Yaponiyada boshlang‘ich, o‘rta ta’lim jarayonini tashkil qilish mazmuni



Download 1,63 Mb.
bet8/10
Sana23.05.2023
Hajmi1,63 Mb.
#942765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi

Birinchi guruh, eng yuqori daromadga ega boʼlgan xaridorlar, amalda ular jami xaridorlarning 10 % ini tashkil etadi. Ular eng oliy navli tovarlarni xarid etadilar, xarid quvvati hamda oʼz guruhi izzat nafsi bunga imkon beradi. Bunday guruhlar har bir mamlakatda bor, ularning daromad miqdori shu mamlakatning umumiy boyligiga bogʼliq boʼladi.
Ikkinchi guruh - har bir mamlakatdagi oʼrtacha daromad egalaridir, ularning soni juda koʼp, garchi bu guruh ichida yana oʼziga xos tabaqalanish boʼlsada, umuman olganda shu mamlakatda bozorning umumiy standartini belgilaydigan, yalpi tovarlarning asosiy xaridorlari shular hisoblanadi.
Uchinchi guruh - bir shaxs hisobiga eng kam daromad oladigan xaridorlardan iborat. Ular aksariyat hollarda ijtimoiy taʼminotning turli koʼrinishlaridan foydalanadilar, oʼz daromadlarining 80 % iga yaqinini asosiy ehtiyojlarni qondirishga sarflaydilar.
Аmaliyotda yosh mezonidan ham keng foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda bozorning eng yuqori sektoriga aylangan yoshlar sektori xuddi shu mezonga asoslangan va bu sektor bozorda oʼz ishtiroki uchun kurash olib borayotgan juda koʼp korxonalar diqqat-eʼtiborida turadi. Jins masalasi bozorni tabiiy ravishda segmentatsiyalashning asosiy omili hisoblanadi. Аyollarning erkaklarga qaraganda boshqacha oʼz ehtiyojlari bor, ular marketing strategiyasi vositalariga ham turlicha munosabatda boʼladilar, shu sababli odatda bozorda ayollar sektori ajralib turadi, kiyim-kechak, poyafzal, kosmetika bozorlarida bu sektorning oʼrni ayniqsa katta. Bozorni tadqiq etishda koʼproq makon omili eʼtiborga olinadi, demak, isteʼmolchilar xulqi, hatti-harakatlari, muayyan hududlar (katta shaharlar, sanoat markazi, shuningdek tumanlar)ga mansub boʼlishini koʼrsatadigan taʼsir oʼrganiladi. Tumanlar oʼrtasidagi ijtimoiy farqlar iqtisodiyot rivojlanishiga qarab yoʼqolib borishi, saqlanib qolishi yoki hatto kuchayib ketishi ham mumkin. Bu farqlar tabiiy va jamgʼarilgan resurslar, shuningdek ishchi kuchi resurslari bilan bogʼlangan, urbanizatsiya jarayonlariga taʼsir koʼrsatadigan tegishli asosiy fondlar bilan belgilanadi. Farqlarni keltirib chiqaradigan yana bir omil - bu fan va sanʼat markazlarining mavjudligi va ularning kengayib borishi hisoblanadi, ularning ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga taʼsiri hamma joyda yuqori kadrlanadi. Marketing faoliyatida bu jihatlardan tashqari yana oila hayotiylik davri deb atalmish hodisaga asoslanadigan segmentlash ham mavjud, yaʼni davr bosqichlariga qarab oilada oʼziga xos ehtiyojlar va daromad hajmi vujudga keladi Shuni taʼkidlab oʼtish lozimki, bozorni segmentlarga ajratish va kishilarni guruhlar boʼyicha oʼrganish oʼz-oʼzidan xech narsa bermaydi, chunki har bir kishi bir guruh emas, balki koʼproq guruh aʼzosi hisoblanadi. J. Karver bu muammoni shunday bayon etadi: «Oʼrta isteʼmolchi» tushunchasi xato, chunki faqat takror-takror tasnif natijasigina guruhiy oʼxshashliklarni aniqlash mumkin, daromadlar darajasi, irq, millat, eʼtiqod va shu kabi har qanday mezonlar bilan qoʼshilgandagina ahamiyat kasb etadi. Masalan, millat mezonini uning atrofidagi masalalar kompleksidan ajratib olinadigan boʼlsa, isteʼmolchi odatlarini tahlil qilishda uning salmogʼi yoʼqolib boradi. Uning oʼzi yonma-yon turadigan daromadlar, narxlar va boshqalar darajasi mezonlari bilan birgalikda olinganda bu mezon muhit taʼsiriga ega boʼladi. Bozorni segmentlarga ajratish xaridorlarning talab va ehtiyojlarini aniqlash masalasini hal etishning ideal vositasi boʼla olmaydi, ammo shunga qaramay bu usul ishbilarmonlarni bu boradagi ishlarga qiziqtirish uchun qimmatli maʼlumotlar beradi.Isteʼmol bozori va texnik-ishlab chiqarish maqsadidagi mahsulot bozorlarini segmentlash, xaridorning sifat marka, narx, reklama, tovar harakati shartlari saqlash haqidagi fikrlari asosida amalga oshirilishi mumkin. Bozorning tovar boʼyicha segmentlanishi raqobatchilar uchun sirli boʼlgan tovar oʼlchamlarini, bu sohadagi raqobatchilar faoliyati va yutuqlarini sonini aniqlash imkoniyatini kompaniya va firmalarga beradi. Bozor tovarlar boʼyicha segmentlanganda, shu tovar foydalanuvchilarning guruhi, ularning yoʼnalishlari, foydalanish maqsadlari, nisbatan ahamiyatli parametrlarini aniqlash imkonini beradi.
Bozorda isteʼmolchi oʼzini qanday tutishi, avvalo, uning tovar, narx haqidagi tasavvuri, moliyaviy imkoniyatlari, didi, bilim darajasiga bogʼliq boʼladi. Narx toʼgʼrisidagi qaror qabul qilishda sotuvchining xulq-atvori oʼz faoliyatidan kutiladigan samara; vositalar aylanmasi, foydali savdo chegirishlari va assortiment samarasiga bogʼliq boʼladi. Raqobatchilar xulq-atvori ishlab chiqarilayotgan tovarlarga narxlarda, yangi tovarlar chiqarish va ularni sifatini yaxshilashda ifodalanadi. Marketingda xaridorlarni segmentatsiyasida ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol bozorida ikki xil yondashuv bor. Chunki bu ikki xil bozordagi xaridorlarning xulq-atvorlari ham har xildir.
Ishlab chiqarish vositalari xaridorlar maʼlum bir tovarni korxona faoliyatini va bozorni chuqur tahlil qilib, savdodan keladigan nafni aniq bilganlaridan keyingina sotib oladilar. Isteʼmol buyumlari xaridorlari segmentatsiya belgilari juda xilma-xildir, bu belgilarni tanlash jarayoni juda murakkabdir.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish