Yariyev azizjon umurzoqovich


Do`xtir tekshiruvi 3 bosqichda o’tkaziladi



Download 4,23 Mb.
bet2/2
Sana02.03.2017
Hajmi4,23 Mb.
#3655
1   2

Do`xtir tekshiruvi 3 bosqichda o’tkaziladi.

- birlamchi do`xtir tekshiruvi;

- takror do`xtir tekshiruvi;

- qo’shimcha do`xtir tekshiruvi.


Birlamchi do`xtir tekshiruvi. Bu jismoniy mashq va sport bilan shug’ullanishni boshlanish davrida o’tkaziladi. Bunda mazkur shaxsning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi mumkun yoki mumkun emasligi masalasi hal etiladi. Do`xtirning ruxsatisiz jismoniy tarbiya o’qituvchisi va sport treneri mazkur shaxsni mashg’ulotga qo’yish mumkin emas.

Birlamchi do`xtir tekshiruvida quyidagi masalalar hal etiladi:

1.Tekshiruvchining sog’liq holati.

2.Uning jismoniy rivojlanish darajasi (rivojlanish ko’rsatkichlari: tana vazni ko’krak aylanasi va hokazolar).

3.Jismoniy mashqlarga uning organizmini moslashish qobiliyati.

4.Yuqoridagi tekshiruv natijalariga ko’ra o’quvchi va talabalar jismoniy sport musobaqalari paytida sportchilarni do`xtir tekshiruvidan o’tkazadi.

Musobaqani tibbiy xizmat bilan ta’minlaydi.

Zo’riqqan, kasallangan, shikastlangan sportchilarni sog’lomlashtiriladi.

Jismoniy tarbiya o’qituvchilari, trenerlarga sport tibbiyoti masalalari bo’yicha maslahat beradi.Sog’lomlashtirish markazining mutaxassis do`xtirlari, joylardagi do`xtir-jismoniy tarbiya xonalarining sport do`xtirlari ishini muvofiqlashtirilishiga yordam beradi.

Takror do`xtir tekshiruvi.

Bu birlamchi do`xtir tekshiruvidan o’tganlar ma’lum vaqt jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan shug’ullanganlaridan keyin o’tkaziladi. Bunda jismoniy mashqlar shug’ullanuvchi organizmiga qanday ta’sir qilganligi aniqlanadi. Agar ijobiy ta’sir qilsa jismoniy rivojlanishi va sog’liqning ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Salbiy ta’sir qilsa buning aksi bo’ladi. Shunga ko’ra mashqlarni qanday o’tkazish bo’yicha shug’ullanuvchiga, o’qituvchi va trenerga do`xtir maslahati beriladi. Takror do`xtir tekshiruvi 3 oyda, 6 oyda va eng kamida 1yilda bir marta o’tkazilishi kerak.

Qo`shimcha do`xtir tekshiruvi.

Bu sportchini musobaqa qatnashishi oldidan o’tkaziladi. Do`xtir natijasida sportchini musobaqaga qatnashishi mumkun yoki mumkun emasligi masalasi hal etiladi.Shuningdek, qo’shimcha do`xtir tekshiruvi sportchi shikastlanishi, kasallanishi tufayli davolangandan keyin mashg’ulot boshlashi mumkin emasligini masalasini hal etish uchun o’tkaziladi.

Do`xtir tekshiruvining usullari.

Do`xtir sportchini quyidagi usullar yordamida tekshiriladi:

1.Sportchining anamnizi to’planadi.

Anamniz 3 qismdan iborat.

Anamnizning pasport qismi: sportchi ismi, faoliyatini, yoshi, ma’lumoti, kasbi, turmush va ish sharoiti, oilaviy holati.

Anamnizning tibbiy qismi: sportchi oldingi yillarda qanday kasalliklar bilan xastalangan, shikastlanganmi, avlodida kasalliklari bormi yoki yo’qmi, zararli odatlari (chekish, spirtli ichimliklar ichishi, giyohvandligi, dopining moddalarni qo’llaydimi, yo’qmi).

Sportchining sport anamnezi. Sport bilan qaysi yoshidan shug’ullana boshlagani, sportning qaysi turlari bilan shug’ullanadi. Malakasi, unvoni. Hozirda qanday rejm bilan trenirovka o’tkazadi. Mashg’ulot paytida va undan keyin o’zi qanday his etadi, qanday shikoyati bor. Ertalabki gigiyenik gimnastikani bajaradimi.

1.Do`xtir tekshiruvining tashqi ko’zatuv usuli. Do`xtir sportchi tanasini ko’zdan kechiradi. Bunda terining tozaligi, rangi, tayanch-harakat tizimini butunligi aniqlanadi.

2.Do`xtir tekshiruvining paypaslash (palvasiya) usuli.

Bunda do`xtir qo’lining barmoqlari va kafti bilan sportchi tanasining turli sohalarini paypaslash yordamida kasallik belgilari bor yoki yo’qligini aniqlaydi.

1.Tekshiruvining to’qmoqchalash usuli (irkussiya) usuli.

Bunda do`xtir chap qo’lini sportchi tanasiga qo’yib, uning barmog’iga, uni qo’li barmog’i bilan to’qmoqchalaydi. Tovushni o’zgarishiga qarab turli a’zolarda kasallik bor yo’qligini aniqlaydi.

2.Do`xtir tekshiruvining eshitish ( ausqo’ltatsiya) usuli.

Bunda maxsus stetofonendoskop asbobini bir uchini do`xtir qulog’iga kiritib ikkinchi uchini sportchi ko’krak qafasiga qo’yib uning o’pkasiga nafas olish va chiqarish, yurakning qisqarishi va kengayishi jarayonlarini aniqlaydi.

Duxtir tekshiruvida hal etiladigan masalalar.

Sport do`xtiri sportchini tekshiruvdan o’tkazganida quyidagi masalalarni hal qiladi:

1.Tekshiruvchi sportchining –sog’lig`i.

2.Jismoniy rivojlanganligi.

3.Tekshiruvchi sportchining funksional holatini (yurak-qon tomiri, ovqat hazm qilish, nafas olish, asab-endokrin va boshqa a’zo sistemalarining faoliyati).

4.Sportchini bir necha oylar va yillar davomida ko’zatishi natijasida uni organizmida sport bilan shug’ullanishi natijasida yuzaga kelgan ijobiy va salbiy o’zgarishlarni aniqlaydi, baholaydi va shuning asosida trenerga va sportchiga maslahat beradi.

5.Tekshiruv natijasi sportchining maxsus tibbiy varaqasiga yozib qo’yiladi (№227).Dispanserazasiya ro’yhatiga olingan malakali sportchilarning tekshiruv natijalari maxsus daftarga va maxsus ispansirizatsiya varaqasiga (№ 227a) qayd etiladi.

O’quvchi va talabalarni jismoniy tarbiya darslarida sog’liq guruhlariga bo’lish.

O’quv yilining boshida maktab o’quvchilari, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlari talabalari do`xtir tekshiruvidan o’tkaziladi. Tekshiruv natijasiga ko’ra ular 3ta sog’liq guruhlarga bo’linadi:

Asosiy sog`lik guruhi: bu guruhga jismoniy rivojlanishi me’yorida bo’lgan va sog’lom o’quvchi talabalar kiritiladi.

Ular jismoniy tarbiya darslariga qatnashadi va o’quv dasturi bo’yicha barcha mashqlarni to’liq hajmida bajaradi. Jismoniy tarbiya fani bo’yicha o’quv rejasi ko’rsatilgan sinov va imtihonlari topshiradi.

Shuningdek, ular do`xtir trenerning maslahatiga ko’ra sportning ma’lum turi bo’yicha sport seksiyalari mashg’ulotiga qatnashadi.

Tayyorlov sog`lik guruhi: bu guruhga jismoniy rivojlanishi me’yorida bo’lmagan, ya’ni kam quvvat va ayrim surunkali kasalliklari bo’lgan o’quvchi talabalar kiritiladi.

Ular jismoniy tarbiya darsiga asosiy guruh bilan birga qatnashadi, lekin jismoniy tarbiya o’qituvchisi bu bolalarga ko’p kuch va tezlik talab qilinadigan mashqlardan yengillik beriladi. Ular jismoniy tarbiya darsining sinov va imtihonidan ozod etiladi.

Bu bolalarning jismoniy rivojlanish va sog’lig`i yaxshilangandan keyin takror do`xtir tekshiruvi natijasiga ko’ra ular asosiy sog’liq guruhiga o’tkaziladi.

Maxsus sog`lik guruhi: bu guruhga jismoniy rivojlanish va sog’lig`ida jiddiy o’zgarishlar bo’lgan (suyaklari singan, bug’imi chiqqan, yurak, nafas olish nerv tizimining kasalliklari ) bo’lgan o’quvchi talabalari kiritiladi. Ular jismoniy tarbiya darsidan ozod etiladi. Maxsus to’zilgan o`quv jadvali bo’yicha darsdan tashqari vaqtda haftada 1-2 soat davolash mashqlari mashg’uloti o’tqaziladi. Bu mashg’ulotlarda mazkur maktab yoki bilim yurtining hamma sinflari va guruhlardagi maxsus sog’liq guruhiga kiritilgan bir xil kasalligi bo’lgan o’quvchi talabalar maxsus guruhlarga birlashtiriladi. Mashg’ulotni sport do`xtiri va jismoniy tarbiya o’qituvchisi birgalikda o’tkazadi.







Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni tibbiy nazoratdan o`tkazish, ularni sog`liq guruhlariga ajratish, chiniqqanlik darajasini aniqlash va doimiy nazorat qilish, mutasaddi tibbiyot muassasasi shifokori hamda jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener zimmasiga yuklatiladi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchi, toifaga ega bo`lmagan yoshlar va katta yoshdagi kishilar bir yilda kamida bir marta tibbiy ko`rikdan o`tishlari shart;

Toifaga ega bo`lgan sportchilar, yosh sportchilar, sport maktabi o`quvchilari, hamda sport bilan shug`ullanuvchi katta yoshdagi kishilar bir yilda kamida 2 marta shifokor tekshiruvidan o`tishlari kerak.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni tibbiy xizmat bilan ta`minlash 2 turdagi tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi.

1.Shahar va tuman markazlarining maxsus belgilangan poliklinikasida joylashgan sport vrachlik nazorati xonasida.

2.Viloyat markazida va katta shaharlarda joylashgan sport vrachlik nazorati dispanseri



Sport vrachlik nazorati xonasi. Bu shahar va tuman markazidagi maxsus belgilangan poliklinikada, shuningdek, yirik o`quv yurtlari, yirik sport inshoatlari (stadion, sport zali, sport markazi)da, shirik ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy-sanitariya bo`limida tashkil etiladi.

Sport vrachlik nazorat xonasi shifokorini vazifasi quyidagilardan iborat:

1.Sport tashkiloti, o`quv muassasasi, korxona tavsiya qilgan ro`yxat bo`yicha jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish;

2.Ularni sog`liq guruhlariga ajratish;

3.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida tibbiy xulosa berish;

4.Sport bilan shug`ullanuvchilarning mashq hajmini belgilash bo`yicha trenerga maslahat berish;

5.Musobaqa oldidan sportchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish va qatnashishga xulosa berish;

6.Trenirovka va musobaqa o`tkaziladigan sport inshooatlarini sanitariya-gigiyena nazoratidan o`tkazadi;

7.Sport musobaqasi davrida sportchilarni ovqatlanishi, kun tartibi, turar va mashg`ulot o`tkaziladigan joylarni sanitariya-gigiyena nazoratidan o`tkazadi.

8.Kasallangan, shikastlangan sportchilarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatadi, zarur bo`lsa shifoxonaga yuborish masalasini hal qiladi.

9.Sportchi kasalligi yoki shikastlanishi sababli davolanishdan qaytgach, uning sog`liq va chiniqqanlik holatini e`tiborga olgan holda, trenirovkaga ruxsat etadi, trenirovka hajmini belgilash bo`yicha trenerga maslahat beradi.

Sport vrachlik nazorat dispanseri.

Bu viloyat markazida va viloyatning yirik shaharlarida joylashadi.Sog`liqni saqlash boshqarmasi rahbarligida sport tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatadi.

Dispanserda sport tibbiyoti bo`yicha bir nechta mutaxassislikdagi shifokorlar ishlaydi, ixtisoslashgan tibbiy xonalari bo`ladi.Jumladan:1.Funksional diagnostika. 2.Fizioterapiya.3.Davolash fizkulturasi.4.Klinik-biokimyo laboratoriya kabi xonalari bo`ladi.

Dispanserning vazifasi.

1.Sport tashkiloti tavsiya qilgan ro`yxat bo`yicha viloyat va shahar terma komandalariga kiritilgan sportchilarni maxsus ro`yxatga sport maktabi o`quvchilarini maxsus ro`yxatga oladi, ular yil davomida kamida 2 marta tibbiy nazoratdan o`tkazadi, mashg`ulot hajmi bo`yicha trenerga maslahat beradi 2.Sport bilan mustaqil shug`ullanuvchilarga o`z xohishlari bo`yicha shifokor maslahati beriladi.

3.Dispanser sport vrachlik nazorati bo`yicha ilmiy-uslubiy markaz sifatida poliklinika va sport inshootlarida faoliyat ko`rsatadigan sport vrachlik nazorati xonalarining shifokorlariga ilmiy-uslubiy masalalar bo`yicha maslahatlar beradi,

Yoshlarga xos anatomik-fiziologik xususiyatlar.

Har bir yoshga mansub bo`lgan organizm o`ziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlari va imkoniyatlari bilan ajralib turadi.Shuning uchun jismoniy tarbiya mashg`ulotlari hajmini belgilashda bolalar va o`smirlar organizmi xususiyatlari e`tiborga olinishi zarur.

Kichik maktab yoshida (7-11 yosh) suyaklar to`liq qotmaganligi bois egilish va egrilanishga moyil bo`ladi.Ayniqsa umurtqa pog`onasi, ko`krak qafasi, chanoq, oyoq suyaklarini egrilanib qolishi qad-qomatni buzilishiga olib keladi.

O`rta maktab yoshida (12-15 yosh) umurtqalarni qattiqlashuvi, chanoq suyaklarining bir-biriga birikishi nihoyasiga yetmaydi.Shu bois og`irlik ko`tarish bilan bog`liq bo`lgan jismoniy mehnat va mashqlar tavsiya etilmaydi.Bu yoshdagi o`smirlarni organizmini zo`riqtirmaydigan, og`irlik ko`tarish bilan bo`gliq bo`lmagan mashg`ulotlar bilan shug`ullantirish tavsiya etiladi.Tezlik bilan bog`liq mashg`ulotlar bilan shug`ullantirish yaxshi natija beradi.

Katta maktab yoshida (16-18 yoshda) suyak-muskul, asab-psixik, nafas olish, yurak-qon tomir tizimlarining rivojlanish ko`rsatgichlari katta odamlarga yaqinlashadi. Shu bois, bu yoshdagi o`smirlarning sog`lig`i va jismoniy chiniqqanligini e`tiborga olgan holda, sportning ko`pgina turlari bilan shug`ullanishlari mumkin.
Maktab o`quvchilarining sport bilan shug`ullanishiga tibbiy talab.
Sport mashg`ulotlari bolalar va o`smirlarni jismoniy rivojlanishini yaxshilaydi, organizmning barcha to`qima-a`zolarini fiziologik faoliyatini takomillashtiradi, sog`lig`ini mustahkamlaydi, ish qobiliyatini oshiradi.

Ammo, ayrim hollarda kichik va o`rta maktab yoshidagi o`quvchilarni ehtiyotsizlik bilan maxsus sport turlari bilan faol shug`ullanishga jalb etish, ular organizmini zo`riqtirib, sog`lig`iga va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin (N.B.Zimkin, G.M.Krakovyak va boshqalar).

Yosh sportchilarni musobaqalardagi yutuqlari (rekordlari)ni jadallashtirish maqsadida, ular organizmini zo`riqtirib, katta hajmdagi mashqlar bilan trenirovka o`tkazish sport tibbiyoti fani talabiga zid hisoblanadi.

Sportchining musobaqalardagi yuqori ko`rsatgichi trenirovka mashqlarini qat`iy rejim bilan vrach-pedagogik nazorati ostida o`tkazilishi natijasida erishilgan bo`lishi lozim.



Odam organizmning reaktivligi va rezistentligi.

Reaktivlik - biror tashqi ta`sirga, odam organizmning javob qaytarish xususiyatidir. Bu tashqi muhitning va turli xil noqulay ta`sirlariga organizmning moslashish qobiliyatini belgilaydi.

Reaktivlik bosh miya hujayralarining, ya`ni oily nerv markazining qo`zg`aluvchanligi yuqori bo`lganda oshadi, nerv hujayralari qo`zg`atuvchanligi pasayganda reaktivlik ham pasayadi.

Oddiy qilib aytganda, odam kayfiyati ko`tarinlikda bo`lganda reaktivlik oshadi, kayfiyat pasayganda esa reaktivlik ham pasayadi.

Jismoniy mashg`ulotlar to`g`ri reja bilan uslubiy jihatdan to`g`ri va yaxshi moslashgan sharoitda bajarilganda sportchi organizmining reaktivligi oshadi, mashg`ulot unumdorligi yuqori darajada bo`ladi.

Aksincha, mashg`ulot noto`g`ri reja, noqulay uslub va moslashmagan sharoitda o`tkazilganda, sportchilar organizmining reaktivligi pasayadi, ish qobiliyati ham pasayadi.Natijada sportchida charchash, o`ta charchash, zo`riqish holatlari, hatto shikastlanish yuzaga kelishi kuzatiladi.

Rezistentlik – kasallik qo`zg`atuvchi faktor ta`siriga odam organizmining chidamligini oshishidir.

Reaktivlik va rezistentlik bir-birini to`ldirgan holda odam organizmini tashqi muhitning noqulay ta`sirlariga qarshilik ko`rsatish, o`zini himoya qilish qobiliyati (xususiyatini) belgilaydi.



4.Immunitet. Odam organizmining yuqumli kasallikka berilmaslik xususiyati, ya`ni organizm o`z-o`zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.

Immunetit xususiyati hamma odamlarda bir xil bo`lmaydi.Sog`lom, jismoniy chiniqqan, bolalik davrida jadval bo`yicha hamma emlashlarni qabul qilgan odamlarda immutet kuchli, mustahkam bo`ladi.Aksincha, jismoniy chiniqmagan, zaif, hamma emlashlarni qabul qilmagan odamda, immutet kuchsiz bo`ladi.

Ayrim odamlarda, ya`ni tez-tez kasallanadigan, uzoq muddat davomida xastalikda bo`lib zaiflashgan, o`ta charchagan, ovqatlanish sifati yaxshi bo`lmaganlarda immunitet umuman bo`lmasligi yoki avval bo`lgan immunitet organizm zaiflashganligi tufayli yo`qolishi mumkin.Bunday odamlar yuqumli kasalliklarga o`ta beriluvchan bo`ladilar (OITS/VICH bilan kasallangan odamda immutet mutloq yuqoladi).

Immunitet turlari.

Immunitet 2 turga bo`linadi:



1.Tug`ma immunitet-onadan bolaga beriladi.Lekin bu immunitet bolaning birinchi yoshidayoq, hatto birinchi oylardayoq, o`z kuchini yo`qotadi.

2.Odam hayoti davomida orttirilgan immunitet. Bu immunitet o`z navbatida 2 turga bo`linadi:

a) Orttirilgan tabiiy faol immunitet.Odam biron bir yuqumli kasallik bilan xastalanib, tuzalgandan keyin uning organizmida ana shu yuqumli kasallikni qo`zg`atadigan mikrob (virus) ga qarshi hosil bo`ladi.Buning natijasida bu odam butun umri davomida mazkur yuqumli kasallik bilan hech qachon takror kasallanmaydi. Masalan: qizamiq, qora chechak, tepki, bo`g`ma, ko`k yo`tal kabilar. Lekin, ta`kidlash lozimki, hamma yuqumli kasalliklarning mikroblariga qarshi immunitet hosil bo`lavermaydi.Masalan, gripp, ichburug`, sarg`ayma va boshqa kasalliklar bilan kasallanib tuzalgan odamda virusi va mikrobiga qarshi immunitet hosil bo`lmaydi, u mazkur kassalik bilan qayta-qayta kasallanishi mumkin.

b) Orttirilgan sun`iy faol immunitet.Sog`lom odamni (asosan bolalarni) maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlash natijasida sun`iy usul bilan immunitet hosil qilinadi.

O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda chaqaloq tug`ilganining birinchi kunidan boshlab, 46 yoshgacha bo`lgan odamlarga 9 xil yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan maxsus jadval bo`yicha emlash o`tkaziladi.

Bu kasalliklar quyidagilar: 1.Virusli gepatitning B turiga qarshi. 2.Sil. 3.Polimiyelit. 4.Difteriya. 5.Qoqshol. 6 Ko`kyo`tal. 7.Qizamiq. 8.Epidemik paratit. 9.Nizomiq.

Passiv immunitet. Odam og`ir kechadigan yuqumlik kasallik bilan kasallanganda uni davolash maqsadida maxsus zardob yoki gammaglobulin yuborish natijasida hosil qilinadi.

Zardob yoki gammaglobulin tarkibida yuqumlik kasallikning mikrobi (virusi) ga qarshi tayyor immunitet (antitela va antitoksin) bo`ladi.

Gammaglobulin davolash maqsadida qo`llanishidan tashqari, aholi orasida biror yuqumlik kasallik tarqalganida, uning oldini olish uchun profilaktika maqsadida, asosan yosh bolalarga qo`llanadi.

Zardob, gammaglobulin yuborish yo`li bilan hosil qilingan passiv immunitet odam organizmida qisqa muddat saqlanadi (ko`pi bilan 1-2 oy).

Kasallikda odam organizmida maxsus (spetsifik) va maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) vujudga keladi. Maxsus (spetsifik) o`zgarishlar kasallikni yuzaga keltirgan sababchisi (faktor)ning ta`sir qilish xususiyatiga bog`liq. Masalan, tashqi muhitdagi mingdan ortiq mikroblar, 250 dan ortiq viruslar, ko`plab zamburug`lar, gijjalarning har qaysi turi odamga yuqqanida, kasallikni vujudga keltirishi bilan birga, mazkur kasallikni o`ziga xos maxsus (spetsifik) belgilarini paydo qiladi, chunonchi, bug`ma (difteriya) kasalligi qo`zg`atuvchisi (Lyoffler mikrobi) yuqqanida, mikrob kirgan joyda (tomoq, hiqildoq, burun, ko`z) da oqimtir-sarg`ich qazg`oq hosil qiladi.Shu qazg`oqda mikrob ko`payib, zaharli modda (toksin) ishlab chiqaradi, u qonga surilib, birinchi navbatda yurak muskulini zararlaydi.Boshqa kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikrob, virus va boshqa mikroorganizmlar ham, bo`g`ma mikrobi singari, o`ziga xos maxsus kasallik belgilarini paydo qiladilar. Yoki yuqori harorat ta`sirida terida kuyish vujudga keladi.Kuygan joyda qizarish va ichida tiniq suyuqlik bo`lgan pufakcha hosil bo`ladi.Terining sovuq urgan joyida hosil bo`lgan pufakchada esa loyqa suyqlik bo`ladi.Bundan ko`rinib turibdiki issiq va sovuq haroratlar o`zining ta`sir xususiyatiga ko`ra terining kuygan va sovuq urgan joylarida, o`ziga xos maxsus belgilarni vujudga keltiradi.

Kasallikda yuzaga keladigan maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) ta`sir qiluvchi faktor (mikrob, virus, issiq yoki sovuq harorat va hokazo) larning xususiyatiga bo`gliq bo`lmaydi. Balki, bu o`zgarish (belgilar) noqulay ta`sirotga nisbatan odam organizmining javob reaksiyasiga bog`liq bo`ladi. Masalan, gripp kasalligi jarayonida bir kishida tana harorati 37-37,5 daraja atrofida bo`lib, bemor kasallikni oyoqda yurib o`tkazadi, ikkinchi kishida esa tana harorati 39-40 darajagacha ko`tarilib, bemorning ahvoli og`ir bo`ladi.



Etiologiya tushunchasi. Etiologiya – yunoncha so`z bo`lib, etio-sabab, logos- fan ma`nosini bildiradi. Demak, etiologiya – kasallikni vujudga keltirgan sabablarni o`rganadigan maxsus fan ma`nosini bildiradi.

Kasallikni etiologiyasi, ya`ni vujudga keltiruvchi sabablar 2 guruhga bo`linadi:

1.Kasallikni yuzaga keltiruvchi tashqi (ekzogen) sabablar.Bu sabablar odam organizmining tashqarisidan, ya`ni tashqi muhitdan ta`sir qiladi.

2.Kasallikni yuzaga keltiruvchi ichki (endogen) sabablar.Bu sabablar odam organizmining ichki, ya`ni nasl hususiyatiga bog`liq.



Kasallikning tashqi sabablari. Kasallikning tashqi sabablariga quyidagilar kiradi:

  • fizikaviy;

  • kimyoviy;

  • biologik;

  • alimentar;

  • ijtimoiy;

  • kam harakatlanish (gipodinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar;

  • me`yoridan ortiq xarakatlanish (giperdinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar;

  • psixogen ta`sirlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklar.



Kasallikning fizikaviy sabablari o`z navbatida quyidagi turlardan iborat:


  • mexanik ta`sirlar – urilish, kesilish, bosilish, sanchilish;

  • termik ta`sirlar – kuyish, sovuq urish;

  • nurlanish ta`siri-odam organizmida nurlanish kasalligini yuzaga keltiradi;

- elektr toki ta`siri – mahalliy ta`sirida teri kuyadi.Umumiy ta`sirida nafas, yurak to`xtab qolishi mumkin;

- atmosfera bosimining o`zgarishlari tufayli yuzaga keladigan kasalliklar. Atmosfera bosimining yuqori bo`lishi suv ostida kuzatiladi: quloqda og`riq, nafas chiqarishning qiyinlashuvi, qonda kislorod va azot gazini ko`payishi organizmga zaharli ta`sir ko`rsatadi.Suv ostidan yuqoriga tez ko`tarilish tufayli kesson kasalligi vujudga keladi;

- Atmosfera bosimining pasayishi tog` ustida kuzatiladi va chiniqmagan odamlarda tog` kasalligi yuzaga keladi.

Kasallikning kimyoviy sabablari. Kimyoviy moddalar odam organizmiga zahar sifatida ta`sir ko`rsatadi.Bularga kislotalar, ishqorlar, qurg`oshin, simob, margimush, xlor, yod va boshqa moddalar kiradi.

Shuningdek, hashoratlar:ilon, chayon, qoraqurt, zamburug` va hokazolarning zahari.

Zaharli moddalar odam organizmning o`zida ham paydo bo`lib, o`zini-o`zi zaharlashi mumkin.Masalan, buyrak kasalligining og`ir kechishida modda almashinuvida hosil bo`lgan qoldiq azot moddalarini siydik orqali tashqariga ajratilishi qiyinlashadi va ular qonda, to`qimalarda to`planib organizmni zaharlaydi. Natijada hayot uchun xavfli bo`lgan uremiya holati vujudga keladi. Shuningdek, virus qo`zg`atadigan yuqumli gepatit kasalligida jigar hujayralarining yallig`lanishi va ayrimlarini yemirilishi to`fayli ularda ishlab chiqariladigan bilirubin moddasi qonga o`tib bosh miyaning nerv hujayralarini va tananing boshqa to`qima-a`zolarini zaharlaydi.Natijada odam organizmida umumiy intoksikatsiya holatini vujudga keltiradi.

Kasallikning biologik sabablari.Kasallikning biologik sabablariga tashqi muhitdan odamga yuqib kasallikni yuzaga keltiradigan mikroblar, viruslar, zamburug`lar, gijja tuxumlari va boshqalar kiradi.

Kasallikning ijtimoiy sabablari.Odamning yashash, ishlash, o`qish sharoitining noqulay bo`lishi hamda odamning madaniyatini pastligi bilan bog`liq bo`lgan sil, giyohvandlik, OITS, tanosil (zahm, so`zak) kasalliklari kiradi.

Alimentar kasalliklar. Ijtimoiy kasalliklar guruhiga alimentar kasalliklar ham kiradi.Bu odamning ovqatlanish jarayonini buzilishi bilan bog`liq. Ovqat miqdorini yetishmasligi, sifatsizligi, ya`ni ovqat tarkibida oqsil, vitaminlar va boshqa moddalarning yetishmasligi. Buning natijasida odam ozadi, kamqonlik yuzaga keladi, ish qobiliyati pasayadi.

Aksincha, ovqatni ko`p iste`mol qilish, ayniqsa uglevodli va yog`li taomlarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish tufayli, semerish, qandli diabet va boshqa kasalliklar vujudga kelishi mumkin.



Harakatlanishning kamligi (gipodinamiya) tufayli semirish, ateroskleroz, gipertoniya, osteoxondroz, artroz, yurakning ishemik kasalliklari yuzaga kelishi mumkin.

Harakatlanishning me`yoridan ortiqligi (giperdinamiya), ya`ni og`ir jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchilarda, sportchilarda zo`riqish holati kuzatiladi. Bunda yurak-qon tomir, muskul, bo`g`im, suyak, psixik-asab kasalliklar vujudga kelishi mumkin.

Psixogen kasalliklar. Me`yoridan ortiq aqliy mehnatdan zo`riqish, g`am-tashvish, qo`rquv, tez-tez hayajonlanish, uyqusizlik kabi holatlar oliy nerv faoliyatini (bosh miya po`stloq qismining nerv hujayralari faoliyatini) zo`riqtirib, bosh miya po`stloq va po`stloq osti nerv markazlari faoliyatini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida nevroz, isteriya, psixoz, gipertoniya, terining ekzema, yurakning ishemik, stenokardiya, miokard infarkti, miya insulti va boshqa kasalliklar yuzaga kelishi mumkin.

Kasallikning ichki sabablari.

Kasallikning ichki (endogen) sabablariga nasl kasalliklari kiradi. Nasl kasalliklarini dunyoda birinchi bo`lib 1865 yilda chex olimi Iogan Gregor Mendel aniqlagan.

Odam organizmi barcha hujayra, to`qima a`zolarining tuzilishi, faoliyati va barcha hayotiy jarayonlarning har bir odamga xos xususiyatlari avloddan-avlodga (nasldan-naslga) beriladi.

Nasldan-naslga berilish (o`tish) qonunlarini genetika fani o`rganadi.

Nasldan berilish xususiyatlarining material asosi xromosomalar va genlar hisoblanadi.

Xromosomalar odam organizmining (barcha mavjudotlarning) hujayralar yadrosida joylashgan.

Barcha hayvon, hashorat organizmining har bir turi uchun xromosomalarning o`ziga xos shakli va soni bo`ladi.

Odam organizmning hamma somatik hujayralari yadrosida 46 ta xromosoma bo`ladi. Har xil xromosoma tarkibida ko`plab genlar bo`ladi. Somatik hujayralardan farqli ularoq, erkak va ayol jinsiy hujayralarida 23 tadan xromosomalar bo`ladi. Bularning 22 tasi autosomalar bo`lib, ular ota-ona organizmning nasl belgilarini homilaga (bo`lg`usi bolaga) o`tkazadi. Jinsiy hujayralarning 23-nchi xromosoma yangi bunyod bo`lgan homilaning jinsini belgilaydi.

Ayol jinsiy hujayrasidagi 23- nchi xromosoma XX (iks-iks), erkak jinsiy hujayrasidagi 23- nchi xromosoma XY (iks-igrik) bo`ladi.

Genetika fanining aniqlashiga ko`ra 1500 ga yaqin nasl kasalliklari va to`qima a`zolarning norasoliklari bor.

Nasl kasalliklari ikki guruhga bo`linadi:

1.Genlar orqali beriladigan nasl kasalliklari.

2.Xromosomalar orqali beriladigan nasl kasalliklari.

Genlar orqali beriladigan nasl kasalliklarga quyidagilarni misol sifatida ko`rsatish mumkin:

1.Albinizm – teri, ko`z, sochning rangsizligi (oppoq bo`lishi).

2.Daltonizm –ko`zning rang bilish qobiliyatini buzilishi.

3.Gemofiliya-qonning ivish xususiyatini pasayishi tufayli burundan qon ketish. Ozroq shikastlanganda jarohatdan ko`p qon ketishi.

4.Kar-soqovlik.

5.Shizofreniya – og`ir psixik kasallik.

Xromosomalar orqali beriladigan irsiy kasalliklarga Daun kasalligi misol bo`ladi. Xromosoma kasalligi hujayra yadrosidagi xromosomalar sonining o`zgarishi, ya`ni tabiiyga nisbatan ko`payishi yoki kamayishi natijasida yuzaga keladi.

Ya`ni normadagi 46 ta xromosoma o`rniga 45 ta yoki 47 ta xromosoma bo`ladi. Masalan, Daun kasalligida xromosomalar 47 ta bo`ladi. Daun kasallik bilan tug`ilgan bolaning tashqi qiyofasida quyidagi o`zgarishlar bo`ladi: ko`zlari kichik, burni kichik va orqa tomoni pachoq, tili katta, qo`l-oyoqlari kalta, aqliy qobiliyati rivojlanmaydi.

Daun kasalligida xromosomalar sonining 46 ta o`rniga 47 bo`lib qolishi quyidagi sabab bilan bog`liq. Erkak va ayol jinsiy hujayralari xromosomalari ayol tuxum yo`lida qo`shilishi natijasida yangi hujayra (homila) paydo bo`ladi. Ayol va erkak jinsiy hujayrasidagi 23tadan xromosomalar yangi hujayrada (homilada) 46 ta xromosomani hosil qiladi. Ammo, bu hujayra tuxum yo`lida bo`linib, ko`payishi jarayonida, bo`lingan hujayradagi 46 ta xromosomani 2 tomonga, ya`ni ikkita yangi hosil bo`lgan hujayraga noto`g`ri taqsimlanishi bir tomonda 47ta, ikkinchi tomonda 45 ta bo`lishi bo`lg`usi homilada Daun kasalligini yuzaga keltiradi.

Homilada Daun kasalligini vujudga kelishining ikkinchi sababi, ona jinsiy hujayrasidagi 21-nchi xromosomaning homilador bo`lishdan oldingi davrda mutatsiyaga uchraganligidir. Ayolning yoshi qancha katta bo`lsa, uning jinsiy hujayrasi xromosomalari shuncha ko`proq va kuchliroq mutatsiyaga uchraydi va homilaga mutatsiyalangan xromasoma berilib, u Daun yoki boshqa nasl kasalligiga uchraydi.

Homilaning ayrim irsiy kasalliklari, homila paydo bo`lishidan oldin tashqi muhitning noqulay ta`sirlari natijasida ota yoki ona xromosoma va genlarning mutatsiyaga uchrashi tufayli vujudga keladi.

Ba`zi irsiy kasalliklar bolalik davrida sezilmaydi, balki yashash jarayonida tashqi muhitning zararli ta`sirlari tufayli yashirin kechayotgan

Irsiy kasalliking belgilari bolaning yoshi ulg`ayganda namoyon bo`ladi.Demak, agar bolaning yashash sharoiti yaxshi bo`lsa, uni turli xil zararli kimyoviy moddalar va kasalliklardan saqlansa unda ota-onadan berilgan va yashirin kechayotgan ba`zi nasl kasalliklar bola katta bo`lganida ham namoyon bo`lmasligi mumkin.






XULOSA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING INSON SOG`LIG`I, JUMLADAN, YOSH AVLOD SOG`LIG`I HAQIDA G`AMXO`RLIGI.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi sharofati bilan xalq sog‘lig‘i, birinchi navbatda ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilishga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40 – moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deyilgan.Yurtimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash tizimida ham islohotlar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil, 15 fevraldagi 46–sonli qaroriga muvofiq «Sog‘lom avlod» Davlat dasturi tasdiqlandi. U 2000 yildan boshlab ko‘p yillar davom etadigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Uning mazmuni mamlakatimiz aholisi, ayniqsa bolalar, o‘smirlar va tug‘ish yoshidagi ayollar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va muntazam ravishda takomillashtirishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevraldagi «Ona va bola» Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori «Sog‘lom avlod» Davlat dasturining mantiqiy davomi hisoblanadi. Ushbu dasturda ona bola sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, sog‘lom oilani shakllantirish, bolani jismoniy va ma’naviy rivojlantirishda oilaning mas’uliyatini oshirishga asosiy e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil, 25 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan «Sihat–salomatlik yili» Davlat dasturida quyidagi maqsadli vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

– odamlarda bebaho boylik bo‘lgan o‘z sog‘lig‘ini saqlashga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish;

– har bir fuqaroning sog‘lom turmush tarziga amal qilishi;

– zararli odatlar (chekish, nos otish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, giyohvandlik kabilar) dan voz kechish;

– sog‘lom bo‘lishga, jismoniy va ruhiy jihatdan uyg‘un kamol topishga intilishga yo‘naltirilgan hayotiy falsafani har bir odamda shakllantirish; – onalik va bolalikni muhofaza qilish;

– ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlash;

– reproduktiv salomatlikni yaxshilash;

– tibbiy madaniyatni oshirish;

– oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

– jismonan baquvvat farzandlar tug‘ilishiga va ularni barkamol qilib tarbiyalashga erishish;


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING O`QUVCHI YOSHLARNI JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN SHUG`ULLANISHINI YANADA YAXSHILASHGA BAG`ISHLANGAN QARORLARI.

Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Sog`lom avlod uchun” Xalqaro jamg`armasi, nohukumat jamoat tashkilotlari, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo`mitasining O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risidagi takliflariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktabrdagi Farmoni asosida O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi tuzilgan.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil, 8-oktabrdagi “Umumiy o`rta ta`limning yangi tahrirdagi Davlat ta`lim standartlari va modernizatsiya qilingan o`quv dasturlarini tajriba-sinovdan o`tkazish to`g`risida”gi 198-sonli buyrug`i asosida “Jismoniy tarbiya” fanidan tayanch va hududiy tajriba-sinov maydonlari tashkil etilgan.

Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 1-9-sinflarida o`quvchilar bilimi yangi tahrirdagi ko`p balli reyting tizimi bilan baholanadi.

Viloyat, shahar, tuman Xalq ta`limi boshqarmalarining avgust kengashining sho`ba yig`ilishlarida muhokama etish uchun quyidagi mavzular tavsiya etilgan:

- yangi tahrirdagi DTS va o`quv qo`llanmalarining tajriba-sinovdagi muammolari va ularning yechimlari;

- Jismoniy tarbiya va bolalar sportiga oid qabul qilingan farmon, qaror va qonunlarning ijrosi;

- o`quvchilarga jismoniy mashqlar gigiyenasi, odam anatomiyasi va fiziologiyasiga doir bilimlar berish;

- jismoniy tarbiya bo`yicha tayyorlov va maxsus tibbiy guruhlarga kiritilgan bolalar bilan sog`lomlashtirish mashg`ulotlarini o`tkazish;

- jismoniy tarbiya darslarida yangi pedagogik texnologiya asoslaridan foydalanish kabilar.

Sog`liq-odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari, mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi, baxt-saodatdir. U odam mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning muhim shartidir. Xalq sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora-tadbirlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning ahloq normasi, yuksak burchi bo`lmog`i lozim.

Kasallik-qandaydir noqulay ta`sirotlar natijasida organizmning biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining buzilishidir.

FOYDALANILGAN ASOSIY ADABIYOTLAR


  1. Dubrovskiy V. I Sportivnaya meditsina: Uchebnik dlya studentov vuzov – M. Gumanit. Izd. tsentr. VLADOS. 1998.

  2. Sportivnaya meditsina. Uchebnik dlya in-tov fizkul’t. Pod. red. prof. V. A. Karpmana – M. FiS, 1987.

  3. Guselevich A. V. Meditsinskiy spravochnik trenera. M. FIS. 1981.

  4. Sportivnaya meditsina. lichebnaya fizicheskaya kul’tura i massaj (red. prof. S. N. Popova) M.. FiS. 1985.

5. Aminov B, O'roqov T- O'smirlar fiziologiyasi va maktab gigiyenasi. O’quv uslubiy qo’llanma. Qarshi 1988 yil.

6.Bashkirov V.F.”Vozniknoveniye ilecheniye travm u sportsmenov”.Moskva “FiS” 1981.

7. Buyanov V.M “Birinchi meditsina yordami”T.1981 y.

8.Dembo A.G.“Prakticheskaya zanyatiya po vrachebnomu kontrolyu” Moskva. 1979.Dembo A.G. “Prichiniy i profilaktika otklaneniy v sostoyanii zdopovya sportsmenov” M. 1981g.

10. Dembo A.G-Vrachebniy kontrol v sporte. M «Meditsina» 1988 g

11. Dembo A.G. “Sportivnaya meditsina”. Moskva “FiS” 1975 g

12. Karpman V.L- “Sportivnaya meditsina”. M. «FIS» 1987 g

13. Karpman V.L “Sportivnaya meditsina”. M.1975g.

14. Mironov Z.S, Morozov Ye.M. “Sportivnaya travmatologiya” M.1976 g.

15. Rixsiyeva A, To`raxo`jayev X “Sport meditsinasi asoslari” T. “Meditsina”. 1985 yil.

16. Rixsiyeva A “Abu Ali ibn Sino o roli fizicheskix uprajneniy v soxranenii zdorovya cheloveka.” T. “O`qituvchi”. 1981g

17. Shoylev Dimitr – Sportivnaya travmatologiya. Sofiya « Meditsina i fizkultura» 1986

18. Chogovadze A.V. Butchenko L.A.–“Sportivnaya meditsina”. Moskva «Meditsina» 1984 g

19.B.Aminov“Tibbiy bilim asoslari, onalik va bolalikni muhofaza qilish”fanidan amaliy mashg`ulotlar (o`quv uslubiy qo`llanma) Qarshi-2003 yil

20.B.Aminov, Z.Aminova “O`quvchilar va talablar ta'lim tarbiya gigiyenasi” Qarshi - “Nasaf” nashriyoti.

21.A.Burxonov, I.Raximov “Balog`atga yetish fiziologiyasi va gigyenasi” (ma'ruzalar matni) Namangan 2003yil

22/Karimov I. A. Sog’lom avlod kelajagimiz mevasi.//Xalq so’zi, 2003, №4, Toshkent., B.-3.

23/Karimov I.A. Uzbekistan the road of independenge and progress.- Tashkent, «Uzbekiston», 1992, -R. 70.

24/Karimov I.A. Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori./ O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 9-sessiyasida so’zlagan nutqi. -T.:SHarq, 1997.- 53b.

25/ Karimov I. A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.-Toshkent.: O’zbekiston, 1999.- 73b.

26.O’zbekiston Respublikasining “Sportni rivojlantirish to’g’risida»gi prezident Farmoni.- Toshkent., 20003.

27.I.A. Karimov «YUksak ma’naviyat yengilmas kuch»- Toshkent.: «Ma’naviyat»-2008

28. Gimnastika i metodika prepodavaniya., JTI uchun darslik. V.M.Smolevskoiy taxriri ostida Moskva., FiS, 1987 g., 336 s.

29/Gimnastika. JTI uchun darslik., uzbek tiliga tarjima. Toshkent, «O’kituvchi», 1982 y.

30.Sportivnaya gimnastika, JTI uchun darslik YU.K.Goverdovskiy taxriri ostida. Mockva. FiS. 1979 y., 327 b.

31.Xudojestvennaya gimnastika. JTI uchun darslik. T.S.Litsiskaya axriri ostida. M., FiS, 1982 y.

32.Ashmarin B.A. Teoriya i metodika pedagogicheskix issledovaniy v fizicheskom vospitanii. Moskva., FiS, 1983 g., str – 223.

33/Gimnasticheskoye mnogobore. Ayollar turi. YU.K.Goverdovskiy tahriri ostida Moskva., FiS, 1986 y, 336 – b.

34.Efimenko A.I. va boshqalar. Gimnastika darsining samaradorligini oshirish usullari. Toshkent., O’zDJTI, 1995 y, 100 .

35.Efimenko A.I. Saf mashqlari va ularni o’rgatish metodikasi. Toshkent., O’zDJTI, 1990y, 40 b.

36.Efimenko A.I. Umumrivojlantiruvchi mashqlar va ularga oid atamalar, Toshkent., O’zDJTI 1992 y, 25 b.

37. Menxin YU.V. Fizicheskaya podgotovka v gimnastike, Moskva., FiS, 1989 y, 75 b.

38.Karimov M.K. Xoreorarfiya mashqlari va badiiy gimnastika. O’quv qo’llanma. O’zDJTI . Toshkent., 2003 y.

39.Karimov M.K. Uprajneniya xoreografii i xudojestvennoy gimnastiki. Uchebnoye posobiye. Toshkent., 2003 g.

40.Badiiy gimnastikasi buyicha musobakalar qoidasi, 1997 y.

41.YUldashev K.K. Gimnastika darslarida xayotiy zarur malakalarni shakllantirish., Toshkent., O’zDJTI, 1995 y, 105 b.

42.Smolevskiy V.M.,va boshkalar. Gimnastika v trex izmereniyax.,Moskva. FiS,1979 y.

XORIJIY MANBALAR.


  1. Dubrovskiy V. I Sportivnaya meditsina: Uchebnik dlya studentov vuzov – M. Gumanit. Izd. tsentr. VLADOS. 1998.

  2. Sportivnaya meditsina. Uchebnik dlya in-tov fizkul’t. Pod. red. prof. V. A. Karpmana – M. FiS, 1987.

  3. Guselevich A. V. Meditsinskiy spravochnik trenera. M. FIS. 1981.

  4. Sportivnaya meditsina. lichebnaya fizicheskaya kul’tura i massaj (red. prof. S. N. Popova) M.. FiS. 1985.

  5. Bashkirov V.F.”Vozniknoveniye ilecheniye travm u sportsmenov”.Moskva “FiS” 1981.

  6. Buyanov V.M “Birinchi meditsina yordami”T.1981 y.

  7. Dembo A.G.“Prakticheskaya zanyatiya po vrachebnomu kontrolyu” Moskva. 1979

  8. Dembo A.G. “Prichiniy i profilaktika otklaneniy v sostoyanii zdopovya sportsmenov” M. 1981g.

  9. Dembo A.G-Vrachebniy kontrol v sporte. M «Meditsina» 1988 g

  10. Dembo A.G. “Sportivnaya meditsina”. Moskva “FiS” 1975 g


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING BOSHLANG’ICH TA’LIM USLUBIYOTI FAKULTETI BITIRUVCHI KURS TALABASI YARIYEV AZIZJON TOMONIDAN YOZILGAN « JISMONIY MADANIYAT VA SOG’LOMLASHTIRISHNING TIBBIY-BIOLOGIK ASOSLARI» NOMLI BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZUSIGA BERILGAN

TAQRIZ
Navoiy Davlat Pedagogika institutining Boshlang’ ta’lim uslubiyoti fakultetining bitiruvchi kurs talabasi -YAriyev Azizjon tomonidan yozilgan Bitiruv Malakaviy ishini ko’rib chiqdim. Sog’lomlashtirishning tibbiy-biologik asoslari va qon bosimi, yurakning itarish kuchidan va tomirlar devorining qon oqishiga ko'rsatadigan qarshiligidan hosil bo'ladi. Shuning uchun yurakka yaqin joylashgan arteriyalarda qon bosimi yuqori bo'ladi. Tomir yurakdan uzoqlashgan sari bosim pasayadi. Masalan, aortada qon bosimi 130-140 mm, bilak arteriyalarda 120-130 mm, mayda arteriyalarda 60-70 mm, kapillyarlarda 20-40 mm, mayda venalarda 10-20 mm simob ustuniga teng bo'ladi. Kovak venalarda qon bosimi hatto atmosfera bosimidan ham 2-5 mm past (manfiy) bo'ladi. Sog’lomlashtirishning tibbiy-biologik asoslari qon bosimi yurakning ish fazalariga qarab o'zgarib turadi. Qorinchalar sistolasi vaqtida aortaga qon otilib chiqadi. Shu sababli bu vaqtda qon bosimi yuqori darajaga yetadi. Bunday bosim maksimal yoki sistolik bosim deyiladi. Yurak diastolasi vaqtida qon bosimi pasayadi. Bunga minimal yoki diastonik bosim deyiladi. Maksimal bosimdan minimal bosim ayirmasi puls bosimi deb ataladi. Sog’lomlashtirishning tibbiy-biologik asoslari qon bosimi turli sharoitda o'zgarib turadi. Jismoniy ish bajarganda, ruhiy hayajon vaqtida bosim ko'tarilib, jismoniy ish tugagandan keyin tezda pasayib normal holatga keladi.

Sport bilan mustaqil shug`ullanuvchilarga o`z xohishlari bo`yicha shifokor maslahati beriladi.

Har bir yoshga mansub bo`lgan organizm o`ziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlari va imkoniyatlari bilan ajralib turadi.Shuning uchun jismoniy tarbiya mashg`ulotlari hajmini belgilashda bolalar va o`smirlar organizmi xususiyatlari e`tiborga olinishi zarur.

Sport mashg`ulotlari bolalar va o`smirlarni jismoniy rivojlanishini yaxshilaydi, organizmning barcha to`qima-a`zolarini fiziologiq faoliyatini taqomillashtiradi, sog`lig`ini mustahqamlaydi, ish qobiliyatini oshiradi..

Bitiruv Malakaviy ish ikki bob va 4 ta rejadan iborat qilib tuzilgan va ilovalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatlaridan iborat Birinchi bobda asosan mavzuning dolzarbligi,bitiruv malaqaviy ishining maqsad va vazifalari,shuningdek uning ilmiy va amaliy axamiyati haqida so`z boradi.

Ikkinchi bobda esa gipertoniya,gipotoniya.taxikardiya.bpadikardiya holatlariga tushunchalar berish, sportchida neyro-sirkulyator distoniya sindromi,sportchilarda yurak qon-tomir tizimining o’ziga xosligi. Tashqi nafas olish apparatining funktsional holatini tekshirish ,jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni sport-do`xtiri ko`rigidan o’tkazish,sport vrachlik nazorat dispanseri, odam organizmning reaktivligi va rezistentligi

ko`rsatilib o`tilgan.

Bitiruv Malakaviy ishda ayrim kamchiliklar ham mavjud. Bitiruv malakaviy ishning mavzusi bu jarayonni to`liq va izchil aniqliklar kiritilishi va yangi materiallar bilan to`ldirilishini talab qiladigan mavzulardan biridir.

Bitiruv Malakaviy Ish mavzusi to’g’ri tanlanganligi va uni yoritishga ilmiy jihatdan yondashishga harakat qilinganligini hisobga olib qoniqarli holda yoritilgan deb xulosa qilish mumkin va himoyaga tavsiya etaman.

Fakultetlararo jismoniy tarbiya

va sport kafedrasi kat.o’qit: S.B.Rasulov

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING BOSHLANG’ICH TA’LIM USLUBIYOTI FAKULTETI BITIRUVCHI KURS TALABASI YARIYEV AZIZJON TOMONIDAN YOZILGAN « JISMONIY MADANIYAT VA SOG’LOMLASHTIRISHNING TIBBIY-BIOLOGIK ASOSLARI» NOMLI BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZUSIGA BERILGAN ILMIY RAHBAR

XULOSASI.


Jamiyatning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga xos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish-ijtimoiy faol, ijodkor, jamiyatda mustahkam,fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan o’zini-o’zi va o’z hatti-harakatlarini to’g’ri anglab, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib xissa qo’shuvchi mutaxassislarni tayyorlash va mazkur jarayon samaradorligini ta’minlovchi pedagogik-psixologik ta’lim integratsiyasi tuzilmasini yaratishni taqozo etmoqda. Ta’limdagi bugungi o’zgarish har bir pedagog oldidagi mas’uliyatli vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash va ta’lim berish jarayonida turli xil usul va shakllardan foydalanib, yangi pedagogic texnologiya asosida darslarni o’tish pedagog uchun mas’uliyat talab etadi.

Bitiruv Malakaviy ish ikki bob va 4 ta rejadan iborat qilib tuzilgan va ilovalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`y[atlaridan iborat Birinchi bobda asosan mavzuning dolzarbligi,bitiruv malaqaviy ishining maqsad va vazifalari,shuningdek uning ilmiy va amaliy axamiyati haqida so`z boradi.

Ikkinchi bobda esa gipertoniya,gipotoniya.taxikardiya.bpadikardiya holatlariga tushunchalar berish, sportchida neyro-sirkulyator distoniya sindromi,sportchilarda yurak qon-tomir tizimining o’ziga xosligi. Tashqi nafas olish apparatining funktsional holatini tekshirish ,jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni sport-do`xtiri ko`rigidan o’tkazish,sport vrachlik nazorat dispanseri, odam organizmning reaktivligi va rezistentligi ko`rsatilib o`tilgan.

Bitiruv Malakaviy ishda ayrim kamchiliklar ham mavjud. Bitiruv malakaviy ishning mavzusi bu jarayonni to`liq va izchil aniqliklar kiritilishi va yangi materiallar bilan to`ldirilishini talab qiladigan mavzulardan biridir.

Bitiruv Malakaviy Ish mavzusi to’g’ri tanlanganligi va uni yoritishga ilmiy jihatdan yondashishga harakat qilinganligini hisobga olib qoniqarli holda yoritilgan deb xulosa qilish mumkin va himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: Fakultetlararo jismoniy

tarbiya va sport kafedrasi mudiri: kat.o’q. N.K.O’tkirov

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI «BOSHLANG’ICH TA’LIM USLUBIYOTI” FAKULTETI B-5141600-BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YUNALISHI BO’YICHA BITIRUVCHI KURS TALABASI YARIYEV AZIZJONNING “JISMONIY MADANIYAT VA SOG’LOMLASHTIRISHNING TIBBIY-BIOLOGIK ASOSLARI” NOMLI BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZUSIGA BERILGAN

TAQRIZ

Yariyev Azizjonning “Jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirishning tibbiy-biologik asoslari” nomli bitiruv malakaviy ishi bilan tanishib chiqdim.Bituruv ishi kirish, ikki bob va hulosa qismdan iborat. Malakaviy bitiruv ishi bajarilishi jarayonida talaba o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarni tadqiqotlar orqali nomoyon etganligini ko’rinib turibdi.

Malakaviy bituruv ishining kirish qismida tadqiqotchi tomonidan mavzuning metodik asoslari va adabiyotlar tahlili to’g’risida yoritib berilgan. Tanlangan maskur ish juda dolzarb mavzu bo’lib, bugungi kunning muhim masalalari yechimini topadi deb hisoblayman.

Tadqiqot ishining birinchi bobida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirishning tibbiy-biologik yullari va uning muhim ahamiyat kasb etilishi haqida tadqiqotchi talaba o’z fikrlarini to’liq aks ettirgan.

Ishning ikkinchi bobida esa jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirishning tibbiy-biologik asoslarini tadqiqot jarayonida yoritib berish borasida talaba YAriyev Azizjon maqsadga erishish uchun ikki tadqiqot guruxini shakllanntirib, qo’yilgan jadvallar, sxemalar va kriteriyalarga asoslangan holatda tadqiqotlarni samarasini ko’rdim.

Yariyev Azizjon tanlagan tadqiqot mavzusi bo’yicha tajriba-sinov ishlarini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etgan.

Men Yariyev Azizjonning “Jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirishning tibbiy-biologik asoslari” nomli bitiruv malakaviy ishini samarali tugallangan deb hisoblayman va uni Yakuniy Davlat attestatsiya ha’atiga himoya uchun tavsiya etaman.

15 umumta’lim maktab direktori: Parmonova L.A



Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi: Aulov B
Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish