Aim.uz
Yengil atletika asboblarini uloqtirish texnikasi.
Reja:
I.KIRISH:
1. Asbobning boshlang’ich uchib chiqish tezligi.
II.ASOSIY QISM:
Granata uloqtirish .
Yadro itqitish.
Asbobning uchub chiqish balandlik nuqtasi.
III.XULOSA.
Atletika” yunoncha so’z bo’lib, kurash , mashq degan ma’noni anglatadi. Qadimgi Gretsiyada kim kuch yoki chaqqonlik borasida musobaqalashsa, ularni atletlar deb atashgan. Hozirda esa jismoniy rivojlangan, kuchli kishilarni etletlar deb atashadi. Zamonaviy yengil atletika — bu sport turi quyidagi mashqlarni qamrab oladi: yurish, yugurish, uloqtirish, ko‘pkurash va hokazolar. Yengil atletika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi (quyidagi chizmaga qarang).
Mamlakatimizda yengil atletika bilan millionlab kishilar shug‘ullanadilar. Mashqlarning turli-tumanligi, qo’llaniladigan jihozlarning oddiyligi, ularni yuqori samaradorligi, jismoniy yuklamani boshqarish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shu bois, yengil atletika keng yoyilgan bo‘lib, uni bejiz „sport qiroli“ deb atashmaydi.
Yengil atletikaning yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari, kuch, tezkorlik va chidamlilikni oshiradi, bo‘g‘imlar harakatchanligini yaxshilaydi, iroda sifatini tarbiyalashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning mashqlari organizmning funksional inikoniyatlarini, ish qobiliyatini kuchaytiradi. Mashg'ulotlar, odatda, ochiq havoda — stadionda, bog‘da, o‘tkaziladi.Yengil atletika mashg‘ulotlari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, ular sportchilarda jamoa va uning mas’uliyatini his qilishni tarbiyalaydi. Yengil atletika yordamida egallangan ko‘nikma va malakalar insonning kundalik mehnat faoliyatida asqotadi, shuningdek, yoshlarni amiiya safida xizmat qilishga tayyorlashga yordam beradi.
Ulardan ko‘pchiligini boshqa sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilar trenirovkalarda qo’llaydilar.
Yengil atletikada sport asboblarini uzoqqa uloqtirish mashqlari bajariladi. Uloqtirish natijasi, ko‘proq, sportchi egallagan ko‘nikmaga, kuchi va uning harakat tezkorligiga bog'liq. Uloqtirish har xil usullarda bajariladi: bosh orqasidan (koptok, granata, nayza), burilish bilan (lappak, bosqon), itqitish orqali (yadro). Uloqtirish sport asboblari belgilangan maqsadga ko‘ra, turli og‘irlik va shaklga ega bo‘lib, bunda shug‘ullanuvchilaming jinsi va yoshi hisobga olinadi.
Asboblarning uzoqqa uchishiga quyidagi omillar: asbobning boshlang‘ich uchib chiqish tezligi; uchib chiqish burchagi; asbob qo‘ldan chiqayotgandagi baland nuqta; havoning qarshiligi omillari ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |