Yaponiyada 1929-1933 yillardagi iqtisodiy krizis.
Jahon iqtisodiy krizisi (1929-1933 y.) Yaponiya iqtisodiyotiga ayniqsa katta zarba berdi. Bu Yaponiyani boshqa imperiglistik davlatlarga nisbatan umumiy iqtisodiy zaifligi, 1923 yil zilzilani og‘ir oqibatlari, 1926-1927 yilgi moliya krizisi, shuningdek sanoat krizisi bilan agrar krizis qo‘shilib ketishi bilan yanada chuqurlashdi. Boshqa kapitalistik mamlakatlarga nisbatan Yaponiyada katta rol o‘ynovchi qishloq xo‘jaligi iqtisodiy krizisni o‘z boshidan kechirdi. Ayniqsa ipakchilikni axvoli sg‘ir edi, u bilan dehqon xo‘jaliklarini qariyib yarmi shug‘ullanar edi. 1930 yilgacha chetga (ko‘proq AQSHga) olib chiqiladigan ipak xom ashyosi yapon eksportini 30 % tashkil etardi. Krizis natijasida AQSHga yapon ipagini olib ketish keskin kamaydi, buning oqibatida esa uning bahosi xalokatli darajada tushib ketishi sodir bo‘ldi. Ipakchilik bilan shug‘ullanuvchi dehkon xo‘jaliklari keskin kamayib ketdi.
Ipak, guruch va boshqa mahsulotlarning narxini tushib ketishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 40% kamayishiga olib keldi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ham ayniqsa ko‘mir, metallurgiya, ip gazlama sanoati va kemasozlikda sezilarli kamaydi. Eksportni qisqarishi nafaqat ishlab chiqarishni pasayishigagina emas, balki ulkan miqdorda tovar zaxiralarini to‘planib qolishiga olib keldi. Ommaviy ishdan bo‘shatishlar va ish haqini pasaytirishlar boshlandi, mehnatni ratsionalizatsiyalashtirish kuchaydi. Ishsizlar soni ortib borib 3 mln. kishiga yetdi. Ishlab chiqarish konsentratsiyasi va kapitalni markazlashuvi jarayonini faollashuvi mayda va o‘rta burjuaziyani ommaviy xonavayron bo‘lishiga olib keldi.
Mustamlakalarni ekspluatatsiya qilish kuchaytirildi, bu esa 1930 yilda Tayvanda yirik qo‘zg‘olonni keltirib chiqardi ve Koreyada milliy ozodlik harakatini avj oldirdi.
Yaponiyada iqtisodiy krizis va sinfiy kurashning keskin-lashuvi hukmron doiralar siyosati va taktikasida jiddiy o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Bu siyosatning asosiy tendensiyasi tuzumning fashistlashuvi va urushni avj oldirishdan iborat bo‘ldi. Bu yillarda fashistik targ‘ibot-tashviqot kuchaytirildi, hokimiyatni egallab olishga intiluvchi ko‘plab fashist tashkilotlari tuzildi.
Agressiya va fashizmni bosh yo‘naltiruvchi kuchi tajovuzkor harbiylardan o‘zining jinoyatkorona maqsadlarini amalda oshirishda vosita sifatida foydalanuvchi moliya oligarxiyasi edi. Harbiylar o‘z ta’sirini mustaxkamlash uchun moliya oligarxiyasining asosiy guruhlari (Mitsui, Mitsubisi, Yasuda, Sumitomo) bilan raqobat qiluvchi yangi konsernlarga tayanardi. Yangi konsernlar o‘z sarmoyalarini asosan harbiy sohalarga (rangli metallurgiya, samolyotsozlik va bosh.) kiritgan bo‘lib va shu sababli militaristik doiralar bilan yaqin aloqada edilar. “Yangi” yoki “yosh” kon-sernlar eskilari kabi moliya kapitali turli guruxlar o‘rtasida rqobatchilik kurashi jarayonida vujudga keldilar va rivojlanib bordilar.
Asosan “yangi” konsernlar tomonilan qo‘llab-kuvvatlangan harbiylar asosiy to‘rtta konsernga qarshi demagogik “antikapitalistik kompaniya” boshlab yubordilar, bu — konsernlarning arboblariga va ularni parlament hamda hukumatdagi vakillariga qarshi terroristik aktlar sodir etdilar.
1929 yildan 1931 yilning dekabrigacha hokimiyatda turgan minseyto burjua-pomeshchik partiyasn vakillaridan tashkil topgan hukumat o‘zidan oldingi seyukay partiyasi xukumati kabi asosan reaksion siyosat olib bordi, ammo minseyto xukumati bu reaksion siyosatni parlamentda muxokamalar bosqichida qolib ketgan, chala-chulpa islohatlar haqida qonun loyihalari bilan niqoblashga urindilar.
Ayni vaqtda minseyto partiyasi hukumati, urushni boshlab yuborishga tayyorlanib qatag‘onlarni kuchaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |