Yadro itqitish joyining diametri 213,5 sm va 60° burchakka ega bo‘lgan doiradagi sektorda bajariladi. Doiraning yuzasi qattiq va sirpanmaydigan bo'lishi lozim. Doira halqa bilan chegaralanib, qovurg‘asi doira yuzasidan 2 sm chiqib turadi. Yadro itqitish uchun sektor, yadro kelib tushganda iz qoldiradigan kuyindi yoki boshqa qoplamaga ega bo‘lishi kerak. Sektor maydoni halqaning ichki chetidan masofani ko‘rsatib turadigan qilib chiziladi.
Yoy va yon chegaralar oq tasmalar yoki bo‘yoq bilan belgilanib qo‘yiladi. Doira old qismining o'rtasida yog‘och taxta o‘rnatiladi — segment. Uning ichki cheti halqa bilan mos kelishi darkor. Itqitiladigan yadroning og‘irligi (shug‘ullanuvchilarning yoshi va jinsiga qarab) 3, 4, 5, 6 va 7, 2, 57 kg metall shardan iborat bo'ladi.
Granata uloqtirish uchun ajratilgan joyning yugurib kelish yo‘lagi zich va maydon bilan bir tekis bo‘lishi kerak. Yo‘lak uzunligi 30—35 m, eni 4 m. Granata yog‘och, metall stakan bo‘lishi mumkin. Uning og‘irligi erkaklar uchun 700 g, xotin-qizlar uchun 500 g. Ba’zan bolalar bilan ishlashda og‘irligi kam granata qo‘llaniladi.
Uloqtirish. Uloqtirishda har bir qatnashchiga urinish uchun uch marta gal beriladi. Yirik musobaqalarda g‘olibni aniqlash uchun final o‘tkaziladi. Eng yaxshi natija hisobga olinadi. Qatnashchiga urinishni bajarish uchun 2 daqiqagacha vaqt beriladi. Otish hakamning „Bor!“ komandasi va oq bayroqni balandga ko‘targanidan so‘ng hisobga olinadi. Muvaffaqiyatsiz urinishda hakam „Yo‘q!“ komandasini beradi va qizil bayroqni balandga ko‘taradi. Sektorga tushgan asbobdan yerda qolgan izga, yaqin doira yoki to‘singa qoziqcha qo'yib belgilanadi. O‘lchash qoziqdan yoki yog‘ochgacha bo'lgan qisqa masofani aniqlash bilan amalga oshiriladi. O‘lchash ruletka yordamida (snaryadning tushgan joyidan) nol belgidan qoqilgan qoziqqa qo‘yiladi. Agar qatnashchi gavda qismining biror yeri, kiyimi yoki poyabzali doira tashqarisida yoki to‘sin oldida bo‘lsa, uloqtiruvchining urinish gali hisobga olinmaydi: halqa, segment, to‘sinni ular ustidan tegib o‘tib, bossa;asbobni doira orqasi yoki to‘singa tushirib yuborsa, sektor yoki koridordan tashqariga uloqtirsa. Qatnashchining qo‘lidagi asbob, bexosdan harakat boshlanguncha halqa (to‘sin) orqasiga, doira ichiga yoki to‘sin oldiga tushsa, bu xato hisoblanmaydi.Granata uloqtirish va yadro itqitishga joyidan yugurib oldinga kelganda, faqat bir qo‘lda harakat qilishga ruxsat beriladi. Yadro dastlabki holatda bo‘yinga tegib turishi yoki unga juda yaqin turishi kerak. Yadroni yon tomonga og‘dirishga yoki yeika chizig‘i orqasiga o‘tkazishga ruxsat etilmaydi.
Yengil atletikaning har bir turida o‘ziga xos qoida va talablar mavjud, bularni har qaysi sportchi bilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |