Yaponiyada sinfiy jamiyatni rivojlanishi va ijtimoiy kurashni keskinlashuvi xokimiyatni markazlashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi


Yaponiyada ilk feodal jamiyati va davlatning vujudga kelishi



Download 174 Kb.
bet3/6
Sana20.07.2022
Hajmi174 Kb.
#828757
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XUSHNUD

Yaponiyada ilk feodal jamiyati va davlatning vujudga kelishi.

Yapon orollarining eng qadimgi aholisi zamonaviy aynu xalqining ajdodlari - Ebuslar hisoblanadi. Bizning asrimizning boshlarida ular Xonsyu orolini shimoli-sharqida yashaganlar. Ularning etnik kelib chiqishni hozirgacha aniqlanmagan, ammo ayrim tadqiqotchilar ularning janiubidan kelib chiqqanligini, Malayziya, Xindixitoy yarim orollari bilan aloqadorligini ta’kidlashadi.


Yapon orollariga bir necha bor koreyslar, xitoyliklar, turli manjur-tungus qabilalari kechib kelib o‘rnashib, Ebuslarni shimol tomonga sqib borishgan. SHiddatli kurashlar davomida ba’zi qabilalar boshqalari tomonidan bo‘ysundirilgan, bu jarayonda ular sekin-asta qo‘shilib borishgan. Ancha kuchlilarini orasida YAmato qabilasi ajralib turib, ular III asr oxiri - IV asr o‘rtalariga kelib o‘z raqiblarini bo‘ysundirishadi va Xonsyu orolini markaziy qismida Yamato qabilalari ittifoqini tashkil etishadi, manna shundan Yaponiyaning dastlabki kelib chiqqan. Hozirgi «nixon» (kunchiqar mamlakat) nomi VII asrda paydo bo‘lgan. Evropacha nomlanishi esa XIII asrda Xitoyga borgan Marko Polo tomonidan berilgan.
Hozirgi Yaponlarning ajdodlari dehqonchilik uchun ancha qulay bo‘lgan xududlarga ko‘chib o‘rnashganlar. III-VI asrdayoq (guruch) sholi asosiy qishloq xo‘jalik ekini bo‘lib qoldi. Sug‘orish kanallari barpo etilgan. Qabila boshliqlari bu ishlarga mehnat majburiyati tariqasida ko‘plab odamlarni jalb etishgan. Asosiy ekin sholi va boshqa g‘allalar bilan bir qatorda V asrdan boshlab ipakchilik ham rivojlana boshladi.
Hunarmandlar orasida ko‘plab to‘quvchilar, kulollar, temirchilar va duradgorlar bo‘lgan. Koreys-Xitoy ko‘chkindilari o‘ta mohir ustalar bo‘lib, III asr oxirida Xitoyning g‘arbiy chekkalariga ko‘chmanchilar xujumlari kuchayganda ularning oqib kelishi ko‘paygan, V asrdan boshlab esa koreys va xitoyliklarning immigratsiyasi oddiy hol bo‘lib qoldi.
Ko‘chib kelganlar «BE» deb ataluvchi ijtimoiy tarkibi bir xil bo‘lmagan axoli guruhini bir qismini tashkil etgan. Ular qatoriga shuningdek bo‘ysundirilgan jamoalarning boshliqlarini avlodlari ham kirib, bular o‘sha vaqtdagi Yapon jamiyatida qo‘riqlash vazifasini o‘tashgan, shuningdek xitoycha o‘qish va yozishni bilgan koxinlar ham bu guruhga mansub bo‘lib-shakllanayotgan davlatning dastlabki amaldorlari bo‘lishgan, xudi shu qatorga jinoyat sodir etgani tufayli qulga aylantirilgan jamoachilar ham kirgan. Axoli o‘rtasidagi guruhlarga bo‘linish jarayoni «BE» toifasini nisbatan uncha katta bo‘lmagan xukmron guruhga va qaram aholining asosiy qismiga tabaqalashtirdi.
«BE» larning ancha ko‘p sonli qismini ahvoli ko‘pincha qadimgi Rim kolonlarining sharoitiga yaqin turgan: ular podsho va zodagonlarning mulklaridagi erlarga bog‘lab qo‘yilgan yoki ma’lum hunar bilan shug‘ullanishlariga majbur bo‘lishgan, ularni sotish ham, o‘ldirish ham mumkin bo‘lmagan.
Uy xo‘jaligida qullar mehnatidan foydalanilgan, biroq ularning umumiy soni arzimas darajada oz bo‘lgan; Qul mehnatidan foydalanish borgan sari samarasiz bo‘lib borgan, qullar safini to‘ldirishning asosiy manbai hisoblangan qabilalarning o‘zaro urushlari qisqargan.
Oddiy tovar xo‘jaligini rivojlanishi natijasida V asr boshlarida bozorlar yuzaga keldi, ularning eng dastlabkilari «Xitoy bozori» bo‘lib, u Xonsyu orolini markaziy qismida, hozirgi Osaka shahri xududida joylashgan edi. U vaqtda savdo ishlari odatda kuzda hosil yig‘im - terimidan so‘ng olib borilgan. Almashtiriladigan buyumlar qatoriga g‘alla, baliq, qurol - yarog‘, ot, hayvonlar, keyinchalik zeb - ziynat buyumlari ham kirgan. Yapon qo‘rg‘onlaridan topilgan Xitoy tangalari kontient bilan savdo mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti negizida mulkiy tengsizlik o‘sib bordi. Zodagon oilalar guruhlari ajralib chiqdi, qullar va «BE» larni ekspulatastiya qilish kuchaydi. IV asr oxiri - VI asrga kelib qabila ittifoqi boshliqlarini xokimiyati kuchaydi, u ko‘proq podsho vazifasini bajarib borgan. Uning xokimiyati keng er maydonlarini o‘zlashtirib olishga, jamoachilarga soliqlar solishga, qullarga egalik qilishga, «BE» dehqonlari va hunarmandlarini mehnatidan foydalanishga asoslangan edi.
Rivojlanib borayotgan feodal jamiyatda dehqon jamoasi sezilarli o‘rin egallay boshladi. Bunda er – mulklarga egalik qilgan oilalar oldingi o‘ringa chiqdi. Etishtirilgan mahsulotni hukumron tabaqaning foydasiga topshirish g‘alla va hunarmand maxsuloti shaklida amalga oshirildi. Mehnatkash aholi, shuningdek sug‘orish tizimi va qurilish ishlarini amalga oirishmajburiyatini ham o‘tashgan.
Podsho xonadoni atrofiga zodagon oilalar jamlanib bordi, ular sekin-asta davlat ishlarida va caroyda yuqori lavozimlarini egallashdi: bir oila guruhi a’zolari kohinlar bo‘lib, ular xudolar va podsholar o‘rtasidagi vositachilar hisoblanishgan, boshqa birlari – jangchi - harbiylar va qurol - aslahani saqlovchilar hisoblangan, uchinchilari esa saroy qo‘riqchilari vazifasini bajarishgan, yana boshqalari esa podsho mulki uchun javobgar bo‘lishgan. Zodagon oilalarning merosiyga aylanganlavozimlari unvonlar ahamiyatiga ega bo‘ldi va feodal munosabatlarning rivojlanib borishi bilan feodal tabaqalanishning turli daraja va unvonlariga aylandi.
Ayrim feodal zodagon oilalar guruhlarining hokimiyat uchun kurashi davomida ularning biri - Soga xonadoni vakillari 592 yilda podshoni o‘ldirishdi va hukmron mavqeni egallashdi. Mamlakatga koreys va xitoyliklar tomonidan olib kelingan va Yaponiyada VI asrdan boshlab yoyila boshlagan budda dinidan Soga guruhi (xonadoni) o‘z ta’sirini mustaxkamlash uchun foydalandi. Bu bilan Yapon qabilalarining qadimgi ma’jusiylik dini Sinto (xudolar yo‘li)ga zarba berildi, uning asosini tabiat kuchlarini hurmat qilish (e’zozlash) va ajdodlarga sig‘inish tashkil etgan. Budda dini shakllanib kelayotgan ilk feodal jamiyatini ibtidoiy jamoa tuzum qoldiqlariga qarshi kurashida g‘oyaviy qurol bo‘ldi.
Xokimiyat uchun avj olgan kurashda ag‘darilgan podsho xonadoni a’zolaridan biri Syotoku-taysi, Xitoy madaniyatini ma’qul ko‘rgan saroy ayonlariga tayangan. Ularning ko‘plari dengiz ortida, Koreya yoki Xitoy bo‘lib qaytishgan bo‘lib, ular ilk feodal Xitoydagi davlat va ijtimoiy tartiblarni Yapon zaminiga olib kelishga intilishgan.
Syotoku - taysi faoliyatini mashhur yodgorligi, 604 yilda yaratilgan «17 moddadan iborat Qonun» bo‘lgan. Bunda Yapon zodagonlarining ko‘plab vakillari ma’qullangan siyosiy tuzumning qoidalari birinchi marta qayd etilgan. Aynan 604 yilgi «Syotoku qonunlar to‘plami»da yakka xukmdor boshchiligidagi markazlashgan davlat tashkil dasturi ishlab chiqilib, davlatni boshqarish bo‘yicha o‘ziga xos qo‘llanma bo‘lib, unda hukmdor bilan uning fuqarolarni o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni asoslari yozma tarzda bayon etilgan1. Syotoku - taysi chet eldan siyosiy tayanch qidirgan, Xitoygacha zodagon oilalarning yoshlari ta’lim olish uchun yuborilgan. Soga dushmanlari birlashib fitna uyushtirishgan. 645 yilda Koreyalik elchilarni qabul marosimi vaqtida fitnachilar Soga xonadoni boshlig‘ini o‘ldirishdi, Sogalarning boshqa vakillarini qirib tashlashdi, saroyga o‘t qo‘yishdi.
Ilgarigi podsho xonadonining keksa vakili taxtga o‘tirdi, uning boshqaruvi vaqti «buyuk o‘zgarishlar davri» (Tayka) deb nomlanib, 645 yilga davlat to‘ntarishi - Tayka to‘ntarishi deb ataladi. SHu vaqtdan boshlab Yaponiyada yil hisobining Xitoycha tizimi joriy etildi. Tayka to‘ntarishini Yapon aslzodalarini mustahkam davlat tashkilotini tuzishga intilishlari keltirib chiqargan. Tayka to‘ntarishlari ayrim Yapon tarixiy adabiyotlarda Tayka islohotlari deb qabul qilingan atama ham bo‘lib, bu voqealar natijasida xokimiyat tepasiga imperator Kotoku (645 - 654) keladi va uning tomonidan amalga oshirilgan islohotlar tufayli Yaponiyada ilk feodal markazlashgan davlati tashkil topdi, mazkur islohotlar ma’lum darajada Xitoy feodal qonunchiligi ta’siri ostida ishlab chiqilib, amalga oshirilgan. IV – VI asrlarda Yaponiyada umumqabilaviy ittifoqini ilk feodal davlatiga aylanishi jarayoni bo‘lib o‘tdi. Tayka islohotlar ayrim urug‘ – avlodlar o‘rtasida xokimyatga egalik qilish uchun bo‘lib o‘tgan kurashda yakuniy, hal qiluvchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qildi. VI asr oxirlarida Sumeragi podsho xonadoni vakillari, Soga xonadoni a’zolari tomonidan xokimiyatdan chetlatildi, bunga javoban, 645 yilda Sumeragi podsho xonadoni vakillari, kohinlar avlodiga mansub bo‘lgan Nakatomi xonadoni vakillari bilan ikki o‘rtada ittifoq tuzishdi va Soga xonadoni a’zolarini tor – mor qilishdi. Ayrim taxminlarga ko‘ra, Sumeragi va Nakatomi bu ishda kullardan va qaramga aylantirilgan jamoachi dehqonlardan qo‘zg‘olonlar va g‘alayonlarni amalga oshirishda foydalanishgan. SHahzoda Nakanooe va Nakatomi Kamatarilar Tayka to‘ntarishini tashkilotchilari bo‘lishgan. Sumeragi Kotoku Yaponiyaning imperatori bo‘ldi va shu bilan birga “tenno” ya’ni “osmon o‘g‘li” unvonini oldi. Nakatomi Kamatari bosh vazir (naydzin, 662 yildan boshlab esa - naydaydzin) lavozimini egalladi.
