Bioelektron asboblar tirikorganizmlarda axborot saqlash va qayta ishlash prinsipi va strukturasiga asoslangan holda, funksional imkoniyatlariga ko‘ra inson ongiga yaqinlashtirilgan o‘ta murakkab axborot qayta ishlash tizimini yaratish uchun qshlanladi.
Asab tizimi neyron nomini olgan panjaralardan tashkil topgan. Neyronlar, qaerda joylashishidan qat’iy nazar, bir xil strukturaga ega va deyarli bir xil mantiqiy xarakteristikalarga egadirlar. Ular takomillashgan universal mantiqiy elementlar hisoblanadilar. Neyronlar asosida sodda va tartibli neyron tizimlari quriladi, ya’ni yagona element asosida inson ongigina echa oladigan murakkab masalalarni echa olish qobiliyatiga ega bo‘lgan tizim yaratish mumkin. Neyron jism va bir (yoki ko‘p0 kirish (dentdrit) va chiqish (akson) o‘simtadan tashkil topgan. Bir neyron aksoni bilan keyingi neyron dendriti birikkan joy sinaps deb ataladi. Neyronlar odatda uch sinfga bo‘linadi: sensor datchiklariga yaqinlashtirilgan energiyaga javob tariqasida signal generatsiyalovchi -sensor neyronlar; aktivlikni boshqaruvchi to‘qimalarga signallar uzatuvchi - motorli neyronlar; sensor va motor neyronlarni birlashtiruvchi -assotsiativ neyronlar.
Ong yoki markaziy asos tizimi asosan uchinchi tur neyronlardan tashkil topgan. Neyronning o‘zi uni o‘rab turgan suyuqlikdan yupqa membrana bilan izolyatsiyalangan va uning ichidagi metobolik jarayon tufayli neyronni o‘rab turgan suyuqlikda natriy ionlari juda ko‘p bo‘lishiga qaramay manfiy kaliy ionlarining ortiqcha konsentratsiyasi mavjud bo‘ladi. Membrana orqali kaliy diffuziyasini oldini olish maqsadadida, unda 70 mV kechiktiruvchi potensial ushlab turiladi.
Asab tizimining har bir qismida, hatto birlik neyronda ham o‘nlab mikroasperga teng toklar oqib o‘tadi. Neyronlar generatsiyalayotgan elektr signallarining asmplituda va shakllari 0,1 mkm tartibdagi ikki o‘lchamli tuzilma ko‘rinishidagi mambrananing fizik xossalari bilan aniqlanadi. Membranalar nerv impulsi shakllanish jarayonida asosiy rol o‘ynaydilar, hamda panjara va har bir panjara ichidagi organellalar orasida to‘siqlar yuzaga keltiradilar. Bu bilan panjaralarda fazo va vaqt bo‘yicha kechadigan biokimyoviy reaksiyalarni boshqaradilar.
Membrananing boshqa funksiyasi – elektr maydoni va ba’zi maxsus kimyoviy moddalar ta’siri natijasida o‘z singdiruvchanligini keskin o‘zgartiradigan xarakterga ega bo‘lgan ta’siri. Neyron kirish signali amplitudasini o‘zgartirish bilan chiqish chastotasini kuchaytirish, kirish signallarini ko‘shish va boshqa xossalarga ega. Neyron signalni analog ko‘rinishda uzatishi mumkin, shu sababli neyronlar tizimini mantiqiy elementlar va analog bloklardan tashkil topgan gibrid qurilma deb qarash mmumkin. Unda uzatilayotgan analog axborotning yo‘nalishi kommutatsiyalanayotgan elementlar orasidagi mantiqlar aloqasi bilan aniqlanadi. Neyronning adaptiv xossalari o‘quv mashinalari ishlab chiqishda obraz va belgilarni ilg‘ash qurilmalarini yaratishda qo‘llanilishi mumkin.
Biokimyoning so‘nggi yutuqlari molekular elektronikaning muvaffaqiyatli rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Maxsus ta’minot muhitida ishlaydigan donor panjaralar tizimidan foydalanish imkoniyati ham yo‘q emas. Tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatdi-ki, elektronikada tirik tabiat xossalaridan foydalanish – texnika sohasida yangi ilmiy-texnik revolyusiyaga olib kelishi mumkin.