Umumiy morfologik belgilari
Ildizi.
Don-dukkakli ekinlarning ildizi o ‘q ildiz bo‘lib, tuproqda 2
m etr chuqurlikka k irib b o rad i, asosiy m iqdori tu pro q n in g 30 sm
chuqurligigacha joylashadi. Dukkakli ekinlarning ildizida tuganaklar
bo'ladi, bu tuganaklarda havo azotini o'zlashtiradigan bakteriyalar -
Rizobium yashaydi. Ekinlarning turiga qarab ildizda bakteriyalami har
xil tur xillari bo'ladi. Tuganaklar shakli va kattaligi bilan farq qiladi.
Tuganaklar yirik va k o ‘p bo'lsa, demak havo azoti yaxshi o'zlashtiriladi
va tuproqda ancha azot to'planadi. Ekinlarning ildizida tuganaklar yaxshi
rivojlanishi uchun uru g'lar ekilishidan oldin sun’iy maxsus bakteriya
yuqtiriladi. Bu bakteriyali o 'g 'it nitragin deb ataladi.
’
Poyasi.
Dukkakli ekinlarning poyasi o'tsim on tik yoki chirmashib
o'sadi, tukli va tuksiz bo'ladi. Masalan, no'xat, xashaki dukkaklar, soya
ekinlarining poyasi tik o'sadi, ko'k no'xatni poyasi chirmashib o'sadi.
Dukkakli ekinlarning poyasi shoxlanadi. Yon shoxlar barg qo'ltiqlaridan
o'sib chiqib ikki xil bo'ladi: monopodial va simpodial. Monopodial.shoxlar
poyada pastdan yuqoriga qarab rivojlanadi, sim podial shoxlar esa
yuqoridan pastga qarab rivojlanadi, bu holda asosiy poyani uchki qismida
gulto'plam hosil bo'ladi.
Barg.
Barcha dukkakli don ekinlarining bargi tuzilishi bo'yicha bir-
biridan ancha farq qiladigan 3 ta guruhga bo'linadi:
1) patsimon barglar
2) uchtali barglar
3) panjasimon barglar.
Patsim on b arg lar ju ft va to q patsim on b o 'la d i. T oq patsim on
barglarning uchida to q yaproqchasi b o 'lad i. Ju ft patsim on barglar
uchida yirik-mayda va har xil darajada shoxlangan jingalaklar mavjud.
B a’zi bir ekinlar jin g alak lar yordam ida tayanch o 'sim likka o 'ralib
o 'sad i.
Umuman barglar yirik-mayda, tukli-tuksiz bo'lishi mumkin. Bargning
asosida har xil shakldagi yonbargchalar bo'ladi. Yon bargchalarga qarab
ekin turlarini aniqlash mumkin
Gul.
Dukkakli ekinlarning gullari aksariyat holda barg qo'ltiqlarida,
1-2 tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shakldagi gulto'plam hosil
qiladi. Dukkakli ekinlarning gullari kapalaksimon bo'ladi, gullar ikki jinsli
bo'lib, 5 ta gultojibargdan tashkil topgan. Gultojibarglar har xil bo'ladi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
eng yirigi yelkan, yon tomondan ikkita kishikrog‘i qanot va pastki cheti
bilan bir-biriga tutashib o ‘sgan, ikkita pastkisi qayiqcha deb ataladi.
Changchisi 10 ta b o ‘lib, to ‘qqiztasi tutashib o'sadi, o ‘ninchisi erkin
o'sadi.
Meva.
Gullar changlangandan keyin tugunchasi o‘sibmevaga aylanadi.
Mevasi dukkak deyiladi. M evada kalta bandga joylashgan u ru g 'lar
mavjud. Ko‘pchilik dukkakli don ekinlari yetilganda dukkagi uzunasiga
chatnaydi, urug* sochiladi. Ayrim ekinlarda (mahalliy no‘xat, yasmiq, oq
lyupin) mevasi chatnamaydi.
D u k kakn in g sh ak li c h o ‘zinchoq, rom b shaklida, silindrsim on,
buyraksimon, yuzasi silliq, burushgan, tukli yoki tuksiz bo‘ladi. Dukkakda
bittadan o ‘ntagacha urug‘ bo‘ladi.
Urug'i.
D u k k a k li d o n ek in larin in g u ru g 'i q o ‘n g ‘irb o sh li don
ekinlaridan farq qilib urug‘i dukkagining ichida joylashadi. Urug* qalin
p o ‘st bilan qoplangan, uning yuzasi ekin turiga qarab silliq, yaltiroq,
burishgan bo‘ladi. U rug‘ning ustida turlarni bir-biridan ajratishga yordam
beradigan har xil belgilari bo'ladi. Shulardan biri urug4 kertigi, urug*
bandining urug1 rivojlanib chiqadigan urug* kurtakka birikadigan joyidir.
Urug* yetilganda ana shu joyda dukkak pallasidan ajraladi. Dukkakli
don ekinlari urug‘ kertigining katta-kichikligi, rangi, shakli va holati
bilan bir-biridan farq qiladi. Urug‘ qobig‘ining tagida m urtak joylashgan.
D u k k a k li e k in la rd a q o ‘n g ‘irbo sh li don ek in lari kabi endosperm
bo'lmaydi. M urtak rivojlanishining birinchi davrida zarur oziq moddalar
uning o ‘zida, urug‘ palla barglarida zaxira holda to'planib boradi.
Dukkakli o ‘simliklar urug'ining murtagi urug'ning ikkita yarmidan
ib o rat bo‘lgan, ik k ita u ru g ‘palladan tashkil topgan b o ‘lib, ular bir
tomondan ochiladi, ikkinchi tomonidan esa urug* kertigi yonida tutashgan
b o ‘ladi. U rug‘ p a lla la r urug* kertigi bilan tu tashgan jo y d a m urtak
ildizchasi bilan ku rtak ch a bo'ladi. Ba’zi dukkakli ekinlar urug'ining
kurtakchasi ancha baquvvat rivojlangan va dastlabki ikkita chinbarg
boshlang'ichiga ega bo'ladi, o'simlikning o'sish nuqtasi shulaming orasida
bo'ladi. U rug'ning tuzilishini bo'rtgan urug'lardan ko'rish eng qulay
bo'ladi. Bunday urug'lam ing po'sti oson ajraladi va murtagining barcha
qismi yaxshi ko'rinib turadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |