Fashistik tendensiyalarning o‘sishi. 1932 yil 15 may fitnasi.
Qishloqdagi ocharchiliklar ommaviy chiqishlarni keltirib chiqardi. Hukumat tomonidan arzon guruch sotilishi uchun YAKP boshchiligidagi kurash, pomeshchiklar qo‘lidagi guruchni zo‘ravonlik bilan tortib olish uchun kurashga aylandi. “Guruch bering” shiori ostidagi harakatga yanada keng ishchi qatlamlari, ishsizlar shahar va qishloq kambag‘allari tortildilar.
Hukmron doiralar mexnatkashlar ommasi chiqishlarini bostirishga intilib, yildan yilga politsiya qatag‘onlarini kuchaytirdi. Aniq kamaytirib berilgam rasmiy ma’lumotlarga kura 1929 yildan 1937 yilgacha siyosiy motivlar bo‘yicha 60 mingdan ortiq kishi qamoqqa olindi. Sudsiz, tergovsiz politsiya tomonidan demokratik harakat liderlari va YAKPni ko‘zga ko‘ringan liderlari o‘ldirildi.
Sinfiy kurashni keskinlashishi munosabati bilan xukmron doiralarda ham ziddiyatlar kuchayib bordi.
1932 yil 15 mayda armiya va flot ofitserlari fashist fitnasini tashkil etdilar: bosh vazir og‘ir yaralandi, bir qator banklarga, ichki ishlar vazirligiga hujum uyushtiriddi. Fitna bostirildi, ammo fashist elementlarining qatiy talabi bilan partiya ustidan turuvchi kabinet tuzildi, ya’ni shu vaqtdan boshlab 1945 yilgacha, Yaponiya taslim bo‘lguniga qadar parlamentda ko‘pchilikka ega bo‘lgan partiya tomonidan tuzilgan kabinetlar endi bo‘lmadi.Bu mamlakat siyosiy tuzumni fashistlashtirish yo‘lidagi yangi kadam edi.
Sayto (1932 yil may - 1934 yil iyul) va Okada (1934 yil iyul - 1936 yil fevral) hukumatlari admirallar tomonidan boshqarilgan, ular u yoki bu parlament partiyasiga mansub emas edilar. Garchi hukumatlarga seyyukay va minseyto vakillari kirgan bo‘lsalarda, lekin ular xal qiluvchi ta’sirga ega emasdilar.
Yaponlar 1933 yili Xitoyni shimoliy rayonlarini, Xabey va Chaxarni bosib ola boshladilar. 1935 yili mamlakat shimolidagi besh viloyatning “avtonomiyasi” haqidagi ig‘vogarlik kampaniyasini boshladilar. Bu kampaniya paytida yapon agressorlari XKP boshchilik qilgan xalq ommasining qattiq qarshiligiga duchor bo‘ldilar. 1937 yili agressorlar Xitoyni tamoman bosib olish maqsadida keng xujum harakatlepini boshlab yubordilar. Yapon agressorlariga qarshi kurashga butun xitoy xalqi qo‘zg‘aldi. Urush cho‘zilib ketib, Yaponiya erksevar xitoy xalqini asoratga sola olmasligi ayon bo‘lib qoldi.
Yaponlar Manjuriyani bosib olganlaridan keyin sobiq SSSR va MXRga xujum qilish uchun aerodromlar qurdilar, chegara mojarolari uyushtirib turdilar.
Yaponiyani hukmron doiralari bu yillarda Germaniya va Italiya fashizmi bilan yaqinlashdilar. 1936 yili Yaponiya bilan Germaniya o‘rtasida antikomintern pakti imzolandi. Yaponiya 1938-1939 yillarda Xasan ko‘li va Xelxnn gol rayonlarida sobiq SSSR va MXR xudduddiga bostirib kirdilar Sobik sovet armiyasi MXR harbiy qismlari bilan birga yapon agressorlariga qattiq zarba berdilar. Xasan ko‘li va Xalxin goldagi mag‘lubiyat Yaponiyani 1941 yili aprelda SSSR bilan betaraflik haqidagi axdnomani imzolashga majbur etdi.
Bu davrda Yaponiyaning Tinch okeani xavzasidagi manfaatlari AQSH monopoliyalarining Tinch okeanp xavzasidagi manfaatlariga zid kelib qolgan edi. AQSH imperialistlari qariyb chorak asr
davomida yapon agressiyasini sobiq SSSRga qaratishdan iborat
yo‘lini o‘tkazib keldi. Yapon bosqinchilarini rag‘batlantirgan bu
siyosat oqibatda AQSHning ham Yaponiya bilan to‘qnashishiga olib
keldi.
Yaponiyaning to‘xtovsiz urushlar olib borishi harbiy xarajatlarni juda ko‘paytirib yubordi. Bu xol soliqlarni oshishiga, pulning qadrsizlanishiga, mexnatkashlarning ommasining ahvolini kesin yomonlashishiga olib keldi, mamlakatda agrar krizis davom etdi, ko‘plab rayonlar ochlik girdobida qoldi. Fashizm va urushga qarshi yagona frontni tashkil etish harakatiga YAKP boshchilik qildi. hukumat “kommunistik xavf”ga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida 1926 yilgi “xatarli fikrlar” qonuniga o‘zgarishlar kiritib 1935 yili parlament muhokamasiga kiritdi...
1936 yilgi fevral saylovlari xalq ommasi orasida fashizm va urushga qarshi kayfiyat kuchayganligini ko‘rsatdi. Bu hol moliya oligarxiyasi va harbiy fashist doiralar namoyondalarini taxlikaga soldi va ular yangi avantyuralar tayyorlashga kirishdilar.
Bu doiralar hokimiyat tepasida parlamentdagi siyosiy partiyalar bilan aloqasi bo‘lmagan Xirota hukumati turishini ma’qul ko‘rdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |