Yaqin Sharq — Osiyoning gʻarbiy va jan.gʻarbiy hamda Afrikaning shim,sharqiy qismidagi hududlarning nomi.
Iroq
Livan
Falastin
Isroil
Iordan
Suriya
Turkiya
Kipr
Yaman
Omon
BAA
Qatar
Bahrayn
Misr
Quvayt
Saudiya Arabistoni
Iroq, Iroq Respublikasi (Al-Jumhuriyah al-lragiyah) — Janubi-gʻarbiy Osiyoda, Dajla va Furot daryolari oraligʻida joylashgan davlat. Maydon 435,052 km2. Aholisi 37,056 mln. kishi (2015). Poytaxti — Bagʻdod shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 muhofaza (viloyat)ga boʻlinadi.
Aholisi
Aholisi, asosan, arablar (75%) va kurdlar (20%); shuningdek, turkmanlar, osuriy (aysor)lar, eroniylar, armanlar va b. ham yashaydi. Rasmiy tili — arab va kurd tillari. Asosiy dini — islom. Aholisining 96% musulmonlar (62% shialar va 34% sunniylar). Xristianlar ham bor. Aholining 70,4% shaqarlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bagʻdod, Basra, Mosul, Karkuk, Najaf.
Iroq — agrar-industrial mamlakat. Iroq baquvvat iqtisodiy salohiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, qishloq xoʻjaligining ulushi 20,3% ni tashkil etadi.
Neft (zaxirasi 65 mlrd. tonnadan ziyod), gaz, oltingugurt, marmar va fosfatlarning katta zaxiralari bor. Iroq-Eron urushi boshlanishidan avval neft eksport qilishdan har yili 21—26 mlrd. dollar daromad olinar edi. Sanoatning neft, gaz qazib chiqarish, neftni qayta ishlash, sement, elektr energetika, mashinasozlik va b. tarmoqlari rivojlangan. Mayda hunarmandchilik korxonasi va ustaxonalari koʻp. Toʻqimachilik, poaybzal, oziq-ovqat sanoati ham birmuncha rivojlangan. Al-Iskandariyada mashinasozlik zavodi, Samarrada antibiotik va b. dori-darmonlar zavodi, Qut al-Amarada ip gazlama kombinati, Bagʻdodda elektronika asbob-uskunalari zavodi va tikuvchilik fabrikasi, Ramodida oyna zavodi va b. korxonalar mavjud. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy jazo choralari natijasida moliyaviy resur-slar, xom ashyo, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar yetishmasligi har sohada sezilib turadi.
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 12 mln. ga, shundan 8 mln. ga yer ishlanadi. Ekin maydonining ak-sar qismiga bugʻdoy, qolgan qismiga paxta, tamaki, sabzavot ekiladi; bogʻdorchilikham rivojlangan. 1990-yillargacha Iroq hurmo daraxtining soni jihatidan dunyoda 1-oʻrinda turar, dunyo bo-zoriga chiqarib sotiladigan hurmo me-vasining 4/5 qismi uning hissasiga toʻgʻri kelar edi. Biroq Iroq qa qarshi jazo choralari qishloq xoʻjaligi ga ham asoratli taʼsir qildi. Jumladan, 1990 yilga nisbatan 2000 yilda ekin maydonlari qisqarib, yalpi hosil kamaydi. Chunonchi bugʻdoy hosili 1055 ming t dan 800 ming t ga, arpa 1095 ming t dan 500 ming t ga, makkajoʻxori 171 ming t dan 100 ming t ga, uzum 428 ming t dan 290 ming t ga tushib qoldi. Chorvachilikdagi qoʻy, echki, qoramol, tuya, ot soni ham kamaydi.
Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, qora metall, kimyoviy ashyolar keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Iordaniya, Italiya, Germaniya va boshqalar. Pul birligi — Iroq dinori.
Transporti
Temir yoʻl uz. 3 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 30 ming km, neft quvurlari uz. 4,2 ming km, gaz quvurlari uz. 2,6 ming km. Asosiy dengiz portlari — Basra, Fao, Umm-Kasr, daryo porti — Bagʻdod. Bagʻdodda zamonaviy xalqaro aeroport bor. Iroq chetga hurmo, teri, jun, sement, neft, neft mahsulotlari, oltingugurt chikaradi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
1970 yilda 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy boshlangʻich taʼlimi toʻgʻrisida qonun qabul qilingan. Boshlangʻich mak-tabda ham, oʻrta maktabda ham oʻqish muddati 6 yil Universitetlar, institutlar, kollej lar, jumladan, Bagʻdod universiteti, Bagʻdodda al-Mustansuriya universiteti, Basra, Mosul va Sulaymoniyada universitetlar, Bagʻdodda texnologiya instituti bor. 1947 yilda Iroq Fanlar akademiyasiga asos solingan. Bagʻdodda Kurd Fanlar akademiyasi, Ilmiy tadqiqotlar tashkiloti mavjud. Yirik kutubxonalari: Bagʻdod universitetining markaziy kutubxonasi, Milliy kutubxona, Iroq muzeyi kutubxonasi, Mosuldagi Ommaviy kutubxona va b. Muzeylari: Bagʻdoddagi Iroq muzeyi, Arab osori atiqalari muzeyi, Mosul muzeyi, Basradagi universitet muzeyi, koʻqna Bobil harobalaridagi Bobil muzeyi.
Do'stlaringiz bilan baham: |