Tayka islohotlari, markazlashgan davlat mahkamasini vujudga kelishida asos bo‘lib xizmat qildi. Oliy Kengash daydzyokan deb nomlanib, sakkizta muassasa (vazirlik) larga boshchilik qilgan, bular ham o‘z navbatida turli bo‘limlardan tashkil topib, iborat bo‘lib, imperator saroyi, grajdan aholisi, armiya va politsiya ishlari bilan shug‘ullanishgan2. Vazirliklar, amaldorlarni lavozimlarga tayinlashgan, mahalliy xokimiyatlarni faoliyatini nazorat qilishgan, xususan, xonadonlarni ro‘yxatlarini tuzish va ularni tekshirish yuzasidan davlat chek erlarini taqsimlash va aholidan soliqlarni, yig‘imlarni undirish, aholi tomonidan mehnat va harbiy majburiyatlarnibajarilishini kuzatib, nazorat qilib borishdan iborat bo‘lgan. Yaponiya ma’muriy – xududiy birliklar – viloyatlar va rayonlarga ajratilgan bo‘lib, bu xududlarni gubernatorlar va boshqa boshliqlar boshqarishgan, ular xukumat tomonidan ma’lum bir muddatga tayinlangan. Ammo, bu xukmdorlar, agarda, mobodo etarli darajada iqtisodiy va harbiy kuchga ega bo‘lishgan yoki imperator saroyida boshqa yaqin aloqalarga ega bo‘lishgan taqdirda, ular o‘zlarining vaqtinchalik egallab turgan lavozimlarini umrbod va hatto merosiy lavozimlarga aylantirishgan. Tarqatib yuborilgan urug‘ – jamoa drujinalarining o‘rniga, umumiy harbiy majburiyat asosida markazlashgan armiya tashkil etildi. Mazkur armiya kuchlaridan, xukumatga qarshi chiqishlarni bostirish va davlat chegaralarini kengaytirish maqsadida istilochilik yurishlarida foydalanildi, buning uchun Xonsyu orolini shimolida va janubida hamda Kyusyu orolida yashagan kumaso va ebisu qabilalarini siqib chiqarishgan yoki yo‘q qilishgan yoxud tugatilgan.
Sobiq urug‘ – qabila boshliqlari o‘zining harbiy kuchidan (drujinasidan) mahrum bo‘lishdan tashqari, xususiy er – mulklaridan, ilgarigi lavozimlari va unvonlaridan mahrum bo‘lishdi. Ammo, urug‘ – qabila boshliqlari, saroy va mahalliy zodagonlarning shakllanayotgan feodal toifasining negizi bo‘lib, yirik davlat chek erlarini boqimanda in’om erlari va boshqa imtiyozlarni tegishli tarzda, yangi unvonlar va darajalariga mos ravishda olishgan. Jamiyatdagi asosiy toifalarni, xukmron zodagon (kuge)lar va asoratga solingan, qaramga aylantirilgan, chek er egalari bo‘lgan dehqon(ryomin, tarjimasi yaxshi niyatli xalq)lar, tashkil etgan. SHu bilan birga, harbiy asirlar va sodir etgan jinoyatlari yoki qarzlari evaziga qullikka berilgan jamoachi dehqonlarning hisobga, qul(semmin)larning3 soni ko‘paydi. Qullar mehnatidan uy xo‘jaligida, dehqonchilikda va qurilish ishlarida foydalanilgan. Biroq, Yaponiyada qullar toifasi, Qadimgi SHarq va G‘arbdagi ayrim davlatlardagi singari, jamiyat aholisini asosiy qismini tashkil etmagan.
Yaponiyada ilk feodal davrdagi monarxiyaning4 iqtisodiy negizini chek er tizimi, ya’ni xanden – syudzyu-xo tashkil etgan. Tayka islohotlaridan keyingi ikkinchi yilda, ya’ni 646 yilda qabul qilingan imperator farmonlari xususiy er egaligini tugatib, davlatni mamlakatdagi barcha erlarni yagona egasi deb e’lon qildi, imtiyozli va oddiy (jon boshiga qarab) chek erlarni taqsimlash, aholiga soliq va o‘lpon solish hamda mehnat majburiyatini joriy etish bo‘yicha monopol huquqqa davlat ega bo‘lgan. Ularni mehnatlarini samaralari, xukmron feodal tabaqa vakillari tomonidan, davlat apparati orqali o‘zlashtirilgan. Tayka isloxotlari, ayniqsa chek er tizimi, kelgusida qabul qilingan qonunlarda(masalan, Tayxoryoda) yanada rivojlantirildi.
Xullas, Yaponiyada, 646 yilda er davlat mulki deb e’lon qilindi, aholi esa davlat chek erlari egasiga aylandi5.
Tayxoryo, Tayxo kodeksi6 – 701 yilda qabul qilingan Yapon feodal kodeksi bo‘lib, Tayka islohotlari natijalarini mustahkamlagan. Kodeks jami 30 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, chek er va soliq tizimini, davlat idoralari tizimini, amaldorlarni huquq va majburiyatlarini, feodal zodagonlarini imtiyozlarini va asoratga solingan, qaram dehqonlarning o‘zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan rasmiylashtiradi va tafsilotlarni aniqlashtiradi, davlat va xususiy qullarning turli toifalarini tutgan o‘rnini qayd etadi va ahvolini belgilaydi.
Mazkur kodeks ya’ni qonunlar majmuasining 9 – chi bo‘limi, qonunlarning muhim turkumi – chek er tizimiga bag‘ishlangan. Tayxoryo kodeksiga asosan, mamlakatdagi barcha er maydonlari davlatga tegishli bo‘lib, dehqonlarga ma’lum muddatga foydalanish sharti bilan chek er sifatida berilgan. Jon boshiga qarab beriladigan chek erlari ya’ni kubunden, har bir xonadonni oila a’zolarini jon boshiga ko‘ra taqsimlangan. Jon boshiga binoan taqsimlanadigan chek erlarning hajmi toifasi, jinsiga, mazkur xududdagi erning miqdori va sifati, unumdorligiga bog‘liq bo‘lgan. Erkin erkak kishi bilan davlatning quli 2 tan (1 tan = 0,12 ga) dan, ozod ayol esa bu belgilangan er miqdorining uchdan ikki qismini, xususiy qul esa uchdan bir qismini olishgan. CHek erdan foydalanganlik evaziga g‘alla solig‘i to‘langan. Har bir xonadon o‘z er maydonining hajmiga mos ravishda doimiy foydalanish uchun tomorqa va bog‘dorchilik va polizchilik qilish uchun alohida er uchastkalari olishgan, bunday uchastkalarni, haydaladigan chek er uchastkalaridan farqli tarzda garovga qo‘yish yoki ijaraga berish mumkin bo‘lgan. Imtiyozli chek erlar xukmron toifalarning a’zolariga taqdim etilgan: egallab turgan lavozimi uchun beriladigan chek er syokubunden deb nomlanib, xizmatni o‘tash muddati davomida foydalanish uchun 6 tandan 40 tyo (1 tyo = 1,2 ga) gacha berilgan; unvoni, darajasi bo‘yicha beriladigan chek er iden deb nomlanib, - umrbod muddatga foydalanish uchun 8 dan to 80 tyo miqdorgacha taqsimlangan. Davlat oldida ko‘rsatgan xizmatlari uchun va imperatorning farmoniga asosan in’om etilgan chek erlar koden deb nomlanib, asosan 1 – 3 avlodlarga berilgan7. Bundan tashqari, xukmron tabaqa a’zolari besh toifadagi «boqimanda ish haqi»larni olishgan, masalan ularga dehqonlarni yoki ayrim xovlilarni qaram qilib biriktirib qo‘yilishi ko‘rinishida yoki «mavsumiy xizmat haqi»ni ya’ni bir yilda ikki marta xizmat haqini mahsulot sifatida to‘lanishi tarzida olishgan.
Yaponiyada VII asr o‘rtalaridan X asrga qadar Xanden deb nomlangan chek er tizimi mavjud bo‘lib, bu tizim Tayka islohotlari vaqtida, 646 yilda joriy etilib, so‘ngra esa 701 yilda qabul qilingan Tayxoryo kodeksi (qonunlar to‘plami) da huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan. Er davlatning mulki hisoblanib, davlat tomonidan fuqarolarning ijtimoiy ahvoli va jinsiga mos ravishda va erning sifatiga bog‘liq holda chek er sifatida taqsimlangan. Dehqonlarga jon boshiga qarab beriladigan chek erlar ikki tan (1 tan == 0,12 ga, ya’ni gektar) ni tashkil etgan. Dehqonlar chek erlarga biriktirib qo‘yilganlar va bu erlarni sotishga, garovga qo‘yishga yoki ijaraga berishga huquqlari yo‘q edi. Dehqonlar davlatga er solig‘i to‘lashgan, hunarmandchilik buyumlari tarzida jon boshiga o‘lpon topshirishgan va og‘ir mehnat majburiyatlarini bajarishgan. Zodagonlar va amaldorlarga unvoni, lavozimi, ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun imtiyozli chek erlari berilgan. SHuningdek, ibodatxona er egaligi ham mavjud bo‘lgan. Feodallarga biriktirib qo‘yilgan dehqon xonadonlar fuko deb nomlanib, ularga soliq va o‘lponlarni bir qismini to‘lashgan va dala hamda qurilish ishlarida mehnat majburiyatlarini bajarishgan.
CHek erlarni qaytadan taqsimlanishi har 6 yoki 12 yilda amalga oshirilgan, masalan, 801 yilgi farmon 12 yilgacha uzaytirilgan bo‘lsa, 808 yildagi farmon esa 6 yillik muddatni qayta tikladi. Ammo chekka viloyatlar ya’ni provinsiyalar va poytaxt o‘rtasidagi aloqa yo‘llarini yomonligi va asosiysi, davlat chek erlarini xususiy mulklarga aylantirishga intilgan mahalliy er egalarining qarshilik ko‘rsatishlari tufayli, erlarni qaytadan taqsimlanishi uzoq muddatlarga ortga surilgan. Tayxoryo kodeksi moddalaridagi qarama – qarshiliklar yoki ziddiyatlar, xususiy er egaligi vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratdi. «Bir umrga va uch avlodga» deb nomlangan 723 – modda yangi o‘zlashtirilgan qo‘riq erni umrbod muddatga berilishi, yangi sug‘orish tizimi barpo etilgan taqdirda esa – uch avlodga qadar foydalanish muddati belgilangan. 743 – modda esa har qanday o‘zlashtirilgan qo‘riq erni xususiy mulkka aylantirgan8. Bu davrda davlat erlarni egallab olish turli yo‘llar orqali amalga oshirilgan. Yirik xususiy feodal er egaligi - syoen hali VIII asrdayoq vujudga kela boshlagan edi. 902 yilda xukumat chek er tizimini qaytadan tiklashga urinib, bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqqan. X asrning o‘rtalarida davlat chek erlarini va o‘zlashtirilgan qo‘riq erlarni katta qismi, zodagonlarni, ibodatxonalarni va keyinchalik, harbiy tabaqa – busining xususiy mulklariga aylandi. Amalda chek er tizimi o‘z faoliyatini yakunladi, aynan chek er tizimi Yaponiyada feodal munosabatlarni vujudga kelishiga imkon yaratdi.
Yaponiyada feodal jamiyati va davlatning tashkil topishi masalasida yana shuni aytish mumkinki, milodiy III – asrda Yaponiyada ibtidoiy jamoa tuzumi tushkunlikka uchray boshladi. Urug‘ - jamoalarni orasida urug‘ zodagonlari ajralib chiqdi, mulkiy va ijtimoiy tengsizlik, urug‘ boshliqlari tomonidan o‘z qarindoshlari va urushlar davomida asir olingan boshqa qabilalar odamlarini asoratga solishni turli shakllari rivojlanib bordi. Biroq, urug‘ zodagonlarining ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy mavqelarini mustahkamlanishiga imkon beradigan, asoratga solishning qulchilik shakllari keng tarqalmadi. Yaponiyaning geografik shart – sharoitlari, orollarda va tog‘lik erlarda joylashganligi holati mamlakatni rivojlanishiga to‘siq bo‘ldi. Bu joyda oddiy mehnat qurollarini qo‘llab yirik latifundiya (katta er mulk) larni tashkil etishni imkoni yo‘q edi, chunki sug‘orma sholikorlik kichik er uchastkasida dehqondan zo‘r mashaqqatli mehnatni talab etgan, shuningdek harbiy yurishlar hisobiga etarli miqdorda keyinchalik qullarga aylantiriladigan asirlarni qo‘lga kiritishni ham iloji yo‘q edi.
Feodallar guruhi toifasidan tashqarida oddiy xalq: dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar turgan. Dehqonlarni feodal ekspluatatsiyasining asosiy shakli natural obrok ko‘rinishidagi jon boshidan olinadigan soliq hisoblangan, bunda dehqon olingan hosilni 40 dan 60 foizigacha qismini guruch mahsuloti bilan to‘lagan. Biroq XIII asrda ham, XIV asrda ham Yaponiyada dehqonlarni to‘la asoratga solib, bo‘ysundirilishi yuz bermadi. XIII asrda mo‘g‘ullarni Yaponiyaga xujumini qaytargan asosiy kuch dehqonlar armiyasi bo‘lgani, yoki XV asrda mavjud feodal tartiblarga qarshi kurashda qaram aholi bilan birlashib, feodallarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targanlar dehqon – jangchilar bo‘lgani ham tasodifiy hol bo‘lmagan.
Yaponiyada XIII – XV asrlardan boshlab, savdo aylanmasini rivojlanishi, shaharlarni taraqqiyoti ta’siri ostida muhim ijtimoiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. SHaharlarda hunarmandlar va savdogarlarni dastlabki birlashmalari (dzya) shakllanib, tashkil topib, ularning bir qismi ba’zi bir mustaqillikka erishib, bevosita bozorga chiqadi. Feodallarning orasida ham o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Samuraylar qarzlari evaziga er – mulklaridan ajralishdi, to‘la holda o‘z xo‘jayinlarini ta’minotiga o‘tishdi. Ishlov berilib, haydaladigan erlarni katta qismi yirik er egalari(daymyolar)ni qo‘lida to‘plandi. Daymyo er mulklari ayrim viloyatlarni va xatto bir nechta viloyatlarni qamrab olgan.



Download 174 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish