Yarim avtomatik blokirovkaligida poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlash
Poyezdni qabul qilish uchun stansiya navbatchisi (DSP) oldindan qabul marshrutini tayyorlab, kirish svetoforini ochadi. Poyezd stansiyaga kelgandan keyin, DSP uning to'la tarkibliligiga ishonch hosil qilgach, jo'natish stansiyasiga yetib kelgani haqida blokirovka signalini yuboradi va telefon orqali jo'natish stansiyasining DSP siga poyezd kelgan vaqti haqida malumot beradi. Stansiyaga kelgan poyezdning to'la tarkibligida DSP, shaxsan o'zi yoki strelka posti navbatchisining yordamida oxirgi vagonda qizil poyezd signali mavjudligiga ishonch hosil qiladi. Strelkalari markazlashgan stansiyalarda DSP ga bunday xabar (bildirgi) signalistlari, markazlash posti operatorlari, tuzish brigadalari xodimlari va stansiyaning texnik-farmoish aktida (TRA) ko'rsatilgan boshqa xodimlari tomonidan berilishi mumkin.
Poyezdning to'la tarkibliligini qayd etuvchi avtomatik nazorat qurilmalari mavjudligida, DSP ushbu qurilmalarning nazorat asboblari ko'rsatkichlariga amal qiladi.
Qo'shni stansiyadan avvalgi jo'natilgan poyezd kelganligi haqida telefon orqali xabar olinmaguncha, chiqish svetoforni ochib navbatdagi poyezdni jo'natishga DSP ning haqqi yo'q.
Bir yo'lli peregonlarda qo'shni stansiyadan avval jo'natilgan poyezd kelganligi haqida telefon orqali xabar olinmagunicha, qarshi yo'nalishli poyezdni qabul qilish roziligi blokirovka signalning berilishi taqiqlanadi.
Agar chiqish svetofor ochilganidan so'ng poyezd jo'natilishi ma'lum sabablarga ko'ra qoldirilsa, unda DSP chiqish svetoforini berkitib, bu haqda poyezdlar harakati jurnaliga yozib olish lozim va poyezd to'xtagani to'g'risidagi xabarni qo'shni stansiya DSP ga hamda poyezd dispetcheri DNS ga yetkazib berish kerak. Jo'natilayotgan poyezding uzunligi qabul-jo'natish yo'lning foydali uzunligidan katta bo'lsa, unda poyezdning boshi chiqish svetofori orqasida joylashgan bo'lishi mumkin va bunda svetoforni ochib bo'lmaydi. Bu holda blokirovka tizimining ishi to'xtatiladi va poyezd jo'natilishi mashinistga yo'llanma berilishi bilan, telefon aloqa yordamida amalga oshiriladi. Xuddi shu yo'sinda kalit-jezl (klyuch-jezl) nosoz bo'lgan paytda poyezdning stansiyaga yana qaytish sharti bilan, peregonga chiqish harakati tashkil etiladi. Yarim blokirovkaning ishi quyidagi holatlarda to'xtatiladi: chiqish yoki o'tish svetofori berkilmasa yoki ochilmasa; blokirovka signalini uzatish yoki qabul qilish imkoni bo'lmasa; DSP ning blok-apparatida plomba uzilgan bo'lsa. Bunday hollarda poyezdlar harakati telefon aloqa yordamida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |