Kapitalizmni barqarorlashuvi yillarida Yaponiya.
1924 yilda Yaponiya butun kapitalistik dunyo bilan birga kapitalizmni vaqtinchalik barqarorlashuvi bosqichiga kirdi. Mehnatkashlar huquqlariga hujum, ekspluataiiyani kuchaytirish, yapon kapitalizmini moliya bazasi kuchsizligi tufayli monopoli-yalar uchun qiyinchiliklardan chiqish usullaridan biri edi.
Yapon monopolistik sarmoyasi o‘z hukmronligini iqtisodiyotning eng muhim sohalarida o‘rnatishga intildi. Og‘ir sanoatda Mutsubisi, Sumitomo konsernlari o‘z qudratlarini oshirib bordilar. Bank, kredit sohasida va tashqi savdoda xal qiluvchi mavqeini Mitsui va Yasuda konsernlari egalladilar. Yapon monopoliyalari shavqatsiz ekspluatatsiya mehnatni intensifikatsiyalash evaziga yuqori foyda oldilar. Mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilishni kuchayishi sinfiy kurashni yangidan keskinlashishiga olib keldi.
1924 yiddagi 88 ta ish tashlashlar 10 kundan oshiq davom ztib, ularda 20 mingdan oshiq kishi ishtirok etdi, 1926 yildagi birgina Tokio tramvaychilarining ish tashlashlarida 10 ming kishi qatnashdi. Qishloqda ham sinfiy kurash kuchayib bordi. Birinchi jahon urushi vaqtidan beri davom etib kelayotgan qishloq xo‘jaligidagi krizis, monopolistik kapigal va yarim feodal pomeshchiklar hukmronligi dehqonlar ahvolini yanada yomonlashishiga, dehqonlar ittifoqlarini faollashishiga, to‘qnashuvlar sonini o‘sishiga olib keldi.
Ishchi tashkilotlarining faollashuvi va dehqon ittifoqlari umumyapon birlashmasining tuzilishi legal partiyaning tuzilishi uchun baza tayyorlab berdi. 1925 yil 1 dekabrda Tokioda “Dehqon - ishchi” partiyasi (Nomin Rodoto) tuzildi. Lekin bu partiya tez orada ta’qiqlandi, 1926 yil martida “Ishchi-dehqon” partiyasi Ronoto nomi ostida paydo bo‘ldi. Markaziy Komitet raisi Oyama Ikuo. Ronotoning asosiy tayanchi so‘l kasaba uyushmalari birlashmasi Xyogikay va dehqon ittifoqlari birlashmasi bo‘ldi. 1926 yil ohirida Yaponiyada mehnatkashlarning uchta legal partiyasi Ronotadan tashqari Abe Isoo boshligidagi sotsial-demokratik partiya Aso Xissasi boshchiligidagi ishchi-dehqon partiyasi bor edi.
Yaponiya bu davrda vaqtincha va qisman barqarorlashuvni saqlash va uzaytirish maqsadida o‘zining sheriklari va raqiblari AQSH va Angliya bilan birgalikda Xitoyga nisbatan imperialistik tazyiqni kuchaytiradi. Lekin xitoy inqilobini rivojlanishini to‘xtatib bo‘lmadi, Xitoy xalqining va sharqning boshqa xalqlarini kurashi kapitalistik barqarorlikni izdan chiqargan omillardan biri bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |