Yerni ishlash. Bahorgi bug'doy yaxshi ishlangan tuproqlam i xohlaydi.
Shuning uchun u kuzda shudgor qilingan yerlarga ekilishi kerak. Bu holda
bahorgi bug'doyni muqobil m uddatlarda ekib olish imkoniyati tug'iladi.
Yerni ishlash kuzgi bug'doyga o'xshash sug'oriladigan yerlarda kuzda
chuqur 30-32 sm chuqurlikda shudgor qilishdan iborat. Erta bahorda yer
yetilishi bilan unda namni saqlash maqsadida shudgor borona qilinadi,
ekishdan oldin borona va mola bosiladi. Lalmi yerlarda ular haydov
chuqurligining qalinligiga qarab yer yuzaroq haydaladi va ekishdan oldin
borona va mola bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |