РПБ - ГТСС turdagi yarim avtomatik blokirovka
ГТСС turdagi releli yarim-avtomatik blokirovka, stansiyalar strelka markazlashtirgichlari, marshrut-nazorat qurilmalari (МКУ) yoki signallarni elektr markazlash (ЭЦ) tizimlari bilan jihozlangan bir va ikki yo'lli uchastkalarda qo'llaniladi. Bu tizimda barcha blokirovka bog'lanishlari releli sxemalar yordamida amalga oshiriladi. Yarim avtomatik blokirovka knopkalar yordamida boshqariladi, sxema va asboblar holati esa, pultdagi lampochkalar orqali nazorat etiladi.
РПБ-ГТССda stansiyaning jihozlanishiga ko'ra, ikki turdagi boshqaruv pultlari qo'llanishi mumkin: MKU ligida РПБ turdagi pult-stativ yoki strelka markazlashtirgichligida ПСРБ-2 turdagi pult-stativ.
ПСРБ-2 pult-stativi boshqaruv va indikatsiya pulti bo'lib, uning yuqori qismida stansiyaning sxematik plani ko'rsatiladi. Sxematik planida signallarning takrorlagich lampochkalari hamda peregon bo'shlig'ini, jo'natishda peregon bandligini, qabul qilishda peregon bandligini, stansiyaga poyezd kelganligini, rozilikni berish nazorat lampochkalari bo’ladi. Sxematik planning tagida signallarni ochish, rozilik berish va uni qaytarish, poyezd kelganligini tasdiqlash, qo'ng'iroqni o'chirish, stansiyadagi qabul - jo'natish yo'lining holatini tekshirish uchun mo'ljallangan knopkalar hamda kalit - jezllar joylashgan.
Stansiyaning sxematik plani tepasida kirish svetoforda taklif chiroqni yoqish va sun'iy yo'l bilan marshrutni bo'shatish uchun mo'ljallangan hisoblagichli knopkalar o'rnatilgan. Pult - stativning pastki qismida rele, ta'minot manbalari va boshqa asboblar joylashadi.
Xo'jalik poyezdi mashinistga berilgan kalit-jezl, chiqish svetofori berk bo'lishiga qaramasdan, poyezdga peregonga chiqib yana stansiyaga qaytish huquqini beradi. Kalit-jezlni apparatdan chiqarib olish uchun ikki yo'lli uchastkaning peregoni bo'sh bo'lishi kerak yoki bir yo'lli uchastkalarda qo'shni stansiyadan rozilik olish zarur. Kalit-jezlni apparatdan chiqarish uchun OX (xo'jalik poyezdni jo'natish) knopkasini bosish kerak.
РПБ turdagi pult-stativ xuddi ПСРБ-2 pult- stativdagidek knopka va lampochkalarga ega, ammo stansiyaning sxematik plani yo'q. РПБ-ГТССtizimida kirish, chiqish va ogohlantiruvchi signallari sifatida svetoforlar qo'llaniladi.
Pergonni cheklovchi stansiyalarning pult-stativlari o'zaro liniyali zanjir bilan bog'langan. Bu maqsadda stansiyalararo aloqa simlari yoki alohida simlar ishlatiladi. РПБ-ГТСС stansiya qurilmalarining elektr ta'minoti maxsus ППШ-3 turdagi o'zgartirgich va to'g'rilagichlar orqali amalga oshiriladi.
Yarim avtomatik blokirovka qurilmalarining ishlanishini bir yo'lli РПБ-ГТСС misolida batafsilroq ko'rib chiqamiz.
Bir yo'lli РПБ-ГТССtizimi qurilmalarini boshqarish hamda nazorat qilish uchun, pult-tabloga quyidagi knopka va lampochkalar o'rnatiladi (1.2-rasm): kirish svetoforini ochish uchun Н (Ч) chiqish svetoforlarini ochish uchun ЧO (НO) rozilik berish (bosilganida) va rozilikni o'chirish uchun НВЗ (ЧВЗ) kelganlik xaqida blokirovka signallarini berish uchun DP xo'jalik poyezdni jo'natish uchun ЧOX (НOX) sun'iy yo'l bilan poyezd kelganligini qayd etuvchi relesini qo'zg'atish uchun IP hisoblagichli; kirish svetoforda taklif chiroqni yoqish uchun «Taklif» Н (Ч) hisoblagichli knopkasi; qo'shni stansiyadan poyezd jo'natishga rozilik berganligini nazorat etuvchi sariq rangli DS poyezdni jo'natilishiga qabul qiluvchi stansiyadan rozilik olinganligini nazorat etuvchi yashil PS peregon stansiyadan jo'natilgan poyezd bilan bandligini ko'rsatadigan qizil PO peregon qabul qilinayotgan poyezd bilan bandligini ko'rsatadigan PP qizil; poyezd stansiyasiga amalda kelganligini nazorat etuvchi oq FP; yo'ldagi qabul-o'rnatish marshruti to'g'ri o'rnatilganligini nazorat etuvchi oq rangli lampochkalar.
Me'yoriy boshlang'ich holatda pult-tabloda kirish svetofor N (Ch) takrorlagichning qizil lampochkasi yonib turadi. Bir yo'lli РПБ qurilmalarining ishlash tartibi 1.2-rasmda ko'rsatilgan.
Bu yerda B stansiya DSP dan rozilik signali olinmagunicha, A stansiyasidan poyezdni jo'natib bo'lmaydi. Telefon orqali so'rovdan so'ng, B stansiya navbatchisi poyezdni qabul qilishga og'zaki rozilikni berib, DS rozilik berish knopkasini bosadi. Liniyali zanjir orqali A stansiyasi B stansiyasidan PS blokirovka signalini qabul qilib oladi. Shunda B stansiyada DS sariq lampochka, A stansiyada esa, PS yashil lampochka yoqiladi. A stansiya navbatchisi chiqish signalini ochmaguncha, B stansiya navbatchisi bergan rozilikni DS/OS knopkani tortib, qaytarib olish mumkin. A stansiya navbatchisi, strelkachi bilan birga, masalan 2- yo'ldan jo'natish marshrutini tayorlashsa, tabloda 2- yo'ldagi to'g'ri chizilganligini nazorat qiluvchi oq lampochka yoqiladi, so'ngra A stansiya DSP si NO signal knopka yordamida N2 chiqish svetoforini ochadi. Bunda tabloda chiqish signalining yashil N2 takrorlagich lampochkasi yoqilib, PS yashil lampochkasi o'chadi va ketidan PO qizil lampochka yoqiladi. Shu vaqt ichida B stansiyasiga PO blokirovka signali yuboriladi va bu signalni qabul qilish natijasida B stansiya tablosida DS sariq lampochka o'chib, PP qizil lampochka yoqiladi hamda qisqa vaqt qo'ng'iroq chaladi. Peregon bo'ylab poyezd harakatlanayotgan davrida PP va PO lampochkalari yonib turadi.
РПБ turdagi pult-stativ xuddi ПСРБ-2 pult- stativdagidek knopka va lampochkalarga ega, ammo stansiyaning sxematik plani yo'q. РПБ-ГТССtizimida kirish, chiqish va ogohlantiruvchi signallari sifatida svetoforlar qo'llaniladi.
Pergonni cheklovchi stansiyalarning pult-stativlari o'zaro liniyali zanjir bilan bog'langan. Bu maqsadda stansiyalararo aloqa simlari yoki alohida simlar ishlatiladi. РПБ-ГТССstansiya qurilmalarining elektr ta'minoti maxsus PPSH-3 turdagi o'zgartirgich va to'g'rilagichlar orqali amalga oshiriladi.
Yarim avtomatik blokirovka qurilmalarining ishlanishini bir yo'lli РПБ-ГТССmisolida batafsilroq ko'rib chiqamiz.
Bir yo'lli РПБ-ГТССtizimi qurilmalarini boshqarish hamda nazorat qilish uchun, pult-tabloga quyidagi knopka va lampochkalar o'rnatiladi (1.2-rasm): kirish svetoforini ochish uchun N (Ch) chiqish svetoforlarini ochish uchun CHO (NO) rozilik berish (bosilganida) va rozilikni o'chirish uchun NVZ (CHVZ) kelganlik xaqida blokirovka signallarini berish uchun DP xo'jalik poyezdni jo'natish uchun CHOX (NOX) sun'iy yo'l bilan poyezd kelganligini qayd etuvchi relesini qo'zg'atish uchun IP hisoblagichli; kirish svetoforda taklif chiroqni yoqish uchun «Taklif» N (Ch) hisoblagichli knopkasi; qo'shni stansiyadan poyezd jo'natishga rozilik berganligini nazorat etuvchi sariq rangli DS poyezdni jo'natilishiga qabul qiluvchi stansiyadan rozilik olinganligini nazorat etuvchi yashil PS peregon stansiyadan jo'natilgan poyezd bilan bandligini ko'rsatadigan qizil PO peregon qabul qilinayotgan poyezd bilan bandligini ko'rsatadigan PP qizil; poyezd stansiyasiga amalda kelganligini nazorat etuvchi oq FP; yo'ldagi qabul-o'rnatish marshruti to'g'ri o'rnatilganligini nazorat etuvchi oq rangli lampochkalar.
Me'yoriy boshlang'ich holatda pult-tabloda kirish svetofor N (Ch) takrorlagichning qizil lampochkasi yonib turadi. Bir yo'lli РПБ qurilmalarining ishlash tartibi 1.2-rasmda ko'rsatilgan.
Bu yerda B stansiya DSP dan rozilik signali olinmagunicha, A stansiyasidan poyezdni jo'natib bo'lmaydi. Telefon orqali so'rovdan so'ng, B stansiya navbatchisi poyezdni qabul qilishga og'zaki rozilikni berib, DS rozilik berish knopkasini bosadi. Liniyali zanjir orqali A stansiyasi B stansiyasidan PS blokirovka signalini qabul qilib oladi. Shunda B stansiyada DS sariq lampochka, A stansiyada esa, PS yashil lampochka yoqiladi. A stansiya navbatchisi chiqish signalini ochmaguncha, B stansiya navbatchisi bergan rozilikni DS/OS knopkani tortib, qaytarib olish mumkin. A stansiya navbatchisi, strelkachi bilan birga, masalan 2- yo'ldan jo'natish marshrutini tayorlashsa, tabloda 2- yo'ldagi to'g'ri chizilganligini nazorat qiluvchi oq lampochka yoqiladi, so'ngra A stansiya DSP si NO signal knopka yordamida N2 chiqish svetoforini ochadi. Bunda tabloda chiqish signalining yashil N2 takrorlagich lampochkasi yoqilib, PS yashil lampochkasi o'chadi va ketidan PO qizil lampochka yoqiladi. Shu vaqt ichida B stansiyasiga PO blokirovka signali yuboriladi va bu signalni qabul qilish natijasida B stansiya tablosida DS sariq lampochka o'chib, PP qizil lampochka yoqiladi hamda qisqa vaqt qo'ng'iroq chaladi. Peregon bo'ylab poyezd harakatlanayotgan davrida PP va PO lampochkalari yonib turadi.
Stansiyadan poyezd jo'natilishida, uni amalda chiqib ketishini qayd etuvchi yo'l datchigi boshqaruv pultiga ta'sir etadi va chiqish svetofori berkilib, uning lampochkali N2 takrorlagichi ham o'chadi. Bunda, peregon jo'natilgan poyezd bilan bandligini nazorat qiluvchi qizil PO lampochkaning yonishi davom etadi. Poyezd peregonga chiqqanidan keyin, A stansiyaning DSP si strelkachi bilan birga jo'natish marshrutni bo'shatadi va tabloning 2- yo'ldagi oq lampochka o'chadi. B stansiyaning DSP si strelkachi bilan birga poyezdni, masalan, 1- yo'lda, qabul qilish marshrutini tayyorlashadi. Marshrut to'g'ri o'rnatilgan-ligi tabloda 1- yo'ldagi oq lampochka yonish orqali nazorat etiladi. Shundan so'ng navbatchi N signal knopkasi yordamida kirish svetoforini ochadi. Tablodagi kirish svetofor takrorlagichining qizil lampochkasi o'chib, yashil lampochkasi yoqiladi. Peregon, kelayotgan poyezd bilan bandligini nazorat etuvchi PP qizil lampochkaning yonishi davom etadi. Qabul qilinayotgan poyezd yo'l datchigidan o'tganidan so'ng, kirish svetofori berkitilib, uni tablodagi takrorlagichida yashil lampochkasi o'rniga qizil lampochka yoqiladi va shu bilan birga poyezd amalda stansiyaga kirib kelganligini nazorat etuvchi FP oq lampochkasi yoqiladi.
B stansiya DSP si qabul marshrutni bo'shatganidan so'ng tabloda marshrut o'rnatilganligini ko'rsatuvchi oq lampochka o'chadi. So'ngra navbatchi poyezd kelganligini tasdiqlovchi DP knopkasini bosib, РПБ liniyali zanjiri orqali PP blokirovka signalni yuboradi. Bu signaldan B stansiyasida PP bilan FP lampochkalari, A stansiyasida esa PO lampochkasi o'chadi va shu bilan РПБ qurilmalari boshlang'ich holatga keladi.
Yarim avtoblokirovka qurilmalari bilan jihozlangan temir yo'l uchastkasining o'tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida, ularda doim yoki vaqtincha ishlaydigan blok-postlar tashkil etiladi. Bunda peregon blok-postning o'tish svetoforlari bilan blok-uchastkalarga bo'linib, peregonda bir yo'nalishli ikkita poyezd harakatlanishiga imkoniyat beradi. O'tish svetoforlari faqat qizil va yashil signal ko'rsatkichlariga ega bo'lib, me'yoriy holatda berk bo'ladi. Stansiyadan poyezdni jo'natish uchun qabul qilish stansiya hamda blok-post navbatchilarining roziligi bo'lishi kerak, bunda ikkinchi poyezdni, birinchisi blok - postdan o’tib ketganidan keyin jo’natish mumkin.
1.2 - rasm. Bir yo’lli РПБ - ГТСС qurilmalarining ishlash tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |