1923 yildagi zilzila va uning oqibatlari.
1923 yil 1 sentyabrda Yaponiyada juda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Zilziladan eng ko‘p Tokio-Iokogama rayoni zarar ko‘rdi. Yer qimirlashi o‘n minglab kishilar hayotiga zomin bo‘ldi va ulkan - 5,5 mlrd. iyen miqdorida moddiy talofat yetkazdi.
Yer qimirlashi munosabati bilan yuzaga kelgan umumiy sarosimalik vaziyatidan foydalanib hukumat kommunistlarga nisbatan bo‘lmag‘ur aybnomani, go‘yo yer qimirlashidan keyin vujudga kelgan yong‘inlar va tastibsizliklarda ular aybdor degan tuturiqsiz fikrni ilgari surdi. Kommunistlar, sotsialistlar, demokratik kayfiyatdagi ishchilarni ommaviy qamoqqa olishlar boshlandi, koreyslarni ig‘vo bilan qirg‘inlar qilindi.
Zilziladan keyin dastlabki kunlarda Yamomoto xukumati yirik sarmoyadorlarga yordam ko‘rsatdi, ko‘rilgan zarar uchun kompensatsiya to‘ladi. Qurilish, metallurgiya, kemasozlik va sanoat, savdoni boshka sohalari uchun bu yordam tiklanish va bundan keyingi rivojlanish uchun baza bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |