Yariyev azizjon umurzoqovich



Download 4,23 Mb.
bet1/2
Sana02.03.2017
Hajmi4,23 Mb.
#3655
  1   2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIMI USLUBIYOTI FAKUL’TETI
FAKULTETLARARO JISMONIY TARBIYA VA SPORT

KAFEDRASI


Qo’l yozma huquqida


YARIYEV AZIZJON UMURZOQOVICH
JISMONIY MADANIYAT VA SOG’LOMLASHTIRISHNING TIBBIY-BIOLOGIK ASOSLARI

MALAKAVIY BITIRUV ISHI

bakalavr darajasini olish uchun




Ish ko’rib chiqildi va himoyaga qo’yildi

______________

«_____»____________2013 y.





Ilmiy rahbar:
kat.o’q.N.K.O’tkirov

_____________



NAVOIY-2013


MUNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………
I-BOB

1.1 Manzuning dolzarbligi,bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.

1.2.Mavzuning dolzarbligi,bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari.............

1.3 Mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati.................................................................


II.BOB……………………………………………………………………………….

2.1 Sportchida neyro-sirkulyator distoniya sindromi................................................

2.2.Sportchilarda yurak qon-tomir tizimining o’ziga xosligi. Tashqi nafas olish apparatining funktsional holatini tekshirish..............................................................

2.3 Sog’lomlashtirishning tibbiy-biologik asoslari................................................



III-BOB..........................................................................................................

3.1. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni sport- duxtiri ko`rigidan o’tkazish......................................................................................................................

3.2. Sport vrachlik nazorat dispanseri.......................................................................

3.3. Odam organizmning reaktivligi va rezistentligi................................................

3.4.O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o`quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishini yanada yaxshilashga bag`ishlangan qarorlari....................

3.5. Odam organizmning reaktivligi va rezistentligi..................................................


XULOSA...................................................................................................................
FOYDALANILGAN ADAIYOTLAR RO`YXATI..............................................

KIRISH
Zamononiy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayorlash ishini yo`lga qo`yish pedagogik faoliyatimizning bosh yo`nalishi bo’lmog`i darkor.

I.A.Karimov.
Ta`limdagi bugungi o`zgarishlar har bir pedagok oldilagi ma`suliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.Bugungi kunda o`sib kelayotgan yoshni avlodni milliy ruxda tarbiyalash

Tibbiyot – bu ilmiy bilimlar va amaliy faoliyat tizimi bo`lib, uning maqsadi sog`liqni saqlash va mustahkamlash, odamlar umrini uzaytirish, kasalliklarni oldini olish va davolashdir.Tibbiyot – ikki qismga bo`linadi.

1.Nazariy tibbiyot – bunga odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya,epidemiologiya, mikrobiologiya, va boshqa fanlar kiradi.

2.Klinik tibbiyot – bunga terapiya, xirurgiya, akusher – ginekologiya, pediatriya, nevropatologiya, psixiatriya, urologiya, endokrinologiya, yuqumli kasalliklar, dermatologiya va venerologiya, quloq, tomoq, burun kasalliklari, ko`z kasalliklari va boshqa fanlar kiradi. Mavzuda sport bilan shug`ullanuvchilarning tibbiy nazorat o`tkazish yo`li bilan jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishi, chiniqishi va funksional imkoniyatlarini aniqlash, Shunigdek, sportchilarda uchraydigan kasalliklar va shikastlanishlarni oldini olish, davolash, sportchi kuch-quvvatini tiklash masalalari aytib o`tiladi



Mavzuning vazifalari.

1.Bu mavzuda tibbiy nazorat o`tkazish yo`li bilan jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarini aniqlaydi.Olingan natija asosida jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener bilan birgalikda bo`lg`usi sportchilarni tanlash masalasini hal etadi;

2.Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini to`g`ri tashkil etilmasligi tufayli vujudga keladigan kasalliklar(gipertoniya,yurak-qon tomir kasalliklari) va shikastlanish sabablarini o`rganadi, ularga tashhis qo`yadi, davolaydi, oldini olish bo`yicha trenerga maslahat beradi, sportchining kuch-quvvatini tiklash uslublarini ishlab chiqadi.

3.Ushbu mavzu bo`lg`usi jismoniyo`qituvchilari va trenerlarni, ya`ni hozirgi talabalarni shug`ullanuvchilarda zo`riqish, kasallanish, shikastlanish holatlarini oldi olish bo`yicha zarur bilimlar bilan qurorlantiradi.



MAVZUNING ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI.

Jismoniy tarbiya va sport – insonning har tomonlama rivojlanishi va tarbiyalanishi, sog`lig`ini mustaxkamlanishi, ish qobiliyatini oshishi, umrini uzayishining muhim omilidir.

Jismoniy tarbiya va sport trenerovkasi mashqlari – bu ijtimoiy-pedagogik jarayon bo`lib, unda asosiy vazifani pedagog, ya`ni jismoniy tarbiya o`qituvchi va trener bajaradi.Shuning bilan birga bu jarayonlarning asosiy ob`yekti, jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shug`ullanuvchi yoshlar hisoblanadi.Jismoniy tarbiya va trenerovka mashg`ulotlarining unumdorligi, ularning bajarish uslublari, vositalari har bir shug`ullanuvchi organizmining sog`lig`i, funksional imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos bo`lishiga bog`liq.

Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerga shug`ullanuvchilarning sog`lig`i ishonib topshiriladi. Shu bois, ular unutmasliklari lozimki, mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazish uslublarida, mashg`ulot hajmini belgilashda yo`l qo`yilgan har bir xato, mashg`ulot natijasini pasayishiga olib kelishi bilan birga, shug`ullanuvchilarning sog`lig`iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.

Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener – bu keng qamrovli, nihoyatda muhim va murakkab vazifani bajaruvchi pedagog hisoblanadi.Uning faoliyatida ma`naviy-axloqiy, sport-pedagogik, psixologik va tibbiy-biologik kabi mutaxassisliklar bir-biri bilan o`zviy bog`langan holda namoyon bo`ladi.Jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trenerni mutaxassis sifatida tayyorlashda tibbiy-biologik (odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi, sport gigiyenasi va boshqa) fanlar orasida jismoniy madaniyatning tibbiy asoslari fani asosiy o`rinni egallaydi.Bu fanni mukammal egallay olmagan o`qituvchi, trener, jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarini ilmiy asosda tashkil eta olmaydi.

Yuqorida bayon etilganlardan ko`rinib turibdiki, yuqori malakali jismoniy tarbiya o`qituvchilari va sport trenerlarini tayyorlashda jismoniy madaniyatning tibbiy asoslari ahamiyati beqiyosdir.


SPORTCHILARDA ARTERIAL QON BOSIMINING ORTISHI YOKI KAMAYISHI,YURAK RITMINING TEZLASHUVI YOKI SEKINLASHUVI,ULARNI URGANISH USULLARINING TIBBIY-BIOLOGIK ASOSLARI.
Arteriyalarda qonning harakatlanishi. Arteriyalarga qon faqat yurak sistolasi vaqtida o'tadi. Shunga qaramasdan, tomirlarda qon uzluksiz, bir tekis oqadi. . Qorinchadan chiqqan qon porsiyatsi aorta devorini kengaytiradi. Yurakning umumiy pauzasi vaqtida aorta devori siqiladi va qon harakati davom etadi. Aortaning birin-ketin kengayib turishi to'lqin holatida hamma arteriyalarga tarqaladi. Bu to'lqin puls to 'lqini yoki puls deyiladi. Pulsni chakka va uyqu arteriyasi, bilak arteriyasi, son arteriyasi va oyoq panjasi arteriyalaridan aniqlash mumkin.

Pulsni aniqlashda uning tezligiga, ritmiga va boshqa xossalariga e'tibor beriladi. Pulsning xarakteriga qarab, yurakning ishi va mushagi qanday holatda ekanligini bilish mumkin. Katta yoshdagi odamlarda, tinch turganda, puls bir daqiqada 60-80 marta uradi. Bolalarda tezroq: yangi tug'ilgan bolalarda 140 marta, 5 yoshli bolalarda 100 marta uradi.



Qon bosimi. Qon bosimi asosan, yurakning itarish kuchidan va tomirlar devorining qon oqishiga ko'rsatadigan qarshiligidan hosil bo'ladi. Shuning uchun yurakka yaqin joylashgan arteriyalarda qon bosimi yuqori bo'ladi. Tomir yurakdan uzoqlashgan sari bosim pasayadi. Masalan, aortada qon bosimi 130-140 mm, bilak arteriyalarda 120-130 mm, mayda arteriyalarda 60-70 mm, kapillyarlarda 20-40 mm, mayda venalarda 10-20 mm simob ustuniga teng bo'ladi. Kovak venalarda qon bosimi hatto atmosfera bosimidan ham 2-5 mm past (manfiy) bo'ladi. Qon bosimi yurakning ish fazalariga qarab o'zgarib turadi. Qorinchalar sistolasi vaqtida aortaga qon otilib chiqadi. Shu sababli bu vaqtda qon bosimi yuqori darajaga yetadi. Bunday bosim maksimal yoki sistolik bosim deyiladi. Yurak diastolasi vaqtida qon bosimi pasayadi. Bunga minimal yoki diastonik bosim deyiladi. Maksimal bosimdan minimal bosim ayirmasi puls bosimi deb ataladi. Qon bosimi sfigmomanometr yoki tanometr asboblari yordamida yelka arteriyasidan aniqlanadi. Maksimal qon bosimi 16 dan 50 yoshgacha odamlarda o'rta hisob bilan 110-125 mm, minimal bosim 60-85 mm bo'ladi. Qon bosimi turli sharoitda o'zgarib turadi. Jismoniy ish bajarganda, ruhiy hayajon vaqtida bosim ko'tarilib, jismoniy ish tugagandan keyin tezda pasayib normal holatga keladi. Uyqu vaqtida ham qon bosimi pasayadi. Qon bosimining 150 mm dan oshib, hamisha shu darajada turishi gipertoniya kasalligi deyiladi. Qon bosimi pasayib ketishi ham mumkin. Bosimning 75-80 mm gacha pasayib, muttasil shu darajada turishi gipotoniya deb ataladi. Qattiq jarohatlanish, kuyish va ko'p qon yo'qotish natijasida gipotoniya yuz beradi. Bunda darhol chora ko'rilmasa, odam o'lishi mumkin.

Venalarda qonning harakatlanishi. Venalarda qon yurak tomon harakatlanadi. Bu venalar devorining tuzilishiga bog'liq. Ular devori arteriyalar devoriga nisbatan yupqa, bo'sh boladi. Shu sababli skelet mushaklari qisqarganda venalar qisilib, ichidagi qon yurakka qarab oqadi. Bundan tashqari, venalarda qonning harakatlanishida mayda va yirik venalarda qon bosimi har xil bo'lishi ham ma'lum ahamiyatga ega. Yuqorida aytilganidek, mayda venalarda qon bosimi 10-20 mm bo'lsa, yirik venalarda bosim manfiy bo'ladi. Yirik venalarda qon bosimining pasayishi qonning mayda venalardan yirik venalarga o'tishiga, ya'ni yurakka qarab oqishiga yordam beradi. Yirik venalarda yurak tomonga ochiladigan yarimoysimon klapanlar bor. Bu klapanlar bir-biriga yaqin joylashgan bo'lib, qonning teskari oqishiga yo'l qo'ymaydi. Venalarda qonning harakatlanishiga yurakning qon so'rib olish xususiyati ham ma'lum darajada yordam beradi.Qon bilan to'qimalar o'rtasidagi moddalar va gazlar almashinuvi faqat kapillyarlarda ro'y beradi. Kapillyarlarning devori bir qavat epiteliydan tuzilgan. Kapillyar uzunligi o'rtacha 0,5 mm, diametri 3-3,5 mkm, devorining qalinligi 1 mkm bo'ladi. Shuning uchun qon kapillyarlarda juda sekin oqib modda va gaz almashish jarayonlariga yordam beradi.



Maksimal bosim 120 mm.sim.ust. minimal bosim -80 mm.sim.ust.

Qon bosimini ko’tarilishi – gipertoniya.

Qon bosimining pasayishi –gipotoniya



Sportchida neyro-sirkulyator distoniya sindromi.

Neyro-sirkulyator distoniya yurak faoliyatining buzilishi, arteriya qon bosimining ko’tarilishi yoki pasayishi bilan kechadigan holatdir. Bunda asosan vegetativ nerv tizimining faoliyati buziladi.

Sababi: Sportchi kun tartibiga rioya qilmasdan, mashg’ulot o’tkazishi, tez-tez charchash holatining yuzaga kelishi, kuch-quvvatni tiklovchi vositalardan foydalanmasligi, chekishi, sportli ichimlik iste`mol qilishi, me`yorida uxlamaslik, ovqatlanish qoidalari buzilishi, asabiylashishi.

Turlari. Neyro-sirkulyator distoniya 3 turga kechishi mumkin. Kardial, gipertonik, gipotonik turlari.



1.Distoniyaning kardial turida vaqti vaqti bilan yurak o’ynashi, yurak sohasida g’ijimlovchi va sanchiqli og’riq, lablarning va barmoqlarning ko’karishi, tomir urishining tezlashuvi, mashg’ulot paytida tez charchash, ko’p terlash, nafas qisishi kabi belgilar kuzatiladi.

2.Distoniyaning gipertonik turida arterial bosimi ko’tariladi, maksimal 130-150mm, minimali 80-90mm va undan baland. Boshning tana qismi og’riydi, yuragi o’ynaydi, tez charchaydi.

3.Distoniyaning gipotonik turida maksimal arterial bosim 105-95mm.gacha, minimal bosim – 60-40mm.gacha pasayishi mumkin. Boshning orqa sohasi (ensa) og’riydi, harakat bajarganda bosh og’rig`i zo’rayadi, muskullarning kuchi kamayadi, ko’p terlaydi, tez charchaydi.

Tibbiy yordam:Distoniyaning kardial turida quyidagi tadbirlar o’tqaziladi:

1.Sportchiga 2 hafta dam beriladi. Ko’proq uxlash, toza havoda dam olish, ovqatlanish rejmiga rioya qilish. Zararli odatlardan voz kechish tavsiya etiladi.

2.Yurak muskuli faoliyatini yaxshilash uchun glyukoza 40% li 20ml, kokarboksilaza 50ml venaga uriladi. Agar 1ml muskul orasiga kuniga 1tadan 10 kun qilinadi.

1.Nafas oldiruvchi yengil gimnastik harakatlar bajariladi.

2.Dam olish tugagach, trenirovka mashg’ulotlarining hajmi va tezligi oshiriladi. Musobaqa 1-1,5 oydan so’ng ruhsat etiladi.

Distoniyaning gipertonik turida:

1.Sportchiga 2 hafta dam beriladi. Dam olish davrida kun tartibiga rioya qilish, toza havoda sayr qilish, sifatli ovqatlanishi tavsiya etiladi.

2.Arterial qon bosimini pasaytirish uchun raunatin, papazol, adelfanlarning birortasi bir tabletkadan kuniga 1-2-3 martaga qabul qilingan. Yurak sanchganda korvalol, valokardin, 30 tomchi qabul qilinadi yoki nitroglisirin 1 tabletka til ostiga qo’yiladi. Kechasi uxlay olmasa, asabiylashsa tinchlantirish maqsadida, lyuminal tezenam, tinozimamlardan 1 tabletka uxlash oldidan qabul qilinadi.

3.Dam olish tugagach, trenirovka mashg’ulotlarining hajmi va tezligi 1 oy davomida asta-sekin oshiriladi. Musobaqaga 1-1,5 oydan keyin ruhsat etilishi mumkin.Distoniyaning gipotonik turida.

1.Sportchiga 2 hafta dam beriladi. Bu davrda ovqatlanish, vitaminlarga boy sabzavotlar, mevalar, meva suvlari iste`mol qilish, ko’proq uxlash tavsiya etiladi.

2.Pasaygan arterial qon bosimini normaga ko’tarish uchun jenshen 10-20 tomchi kuniga 2 marta yoki bir choy qoshiq ertalab nonushta oldidan 1 marta jami 2-3 hafta davomida, ATF 1ml muskul orasiga kuniga 1 marta jami 10ta, vitamin 1ml muskul orasiga kuniga bir marta jami 10 ta glyukoza 40%, 20ml vitamin 0,5%li 3ml vena qon tomiriga kuniga 1 marta jami 10 ta.

3.Dam olish va davolanish tugagach, trenirovka mashg’ulotlarining hajmi va tezligi bir oy davomida asta-sekinlik bilan oshiriladi. Sportchining umumiy funksional holatini hisobga olib, sport musobaqalariga 1-1,5 oydan keyin ruhsat etiladi

Dunyo cog`liqni caqlash tashqilotining bergan ma`lumotiga ko`ra yurak qon-tomir kasalliklari hamma mamlakatlarda boshqa kasalliklar ichida birinchi o`rinda turadi. Buning asosiy sababi jismoniy mehnatning kamayib ketganligidir, bunda asab sistemasining zo`riqishi va natijasida muskul qisqarishi bilan asab zo`riqishini bir biriga to`g`ri kelmasligi xisoblanadi. Bu kasalliklar xozirgi paytda o`lim va mayiblikni asosiy sababchilaridir.

YUrak qon-tomir sistemasi kasalliklariga quyidagi kasalliklar kiradi: ateroskleroz, yurakning ishemik kasalliklari (stenokar­diya va miokar infarkti), gipotenik va gipertonik kasalliklar, miokardit, miokard distrofiyasi, endokardit, yurak parogi va boshqalar.

Ateroskleroz - lipid va kal’tsiy tuzlari tomirlarning ichki devorida yig`ilib arteriya bo`shlig`ining torayishi, tomir devorlarining dag`allashuvi bilan ifodalangan arteriyalarining surunkali sistemali kasalliklaridir.

YUrakning ishemik kasalliklari (YUIK). YUrak muskullarini qon bilan ta`minlaydigan toj arteriyalarning aterosklerotik o`zgarishi sababli rivojlanadigan bu xastalik xozirgi kunda dunyoda eng ko`p tarqalgan kasallik xisoblanadi. Bu kasallikka bir qator boshqa xastaliklar ham uchrab turadi: stenokardiya, miokard infarkti va infarkdan keyingi kardioskleroz shular jumlasidandir. Bu kasallik giperxolesterinemiya, gipertoniya, chekish, kam xarakatchanlilik, semizlik, qandli diabet, stress va irsiy omillar natijasida kelib chiqadi.

Stenokardiya - yurak mushaklarining kislorodga bo`lgan extiyoji bilan kislorodni qon bilan etib kelishi orasidagi muvozanatning buzilishidan iborat kasallikdir. Surunkali yurak ishemik kasalliklarining eng ko`p uchraydigan turlaridan biri bo`lib, asosan (90 foiz) toj arteriyalarining aterosklerozi tufayli rivojlanadi. SHuningdek u tomirlarni o`smalar ezib qo`yganda va kishi ruxan qattiq istirob chekanda (10 foiz xollarda) uchraydi.

Miokard infarkti - o`tkir kasallik bo`lib. uni asosan yurak mushagidagi ishemik nekroz o`chog`i keltirib chiqaradi. Keyincha u ateriosklerozdan keyin rivojlanadi. Ba`zan miokard infarkti toj arte­riyalarining trombozi yoki aterosklerotik bulakchaga qon quyilishidan rivojlanishi mumkin.

Miokard infarkti 2 xil katta va kichik o`choqli bo`ladi. YUrak mushagining butun qalinligida rivojlangan infarkt transmural, enikardga yaqin bo`lgani supikardial, endokardga yaqin bo`lgani esa subendakardial infarkt deb yuritiladi.

Chap qorinchaning old devorida infarkt o`chog`i uchrashi jixatidan birinchi o`rinda turadi. 2 o`rinda orqa devori, 3 o`rinda qorinchalararo to`siq devorining mushagi va nixoyat, oxirgi 4 o`rinda so`rg`ich mushaklari turadi.

YUrak marominiig buzulishi (artimiya). YUrak maromining buzulishi artimiya deb ataladi. Artimiyalar yurak miokardlarining avtomatizm va o`tkazuvchanlik xususiyatlari anatomik jaxatdan o`zgarganda ro`y beradi. YUrak faoliyati tezligi va maromi buzilishining quyidagi turlari farq qilinadi:

- Sinus tugunining avtomatizmi (impul’s xosil bo`lishi uzatilish tartibi) izdan chiqsa, sinus taxikardiyasi, sinus bradikardiyasi va sinus aritmiyasi yuzaga keladi;

- yurak mushaklarining ba`zi qismlarida (sinus tuguni bundan mustasno) faol impul’s o`chog`i paydo bo`lganda ektopik aritmiyalar ro`y beradi. Bunda navbatdan tashqari qisqarishlar (ekstrosistem) kuzatiladi;

- yurakning o`zgaruvchanlik faoliyati impul’sning bo`lmachalaridan qorinchalarga o`tish yoki qorinchalar ichidan o`tishi) buzilganda turli xil to`siqlar paydo bo`ladi;

- yurakning qo`zg`aluvchanlik, o`tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik qobiliyati buzilganda tebranma (tirok) artimiya vujudga keladi.

Xafa qon (gipertopiya) ka11salligi. Gipertoniya yurak tomir kasalliklari ichida keng tarqalgan xastalikdir. Uni birinchi marta bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino bemor qon tomirini paypaslab ko`rib aniqlagan qon tomir (pul’s) ning to`liq va tarang ekanligini kuzatgan. Kasallikning asosiy belgilardan birini bosimini ortishi bo`lib, bu xalat ko`pincha asab tizimining qo`zg`alishi taranglashuvi, kuchli xayajonlanish tufayli yuzaga kelishidan Ibn Sino bu kasallikni "Xafa qon" xastaligi deb atagan. Keyinchalik arteriya qon bosimini o`lchaydigan asboblar (Poten, 1876) qon bosimini o`lchash usullari (Riva-Rochchi, 1890) kashf etilganda, fonendoskop bilan (Korotkov) qon tomirini eshitib aniqlash jarayonlari tibbiyotda tadbiq qilinganda kasallikni to`la to`kis aniqlash imkoniyati yaratildi.

Xafa qonlikni 3 darajasi farq qilinadi:

I-darajasi. Qon bosimi 160G`95-180-105 mm. sim. ustunigacha ortishi. Bunda bosh og`rig`i, boshda shovqin va uyquni buzilishi sodir bo`ladi.

II-darajasi. Bunda qon bosimi 200G`115 mm. sim. ustunigacha oshadi. Bunda birinchi darajadagi qon bosimi oshishi hamma belgilari (simptomlari) yanada chuqurlashadi. Bunga yana bosh aylanish va yurak soxasida og`riq paydo bo`ladi.

III-darajaci. Qon bosimi 230G`130 mm. sim. ustunigacha va undan yuqorni tashqil etadi. Qon tomirlarni organik zararlanishi, aterosklerozlar vujudga keladi, juda ko`p organlarda distrofik o`zgarishlar qon aylanish etishmasligi, stenokardiya. Bu darajada qon oshishi natijasidan so`ng ko`p xollarda infarkt miokardi miyaga qon quyilishi (in­sul’t), buyrak etishmovchiligi vujudga keladi.

Qon bosimi pasayib ketishi (gipotoniya). Qon aylanish sistemasi boshqarilishini Markaziy vagitativ funktsiyalarni buzilishi natijasida kelib chiqadi. Bu esa parasimpatik va gormonal (buyrak ustun bezi) boshqaruvini buzishiga uning bo`shashib ketishiga olib keladi va qon bosimini 100G`60 mm. sim. ustunidan kamayib ketishiga olib keladi. Bu asabni doimiy buzulishiga, yuqumli kasalliklar natijasida eararli moddalar bilan zararlanish kelib chiqadi.

Bod kasalligi (revmatizm ). Bu birikturuvchi to`qimalarning immunologik yallig`lanishi, allergik kasalligidir. U asosan shu kasallikga moyil bo`lgan yoshlarning yurak va qon tomir tizimini zararlaydigan xastalik xisoblanadi.

Revmatik artritda avvalo katta bo`g`imlarda o`zgaruvchan og`riqlar keyinchalik esa ularda shishlar paydo bo`ladi. So`nggi yillarda bemorlarning 15 foizida mayda bo`g`imlarda yallig`lanish (artrit) qayd qilingan. Lekin bu holat odatda qaytalanuvchan bo`ladi.

Revmokardit - revmatizmda kuzatiladigan va eng ko`p uchraydigan (bemorlarning 90-95 foizida) klinik belgi bo`lib, bunda en­dokard, miokard va perikardda yallig`lanish rivojlanadi. YUrak ichki qavatning yallig`lanishi endokardit deb ataladi. YUrakning o`rta (muskul) qavatini yallig`lanishi miokardit deyiladi. Tashqi kavat yoki epikardni yallig`lanishi epikardit deyiladi.

YUrak porogi - bu yurak klapanlarini etishmasligi tushuniladi. Bu klapanlarni qisilishi va yallig`lanishi natijasida sodir bo`ladi.

Davolash jismoniy tarbiyasi - davolashning kompleks turiga kiradi (fizioterapevtik,dori-darmon,xirurgik, dietik, ovqatlanish, ku­rort va boshqa turlari). Davolash jismoniy tarbiyasi ta`sirida qon tomirlarda qonning xarakati yaxshilanadi, ya`ni qon tomirlarni kengaytirilishi natijasida qon xarakati yaxshilanadi. Buning natijasida muskul va boshqa to`qimalarda oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari tezlashadi, to`qimalarni ovqatlanish yaxshilanadi. Jismoniy mashqlarning periferik qon tomirini tezlashtiradi. Buning natijasida qo`shimcha qon tomirlarida qon oqimi amalga oshadi. Bu esa to`qimalarning ko`proq qon bilan ta`minlanishini amalga oshiradi va natijada O2 sarfi ko`payadi. Xuddi shuningdek davolash jismoniy mashqlari ta`sirida vena qon tomirlarida qon oqimini yaxshilaydi hamda ularda qonniig to`xtab qolishini oldini oladi. Jismoniy mashqlar ta`sirida qonning minutlik xajmi va qon xarakat tezligi oshadi. Davolash jismoniy tarbiya mashg`ulotlari ta`sirida yurakka qonning kelishi va undan chiqib ketishi asta-sekinik bilan tezlashadi. Qon aylanishini yaxshilanishi asta-sekinlik bilan yurak qisqarishini normallashishiga olib keladi.

Jismoniy tarbiya mashqlari yurak qon tomir sistemasi kasal-liklariga yuqorida ko`rsatib o`tilgan trofik, ya`ni ovqatlantiruvchi ta`sir mexanizmidan tashqari yana organizm (organlarni) kuch-quvvatini oshiruvchi ta`sir ham ko`rsatadi. Bundan tashqari kompensator va tiklantiruvchi ta`sir mexanizmlari orqali ham organizmning ishini yaxshilaydi.

Sportchilarni tayyorlashning asosiy turi bo`lgan sport trene-rovkasi jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug`ullanishni taqozo etadi. Bu esa organizmning funktsional imkoniyatlari va qobiliyatini takomillashtiradi. Trenirovka davrida organizmning yuqori ko`rsatkichlarga erishishga qaratilgan umumiy va ixtisoslash-gan takomillashuvning murakkab masalalari xal etiladi. Shu bilan^ bir katorda trenerovka sog`liqni saqlash jismoniy rivojlanishini yaxshilash, organizmning tashqi muhit ta`siriga qarshilik ko`rsatish qobiliyatini oshirishga qaratilgan bo`lishi kerak. Trenerovka protsessi to`g`ri tashqil etilishi o`zini ijobiy natijasini beradi. Treni­rovka protsessi noto`g`ri uyushtirilishi natijasida sportchi organizmning toliqishi va turli o`zgarishlar,. ya`ni haddan tashqari charchash,zo`riqish va o`ta zo`rikish ro`y berishi mumkin.

Bu hollar uzoq davom etadigan ish qobiliyatning pasayishi, funktsional holat va salomatlikning yomonlashuvi bilan tariflanadi. Butun organizm organ yoki to`qima ishlagandan keyin ish qobiliyatining vaqtincha pasayishi charchash deb ataladi. Odatda charchash sportchilarda toliqish paydo bo`lishi, ish qobiliyati pasayishi, harakat koordinatsiyasi va bir necha funktsional ko`rsatkichlarning o`zgarishi bilan tariflanadi. Bu normal fiziologik holat har bir trenerovka mashg`ulotlarining bajarilishi davomida sodir bo`lib. bir qadar uzoq dam olishdan keyin charchash bosiladi. Charchashni tushuntirish uchun bir necha nazariya bayon qilingan. Ba`zi olimlar charchashning sababi ish natijasida zapaslarning tugashidan iborat deb izox_berishsa, boshqa olimlar parchalanish maxsulotlarining muskulni to`ldirib yuborish charchashga sabab bo`ladi deb o`ylashadi. Ammo bayon qilingan nazariyaning ikkalasi ham charchash xodisasini mukammal tushuntirib bermaydi. Ish qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchashning boshlanishida markaziy nerv sistemasining hal qiluvchi rol’ o`ynashini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.E.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiylar o`z tekshirishlarida ko`rsatib berdilar. Charchashning rivojlanishida markaziy nerv sistemasi faoliyatining asta-sekin susayishi muhim o`rin tutadi. Har qanday jismoniy ish vaqtida charchashning rivojlanishida eng avvalo markaziy nerv sistemasi funktsional holatining o`zgarishiga bog`liq bo`ladi.

Agar nagruzkadan nagruzkagacha organizm uzoq vaqt davomida tiklanmasi (va dam olishning noto`g`ri rejimi hamda kasallik natijasida sportchi holatining o`zgarishi va boshqa sabablarga aloqador bo`lishi mumkin) tiklanmaslik alomatlari yig`ilaversa fiziologik charchash o`ta charchash holatiga o`tadi.

O`ta charchash fiziologik charchashdan farq qiladi. Sportchining umumiy holati ish qobiliyatining o`zgarishi bilan birga uning organizmda qator funktsional buzilishlar ruy beradi. Sportchilar o`zini yomon xis etadi (masalan, mashg`ulotlardan keyin haddan tashqari toliqish holati paydo bo`ladi, harakat koordinatsiyasi, bajarish texnikasi kuchi, tezligi, chidamliligi, moslashish qobiliyati pasayadi va yomonlashadi). Sportchilarda lanjlik, ruxsizlik, uyqu buzilishi, yurak qon-tomir sistemasi o`zgarishlari (arterial qon bosimining ortishi yoki pasayishi, yurak ritmining tezlashishi yoki sekinlashishi) shu bilan birga sportchining sport natijalari ma`lum vaqtda o`smay qolishi ham mumkin. O`ta charchash o`z vaqtida aniqlanmasa uni bartaraf etish choralari ko`rilmasa sportchi organizmida bundan ortiq asoratlar bo`lishi, zo`riqish va o`ta zo`riqish holatlari rivojlanishi mumkin.

Odatda organizm trenerovka protsessi noto`g`ri uyushtirilishi natijasida zo`riqib qoladi. Ko`pincha zo`riqish yuqori darajada chiniqqan va sport maxoratiga erishgan odamlarda kuzatiladi. Bu holat uzoq vaqt davom etadigan ish qobiliyatining pasayishi bilan ta`riflanadi

Zo`riqish. Odatda organizm trenirovka protsessi noto`g`ri uyushtirilishi natijasida zo`riqib qoladi dedik. Bu organizm markaziy nerv sistemasining faoliyati natijasida zo`riqadi. Bu qo`zg`alish va tormozlanish protsesslarining xaddan tashqari zo`riqishi tufayli sodir bo`lishi mumkin. Zo`riqish davomida yurak faoliyati 6uziladi, organizmda vitaminlar (ayniksa askarbin kislota) kamayib ketadi. O`z paytida uning oldi olinmasa o`ta zo`riqish bu esa o`tkir o`ta zo`riqishga o`tishiga sabab bo`ladi. O`ta zo`riqish natijasida odam o`lib qolishi ham mumkin. Surunkali o`ta zo`riqishda esa ko`pincha yurakdagi o`zgarishlar bilan tariflanadi. Keyingi yillarda sportchilar orasida miokard distrofiyasining soni oshib bormoqda. Bu 1955 yildagi tekshirishlar 0,5 foiz tekshirilgan sportchilarda uchragan bo`lsa, hozirgi ma`lumotlarga ko`ra 10-12 foiz, yosh sportchilarda, masalan suzuvchilarda 30 foizgacha oshganligi ma`lum buldi.

Yurak qon -tomir sistemasi kasalliklari qon aylanish etishmovchiligi vujudga keladi. Buning natijasida qon aylanish sistemasi organizmni etarli miqdorda qon bilan ta`minlay olmaydi qon aylanish etishmovchiligi natijasida qonning urishi va minutlik xajmi kamayib ketadi. Arterial bosim kamayib venoz bosim esa oshadi, aylanayotgan qonning miqdori oshadi va qon aylanishda uning harakat tezligi kamayib ketadi. Bu kasallikning belgilari: tomir urishi tezlashadi (taxikardiya); nafas bo`g`ilishi; bo`shliqlarda suyuqlik to`planishi va shishlar, terini ko`karib ketishi (tsianoz), yurak maromini buzilishi, yurak soxasida og`riq paydo bo`lishi, qon tuflash. Ikki xil surunkali yurak qon —tomir sistemasi etishmovchiligi uchraydi (o`ng va chap korinchali). Birinchisida o`ng qorincha kuchsizlangan bo`lib. qon to`xtab qolish holati, jigarda, oshqozon-ichak yo`lida, buyrak, oyoqlarda (katta qon aylanish doirasi) uchraydi. Ikkinchidan esa qon to`xtab qolish holati kichik qon aylanish doirasida amalga oshadi. Darajasiga ko`ra surunkali yurak qon tomir etishmovchiligi 3 darajaga bo`linadi.

I-latent (yashirin). bunda qon-aylanish etishmovchiligiga faqat jismoniy og`irlik berilganda yuzaga chiqadi (nafas qisishi, tez charchash, yurak urushi).

II-engil og`irliklarda ham nafas qisishi va tomir urushi ku-zatiladi va yaqqol vujudga keladi. Bu bosqich 2 ta davrga bo`linadi:

II A-nafas qisishi kuchayishi va qonning minutlik xajmi kamayishi, jigarda qon to`xtab qolishi, kechga borib oyoqlarni shishib ketishi.

II B-qon to`xtab qolishi katta va kichik qon aylanish doirasida vujudga keladi. Bu davrda yurak etishmovchiligi ham kaytar jarayondir.

III-Davr-qaytmas. YUqorida vujudga kelgan hamma o`zgarishlar qaytmas xarakatlarga ega bo`ladi. Davolash jismoniy tarbiyasi ushbu kasalliklarni davolash turlari qatorida qo`llaniladi. Davolash mashqlari yordamida qon tomirlar kengayadi va qon aylanish doiralari yaxshilanadi. Bu esa yurakda modda almashishi protsessi (oksidlanish-qaytarilishni) yaxshilaydi va miokard-qisqarishini oshiradi. Davolash jismoniy tarbiyasi I-II-darajali etishmovchiliklarda keng qo`llaniladi, III-darajada mumkin emas.

I -darajada: davolash gimnastikasi; terenkur; xarakatli va sport o`yinlari; suzish boshqalar. Davolash mashqlari xamma dastlabki holatlarda qo`llaniladi. Hamma muskullar sistemasiga deyarli va narsasiz mashqlar bajariladi (tayoqcha, sanchig`ich, mettsinbol 0.5 kg gacha) va gimnastik snaryadlarga (gimnastik narvon-stenka, skameyka). Nafas olish mashqlari statik va dinamik xolda qo`shib olib boriladi. Mashqlar o`rtacha tezlikda olib boriladi o`rtacha va sezilarli muskul xarakati 6-12 marta va mashg`ulot davomiyligi 25-30 minut davom etadi.

II-darajada: davolash jismoniy tarbiyasi, davolash gimnastikasi mashqlari, ertalabki gigienik gimnastika, miqdoriy yurish. Davolash gimnastikasi mashg`uloti yotgan (boshi ko`tarilgan) va o`tirgan xolda amalra oshiriladi. Davolash kompleksiga qo`l va oyoq muskullariga gimnastik mashqlar xada statik va dinamik nafas olish mashqlari qo`llaniladi. Mashqlar sekin va o`rtacha tezligida, to`la xarakat amplitudasida va sezilarli muskul xarakatida 4-10 marta, mashg`ulotning davomiyligi 10-20 minut.

Gipertonik kasalliklarda davolash jismoniy tarbiyasi (davolash -muassalarida) 3 ta davrda amalga oshiriladi.

I-davr (muassasalarida yotoq tartibda) bosh miya po`stlog`ida qo`zg`alish va tormozlanishni muvozanatlashtirish. Asta -sekinlik bilan ekstrokadiz mexanizmning tezlashtirish; sekin -asta va extiyotlik bilan muvozanat apparatini ishini yaxshilash; muskul bo`shashini va to`g`ri nafas olishini o`rgatish; periferik qon aylanishni yaxshilash.

Davolash jismoniy tarbiyasi-davolash gimnastikasi, ertalabki gigienik gimnastika va mustaqil mashg`ulotlardan iborat bo`ladi. Davolash gimnastikasi mashg`ulotlari bosh tomoni ko`tarilgan elkada yotgan va o`tirgan holatda (cheklangan) amalga oshiriladi. Mashg`ulotlar hamma muskullar sistemasiga berilib, ozroq kuchlanishli to`liq xarakat amplitudasi va sekin tezlikda amalga oshiriladi. Mashg`ulotlarda bo`shashtiruvchi mashqlar qo`llaniladi, (maxsus mashqlar) asta – sekinlik bilan muvozanat apparatni tayyorlovchi va diafragmal nafas olishni vujudga keltiruvchi mashqlarga e`tibor beriladi. Mashg`ulot 15-20 minut davom etadi.

II-davr (yarim tushak tartibi). Davolash jismoniy tarbiyasi bu davrda ateroskleroz vujudga kelishiga qarshi kurashdan iborat bo`lib, qon aylanishning og`ir keltirib chiqaradigan holatlarni oldini olish, miokardning qisqarishini yaxshilash, to`g`ri nafas olishga o`rgatishdan iborat.

Davolash jismoniy tarbiyasi, davolash gimnastikasi ertalabki gigienik gimnastika va mustaqil mashg`ulotlardan iborat bo`ladi. Da­volash jismoniy tarbiyasi mashg`ulotlari o`tirgan va cheklangan tik to`rgan holatda amalga oshiriladi. Mashqlarni hamma muskullarga ozroq kuchaytirgan, xarakatni to`liq kenglikda (amplitudada) sekin va o`rta darajada amalga oshiriladi. Bundan tashqari muskullarni bo`shashtiruvchi mashqlar, muvozanat, boshqaruv, diqqat va diafragmal nafas olish mashqlari ham beriladi. Mashg`ulotlarni davom etishi 25-35 minut.

Infarkt miokardda davolash jismoniy tarbiyasi. Kasalxonalarda davolash jismoniy tarbiyasi 3 davrga bo`lingan holatda amalga oshiriladi. .

I davrda ikki qismdan iborat-qattiq yotoq va yotoq davolash olib boriladi. Qattiq yotoq kun tartibida kasalni harakat tartibini tashqillash, periferik qon aylanishni tezlashtirish to`g`ri diafragmal nafas olishni tashqillash turg`un holatlarni oldini olish, miokardda oksidlanish-qaytarilish protsessini yaxshilash, xuddi shuningdek butun organizmda ham kasalni yonboshga burilishiga tayyorlash.

Davolash jismoniy tarbiyasi bosh ko`tarilgan elkada yotgan holda davolash gimnastikasi qo`llaniladi. Bunda qo`l va oyoqlarga oddiy boshqaruv mashqlari qo`llaniladi. Mashqlar kichik amplitudada va sekin astalik bilan bajariladi. Bu davrda kasal harakat holatini qismlarini o`zlashtiradi va yonga ag`darilishini o`zlashtiradi. Yotoq tartibida periferikva karonar qon aylanishni yaxshilashdan iborat. Bundan tashqari to`g`ri nafas olish, modda almashishini aktivlashtirish, organizmning umumiy holatini yaxshilash va organizmni yurak qon -tomir sistemasini o`tirgan holatda moslashtirishdan iborat. Davolash jismoniy tarbiyasi davolash gimnastakasi, ertalabki gimnastika va mustaqil mashg`ulotlardan iborat bo`lishi kerak. Mashg`ulotlar elkada yotgan va cheklangan o`tirgan holatda amalga oshi­riladi. Hamma muskul guruxlariga mashq beriladi (gavdaga qarab sodda mashqlar beriladi). Mashqlar kichik amplituda va sekin holat­da (4-12 marta) amalga oshiriladi. Bu mashqlarni asosiy maqsadi (mashg`ulotni o`rtasida) yotgan holatda o`tirgan holata o`tishni o`zlashtirib olishdan iborat.

II davr (yarim yotoq tartibi). Bu davrning vazifasi yurak qon — tomir sistemasining to`rgan va yurgan holatiga moslashtirishdan iboratdir, yurganda to`g`ri nafas olishga o`rgatish va qon aylanish mexanizmini yaxshilashdan iborat. Davolash gimnastikasi yotgan, o`tirgan va to`rgan (cheklangan) xolda amalga oshiriladi. Hamma muskul guruxlariga katta bo`lmagan muskul zo`riqishi, to`liq xarakat amplitudasida bajariladi. Davolash gimnastikasi mashg`ulotlariga nafas olish mashqlari qo`llaniladi. Mashqlar miqdori 8 – 12 marta. Mashg`ulot 20-25 minut davomida olib boriladi.

III davr (erkin tartib). Yurak qon-tomir sistemasi va butun organlarda o`sib borayotgan og`irliklarga moslashtirish. Organizmni zinapoyada yurishga o`rgatish va bunda to`g`ri nafas olishga o`rgatadi. Davolash mashqlari o`tirgan va to`rgan holatda amalga oshiriladi. Mashqlar hamma muskullarga berilib ular oldingi davrlardagi mashqlardan murakkablashtirilgandir. Davolash gimnastikasi asosiy qismini o`rtasida zinapoyada yurish trenirovkasini amalga oshiriladi. Bu 1-2 zinapoyadan asta sekinlik bilan boshlanib uni 10-20 taga etkaziladi. Xar bir zinapoyaga oyoq qo`yganda nafas chiqarish zinapoyaga chiqqanda esa dam olish (nafas olish) amalga oshiriladi. Mashg`ulot davomiyligi 25-30 minut.

Dars jarayonida jismoniy yuklamalar vaqtida sportchilarning yurak urishlari ko’payishi, arterial bosiminiig pasayishi yoki ko’payishi, aptek reaksiya bo’lishi mumkin, shuning uchun bu ko’rsatgichlarni aniqlash juda muhimdir. Tadqiqot amaliyot ishlari quyidagicha olib boriladi. Dars boshlanmasdan oldin, tanlab olingan ishtirokchilarning yurak urishini 10 sekund oralig’ida 1 daq. ichida sanaladi. Undan keyin darsning har qismidan keyin yurak urishi tadqiqot qilinadi. Darsning asosiy qismida bir necha bor yurak urishi sanab (har bir mashqdan so’ng) tadqiqot qilinadi. Tiklanishni kuzatish uchun shu sanashni 15-30 daq.dan keyin ham davom etiriladi. Olingan amaliyot tadqiqotga asosan darsning fiziologik yuklama egri chiziladi, bunda yuklamalarning dars qismlarida va umumiy dars jarayonining tasnifi aniqlanadi. Fiziologik egri grafik asosda ko’rsatiladi, gorizontalda darsning borishi dak. hisobida, vertikalda yurak urishi yoziladi.Eng muhimi shundaki, jismoniy yuklama ketma-ket ko’payishi kerak, yuklamaning eng yuqorisi dars jarayonining asosiy qismiga to’gri kelishi shart va shundagina fiziologik egrilik ko’tarilganlikda ko’rinadi. Dars jarayoni jismoni yuklamasining yuqorisi tayyorlov qism.ga va yakuniy qism.ga to’g’ri kelmasligi kerak.

Yurak urishini darsdan oldin, mashg’ulotlar jarayonida, tugagandan so’ng, birdaniga va tiklanish davrida shunday qilib taqqoslanadi. Tashqi ko’rinish charchoqligi va dars jarayoni zichligi jismoniy yuklamalarni ayrim o’quvchilar uchun kamaytirishi, boshqalari uchun ko’paytirishi va ayrimlar uchun shu holatni saqlab qolishi mumkin.

SPORTCHILARDA YURAK QON-TOMIR TIZIMINING O’ZIGA XOSLIGI. TASHQI NAFAS OLISH APPARATINING FUNKTSIONAL HOLATINI TEKSHIRISH

Dars jarayonida jismoniy yuklamalar vaqtida sportchilarning yurak urishlari ko’payishi, arterial bosiminiig pasayishi yoki ko’payishi, aptek reaksiya bo’lishi mumkin, shuning uchun bu ko’rsatgichlarni aniqlash juda muhimdir. Tadqiqot amaliyot ishlari quyidagicha olib boriladi. Dars boshlanmasdan oldin, tanlab olingan ishtirokchilarning yurak urishini 10 sekund oralig’ida 1 daq. ichida sanaladi. Undan keyin darsning har qismidan keyin yurak urishi tadqiqot qilinadi. Darsning asosiy qismida bir necha bor yurak urishi sanab (har bir mashqdan so’ng) tadqiqot qilinadi. Tiklanishni kuzatish uchun shu sanashni 15-30 daq.dan keyin ham davom etiriladi. Olingan amaliyot tadqiqotga asosan darsning fiziologik yuklama egri chiziladi, bunda yuklamalarning dars qismlarida va umumiy dars jarayonining tasnifi aniqlanadi. Fiziologik egri grafik asosda ko’rsatiladi, gorizontalda darsning borishi dak. hisobida, vertikalda yurak urishi yoziladi.



Fiziologik yuklama egriligi

170































160































150































140































130































120































110































100































90































80































70































60


































10

20

30

40

50

60

70

80

90




Tayyorlov qism Yakuniy qism

Eng muhimi shundaki, jismoniy yuklama ketma-ket ko’payishi kerak, yuklamaning eng yuqorisi dars jarayonining asosiy qismiga to’gri kelishi shart va shundagina fiziologik egrilik ko’tarilganlikda ko’rinadi. Dars jarayoni jismoniy yuklamasining yuqorisi tayyorlov qism.ga va yakuniy qism.ga to’g’ri kelmasligi kerak.

Yurak urishini darsdan oldin, mashg’ulotlar jarayonida, tugagandan so’ng, birdaniga va tiklanish davrida shunday qilib taqqoslanadi. Tashqi ko’rinish charchoqligi va dars jarayoni zichligi jismoniy yuklamalarni ayrim o’quvchilar uchun kamaytirishi, boshqalari uchun ko’paytirishi va ayrimlar uchun shu holatni saqlab qolishi mumkin.

F.I.Sh.______________yoshi______________________sport turi______________________

Sog’ligi__________________________________________razryad_____________




Darsda yurak urishini o’lchashni aniqlash bayonnomasi

Dars qismi

Jismoniy mashqlar tafsifi

Yurak urishning vaqti

Urishi

10 sek.da

1 daqiqada

Tayyorlov qism













Asosiy qism













Yakuniy qism
















Yurak urishiga asosan fiziologik egrilik

PS































170































160































150































140































130































120































110































100































90































80































70































60


































10

20

30

40

50

60

70

80

90




Yurak urishi daq.lar hisobida


B.B.B. usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar






Tushuncha


Bilaman “+”,

Bilmayman “-”.



Bildim “+”,

Bila olmadim “-”.



1

Yurak. Yurak tuzilishi, vazifasi







2

Katta va kichik qon aylanish doiralari







3

Tekshirishning fizikaviy usullari







4

Yurak, qon-tomir tizimining tekshirish uslublari to’g’risida ma’lumot







5

Darsda yurak urishini o’lchash







6

Yurak urishiga asosan fiziologik egrilikni aniqlash




















1. Yurak urishini (PS) va arterial bosimini (AB) tinch holatda o’lchashning usulini o’rgatish.

I. Yurak urishiga va arterial bosimiga baho berish. Juft bo’lib tinch holatda bilak arteriyasida yurak urishi ritmini va urish to’liqligini o’lchash.

Ikki kishi bir-birini yelka arteriyasida arterial bosimni o’lchash, olingan xulosaga asosan urish bosimini aniqlaydi (AB).

Sport bilan shug’ullanmagan erkaklarda bir daqiqada yuragi 60 -70 marta uradi, ayollarda bir daqiqada 70-88 marta uradi, Agarda 60 dan kam bo’lsa, bu-bradikardiya, yurak urishi bir daqiqada 100 dan ko’p bo’lsa-taxikardiya. Sport bilan shug’ullanmaydigilarga nisbatan sportchilarning yurak urishi sekiniroq va ko’pchilik sportchilarning bir daqiqadagi yurak urishi 40-60 bo’ladi, Bradikardiya-sportchilarda me’yoriy holdir. Aniq ko’rinadigan bradikardiya-bu yurak urishining 40 dan kam bo’lishi, charchoqdan o’tishi va yurak muskullarining Patologik o’zgarganida sodir bo’ladi.



Yurak urishining ritmiligi. Tinch holatda yurak urishi ritmlidir. Bu degani har sekundda 1 marta urib turadi yoki har 10 sekundda 1taga o’zgarishi mumkin. Ayrim vaqtlarda sportchilarda ritm buzilganligi aniqlanadi-artmiya. Artmiya havo olish va ekstrasistologik bo’lishi mumkin. Havo olish artmiyasi havo olganda yurak urishi ko’payishi va havo chiqarganda yurak urishi kamayishi bilan tafsiflanadi. Patologik ravishda, buni xuddi nafas olish artmiyasi tonusining adashgan nervlari deyish mumkin.

Ekstrasistologik--bu navbatdan tashqari yurakning qisqarishidir. Ekstrasistol tafsif olish va organik kelib chiqishi mumkin. Buni yaxshilash uchun sportchi o’z havo olishini to’xtatib turishi kerak. Bunda havo olish artmiyasi yaxshilanishi mumkin. Boshqa vaqtda havo olishni to’xtatganda,havo olish boshqa holat artmiyasi ekstrasistolga ta’sir ko’rsatmaydi.



Sportchining to’satdan hushidan ketishi quyidagi sabablar orqali yuzaga keladi:

1.Gravitatsion shok.

Katta tezlikda yugurish, velosipedda yurish, chang`ida yugurish musobaqalarida marraga yetgandan so’ng harakat birdaniga to’xtalishi bilanoq sportchi hushini yo’qotib yiqiladi. Buning sababi oyoq muskullarida to’plangan qon yurakka to’liq miqdorda qo’yilmaydi, yurakdan qonning kam chiqishi natijasida miya qonsizlanadi va hushidan ketishi yuzaga keladi.

Birinchi tibbiy yordam.

1.Sportchi tekis joyga yostiqsiz, boshini past qilib yotqiziladi. Uning oyoqlari bir oz ko’tariladi, oyoq muskullari uqalanadi, ya`ni muskullarda to’xtalib qolgan qon yuqori, ya`ni yurakka tomon oqishi kerak.

2.Kofein, kordiamin, noradrenalinlarning biri 1ml teri ostiga in`yeksiya qilinadi.

3.Kislorod ishlatiladi.

Oldini olish:

Tez yugurish harakatlaridan keyin sportchi birdaniga harakatini to’xtatmasdan, 1-2 minut davomida harakatni sekinlik bilan kamaytirishi, so’ngra to’xtashi kerak.

Ortostatik kollaps. Bu odam uzoq vaqt tik vaziyatda turganida qonning oyoq muskullariga to’planib qolishi va miyaning qonsizlanishi natijasida yuzaga keladi. Sportchida uzoq vaqt masofaga yugurish- marafon yugurish, sportchi yurish natijasida paydo bo’ladi.

Shtangachining hushidan ketish holati.

Og`ir shtangani ko’targan paytda kuchli kuchayish natijasida ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’ida bosim oshib tananing pastki qismidagi qonning yurakka quyilishini qiyinlashtiradi. Yurakka qonning kam quyilishi esa aortadagi qon miqdorining kamayishiga va miyaning qonsizlanishiga olib keladi.

Bokschida hushidan ketish holati.

Nerv tugunlari joylashgan sohalarda, ya`ni qorin, bo’yin, bosh, pastki jag’ sohalariga qattiq zarba berilishi natijasida yurak ishi qisqa muddatga to’xtab qoladi, miya tomirlari torayib, miya qonsizlanadi, natijada bokschi hushini yo’qotadi. 10 sekundgacha hushini yo’qotish nokdaun, 10 sekunddan uzoq davom etsa, nokaut deyiladi.

Sportchida gipoglikemiya holati.

Uglevodalr, ya`ni glyukoza, glikogen kabilar energiya manbai hisoblanadi. Sport mashg’ulotlarida glyukoza kislorod bilan parchalanib, energiya hosil qiladi. Bu energiya hisobiga muskullar hamda boshqa hujayra to’qimalar ish bajaradi. Normada qon tarkibida glyukozaning miqdorli 80-170 mg % glikogen moddasi jigar va tana muskullarida zahira sifatida sanaladi. Uning zahirasi o’tagan 400g bo’ladi. Yaxshi chiniqqan sportchining muskullarida glikogenning zahirasi ko’p bo’ladi.

Uzoq davom etadigan trenirovka va musobaqa mashg’ulotlarida organizmga ko’p energiya talab qilinadi, masalan, uzoq masofaga yugurish, suzish, velosipedda va changida yurish, sportcha yurishlar.

Uzoq vaqt harakatlanish natijasida muskullardan glikogen zaxirasi tugaydi, qonda glyukoza miqdorli kamayadi.Qonda glyukoza miqdorli 40ml % dan kamayganda, sportchida gipoglimekiya holati yuzaga keladi.U kuchsizlanadi, bosim aylanadi, sovuq ter bosadi, juda och qolganini sezadi, muskullari bo’shashadi. Uning miyasida qon aylanishi buzilgani uchun noto’g’ri harakatlar qilishi mumkin, ya`ni qarama-qarshi yoki yon tomonga yugurishi mumkin.

Tibbiy yordam.

1.Sportchi tekis joyga yostiqsiz yotqiziladi.

2.Unga 100g shakarni yoki murabboni choyga eritib ichiriladi. Iloji bo’lsa, 20-40ml 40%li glyukoza vena tomiriga yuboriladi.

Sportchining to’satdan hushidan ketishini oldini olish.

1.Uzoq davom etadigan katta masofaga yugurish musobaqasida startdan 20-30 minut oldin sportchiga 100g ichirildai.

2.Katta masofaga yugurish, sportcha yugurish, chang`ida va velosipedda yurish musobaqalarida har 15km masofada ovqatlanish punkti tashkil etilib, sportchilarga shakar, qand, murabbo eritmalari shuningdek, kalloriya beruvchi ovqat aralashmalari ichiriladi.

3.Uzoq davom etadigan trenirovka mashg’ulotlari va musobaqalarda,ya`ni marafon yugurish, sportcha yurish, katta masofaga velosiped yoki chang’ida yurish kabilarda sportchi jigarida kuchli og’riq paydo bo’ladi. Buning sababi jigarda qonning to’planishi va jigarning ustini ko’plab turgan jigar pardasini taranglashib tortilishi, o’t xaltasi va o’t yo’llarida o`t suyuqligining to’planib qolishidir. Neyro-sirkulyator distoniya yurak faoliyatining buzilishi, arteriya qon bosimining ko’tarilishi yoki pasayishi bilan kechadigan holatdir. Bunda asosan vegetativ nerv tizimining faoliyati buziladi. Sababi: Sportchi kun tartibiga rioya qilmasdan, mashg’ulot o’tkazishi, tez-tez charchash holatining yuzaga kelishi, kuch-quvvatni tiklovchi vositalardan foydalanmasligi, chekishi, sportli ichimlik iste`mol qilishi, me`yorida uxlamaslik, ovqatlanish qoidalari buzilishi, asabiylashishi.

Sportchining to’satdan hushidan ketishi quyidagi sabablar orqali yuzaga keladi: 1.Gravitatsion shok.

Katta tezlikda yugurish, velosipedda yurish, chang`ida yugurish musobaqalarida marraga yetgandan so’ng harakat birdaniga to’xtalishi bilanoq sportchi hushini yo’qotib yiqiladi. Buning sababi oyoq muskullarida to’plangan qon yurakka to’liq miqdorda qo’yilmaydi, yurakdan qonning kam chiqishi natijasida miya qonsizlanadi va hushidan ketishi yuzaga keladi.Birinchi tibbiy yordam.

1.Sportchi tekis joyga yostiqsiz, boshini past qilib yotqiziladi. Uning oyoqlari bir oz ko’tariladi, oyoq muskullari uqalanadi, ya`ni muskullarda to’xtalib qolgan qon yuqori, ya`ni yurakka tomon oqishi kerak. Tez yugurish harakatlaridan keyin sportchi birdaniga harakatini to’xtatmasdan, 1-2 minut davomida harakatni sekinlik bilan kamaytirishi, so’ngra to’xtashi kerak.

Ortostatik kollaps. Bu odam uzoq vaqt tik vaziyatda turganida qonning oyoq muskullariga to’planib qolishi va miyaning qonsizlanishi natijasida yuzaga keladi. Sportchida uzoq vaqt masofaga yugurish- marafon yugurish, sportchi yurish natijasida paydo bo’ladi.

Shtangachining hushidan ketish holati.

Og`ir shtangani ko’targan paytda kuchli kuchayish natijasida ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’ida bosim oshib tananing pastki qismidagi qonning yurakka quyilishini qiyinlashtiradi. Yurakka qonning kam quyilishi esa aortadagi qon miqdorining kamayishiga va miyaning qonsizlanishiga olib keladi.

oshiriladi. Sportchining umumiy funksional holatini hisobga olib, sport musobaqalariga 1-1,5 oydan keyin ruhsat etiladi.





JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN SHUG’ULLANUVCHILARNI SPORT-DO`XTIRI KO`RIGIDAN O’TKAZISH.


Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish