikachilar A. Borisov (uch xatlab sakrashda sobiq SSSRning uch marta sovrindori) va F. Hasanova, shuningdek jismoniy tarbiya hodimlari bayram nishonlash musobaqalarida ishtirok etish uchun respublika chempionlari N. SerYukova, ishtirok etish uchun respublika chempionlari N. SerYukova, L. Skastkaya, A. Qorieva, Sultonova, T. Ismoilov, S. Popovlar Moskovaga borishdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Andris. E. Qudratov.R Yengil atletika Toshkent 1998 yil.
2.Normuradov.A Yengil atletika Toshkent 2002 yil.
3.Niyozov.I Yengil atletika Fargona 2005 yil.
4.Matviv.L.P Teoriya i metodiqa fizichesqoy qultura. M 1991 yil. 5.Abdullaev.A Xonkeldiev.SH «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodiqasi» Toshkent 2005 yil.
6. F.A.Qerimov sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. Toshkent zarqalam 2004 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |