Yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari


Umumiy  morfologik  belgilari



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/183
Sana26.09.2021
Hajmi6,59 Mb.
#185671
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   183
Bog'liq
Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari (H.Atabayeva va b.)

Umumiy  morfologik  belgilari
Ildizi.
  Don-dukkakli  ekinlarning  ildizi  o ‘q  ildiz  bo‘lib,  tuproqda  2 
m etr  chuqurlikka  k irib  b o rad i,  asosiy  m iqdori  tu pro q n in g   30  sm 
chuqurligigacha joylashadi.  Dukkakli  ekinlarning  ildizida  tuganaklar 
bo'ladi,  bu  tuganaklarda  havo  azotini  o'zlashtiradigan  bakteriyalar  -  
Rizobium yashaydi.  Ekinlarning turiga qarab  ildizda  bakteriyalami  har 
xil  tur  xillari  bo'ladi.  Tuganaklar  shakli  va  kattaligi  bilan  farq  qiladi. 
Tuganaklar yirik va k o ‘p bo'lsa,  demak havo azoti yaxshi o'zlashtiriladi 
va tuproqda ancha azot to'planadi. Ekinlarning ildizida tuganaklar yaxshi 
rivojlanishi  uchun  uru g'lar  ekilishidan  oldin  sun’iy  maxsus  bakteriya 
yuqtiriladi.  Bu  bakteriyali  o 'g 'it  nitragin  deb  ataladi. 

Poyasi.
  Dukkakli  ekinlarning  poyasi  o'tsim on  tik  yoki  chirmashib 
o'sadi, tukli va tuksiz bo'ladi.  Masalan, no'xat,  xashaki dukkaklar,  soya 
ekinlarining  poyasi  tik  o'sadi,  ko'k  no'xatni  poyasi  chirmashib  o'sadi. 
Dukkakli ekinlarning poyasi shoxlanadi. Yon shoxlar barg qo'ltiqlaridan 
o'sib chiqib ikki xil bo'ladi: monopodial va simpodial. Monopodial.shoxlar 
poyada  pastdan  yuqoriga  qarab  rivojlanadi,  sim podial  shoxlar  esa 
yuqoridan pastga qarab rivojlanadi, bu holda asosiy poyani uchki qismida 
gulto'plam   hosil  bo'ladi.
Barg.
  Barcha  dukkakli  don  ekinlarining  bargi  tuzilishi  bo'yicha  bir- 
biridan  ancha farq qiladigan  3  ta guruhga  bo'linadi:
1) patsimon barglar
2) uchtali  barglar
3)  panjasimon  barglar.
Patsim on  b arg lar  ju ft  va  to q   patsim on  b o 'la d i.  T oq   patsim on 
barglarning  uchida  to q  yaproqchasi  b o 'lad i.  Ju ft  patsim on  barglar 
uchida yirik-mayda va har xil darajada shoxlangan jingalaklar  mavjud. 
B a’zi  bir  ekinlar  jin g alak lar  yordam ida  tayanch  o 'sim likka  o 'ralib  
o 'sad i.
Umuman barglar yirik-mayda, tukli-tuksiz bo'lishi mumkin. Bargning 
asosida har xil shakldagi yonbargchalar bo'ladi.  Yon  bargchalarga qarab 
ekin  turlarini  aniqlash  mumkin
Gul.
  Dukkakli  ekinlarning  gullari  aksariyat  holda  barg  qo'ltiqlarida, 
1-2  tadan joylashadi,  ayrim  turlarida  shingil  shakldagi  gulto'plam   hosil 
qiladi. Dukkakli ekinlarning gullari kapalaksimon bo'ladi, gullar ikki jinsli 
bo'lib,  5 ta gultojibargdan  tashkil topgan.  Gultojibarglar har xil bo'ladi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


eng yirigi  yelkan,  yon  tomondan  ikkita  kishikrog‘i qanot va  pastki cheti 
bilan  bir-biriga  tutashib  o ‘sgan,  ikkita  pastkisi  qayiqcha  deb  ataladi.
Changchisi  10  ta  b o ‘lib,  to ‘qqiztasi  tutashib  o'sadi,  o ‘ninchisi  erkin 
o'sadi.
Meva.
 Gullar changlangandan keyin tugunchasi o‘sibmevaga aylanadi. 
Mevasi  dukkak  deyiladi.  M evada  kalta  bandga  joylashgan  u ru g 'lar 
mavjud.  Ko‘pchilik  dukkakli  don  ekinlari yetilganda  dukkagi  uzunasiga 
chatnaydi, urug* sochiladi. Ayrim ekinlarda (mahalliy no‘xat, yasmiq, oq 
lyupin)  mevasi chatnamaydi.
D u k kakn in g   sh ak li  c h o ‘zinchoq,  rom b  shaklida,  silindrsim on, 
buyraksimon, yuzasi silliq, burushgan, tukli yoki tuksiz bo‘ladi. Dukkakda 
bittadan o ‘ntagacha  urug‘  bo‘ladi.
Urug'i.
  D u k k a k li  d o n   ek in larin in g   u ru g 'i  q o ‘n g ‘irb o sh li  don 
ekinlaridan farq qilib urug‘i  dukkagining ichida joylashadi.  Urug*  qalin 
p o ‘st  bilan  qoplangan,  uning  yuzasi  ekin  turiga  qarab  silliq,  yaltiroq, 
burishgan bo‘ladi. U rug‘ning ustida turlarni bir-biridan ajratishga yordam 
beradigan  har  xil  belgilari  bo'ladi.  Shulardan  biri  urug4  kertigi,  urug* 
bandining urug1 rivojlanib chiqadigan urug* kurtakka birikadigan joyidir. 
Urug*  yetilganda  ana  shu joyda  dukkak  pallasidan  ajraladi.  Dukkakli 
don  ekinlari  urug‘  kertigining  katta-kichikligi,  rangi,  shakli  va  holati 
bilan bir-biridan farq qiladi. Urug‘ qobig‘ining tagida m urtak joylashgan. 
D u k k a k li  e k in la rd a   q o ‘n g ‘irbo sh li  don  ek in lari  kabi  endosperm  
bo'lmaydi.  M urtak rivojlanishining birinchi davrida zarur oziq moddalar 
uning  o ‘zida,  urug‘  palla  barglarida  zaxira  holda  to'planib  boradi.
Dukkakli  o ‘simliklar  urug'ining  murtagi  urug'ning  ikkita  yarmidan 
ib o rat  bo‘lgan,  ik k ita  u ru g ‘palladan  tashkil  topgan  b o ‘lib,  ular  bir 
tomondan ochiladi, ikkinchi tomonidan esa  urug* kertigi yonida tutashgan 
b o ‘ladi.  U rug‘  p a lla la r  urug*  kertigi  bilan  tu tashgan  jo y d a  m urtak 
ildizchasi  bilan  ku rtak ch a  bo'ladi.  Ba’zi  dukkakli  ekinlar  urug'ining 
kurtakchasi  ancha  baquvvat  rivojlangan  va  dastlabki  ikkita  chinbarg 
boshlang'ichiga ega bo'ladi, o'simlikning o'sish nuqtasi shulaming orasida 
bo'ladi.  U rug'ning  tuzilishini  bo'rtgan  urug'lardan  ko'rish  eng  qulay 
bo'ladi.  Bunday urug'lam ing po'sti oson ajraladi va murtagining barcha 
qismi  yaxshi  ko'rinib  turadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish