Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari
|
Nutqda so’zlarni har xil mimika va imo-ishoralar bilan ifodalash, fikrni bayon eta olish.
|
Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Narsa va geometrik shakllarning farqini, raqamlarning miqdoriy tarkibini, matematik tushunchalarni, narsalarni taqqoslashni, «katta- kichik», «teng» tushunchalarini boyitish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Ijodiy qiziqishlarni oshirish, ijodga yo’naltirish.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Ertak qahramonlari uchun uycha
|
Kubik, lego, namuna.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
«Yangi yil orzusi» torti
|
Niqob, archa, oshxona
anjomlari, archa
o’yinchoqlari.
|
Nutq va til
|
O’zbek xalq ertagini
tinglash: Rostgo’ylik
|
«Tulki va turna» ertagini
qayta hikoya qilish
|
Ertaklar asosida
rasmlar.
|
Fan va tabiat
|
Qishda yovvoyi hayvonlar hayoti
|
AKT.
|
San’at markazi
|
Loy ishi:
«Mening
sevimli
ertak qahra-
monlarim»
|
Applikatsiya: «Uch
cho’chqacha» ertagidagi
rangli uycha
|
Rasm:
«Ertakdagi
uycha»
|
Kantselyariya
jihozlari.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
UChINChI XAFTA
«ERTAKLAR OLAMIGA
MEHMONGA»
Qurish-yasash nn matematika markazi
Ertak qahramonlari uchun uycha
Maqsad: bolalar uy qurish jarayonini
biladilar, turli shakllardan foydalanish
malakasiga ega bo’ladilar, uy qismlarini to’g’ri joilashtiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: namuna, kubik, lego to’plami.
Faoliyatiing borishi:
1. Namunani ko’rib chiqish.
2. Bajariladigan ishni rejalashtirish.
3. Kerakli jihozlarni tanlash.
4. Ijodiy ish.
5. Ishlar tahlili.
Qo’shimcha: uychalarni o’yinchoqlar bilan
to’ldirish va ixtiyoriy o’yinlarni taklif etish.
E’tiborga molik jihati: faollik va qizi-
quvchanlikni yanada rivojlantirish.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Yangi yil orzusi» torti
Maqsad: bolalar yangi yil bayramini nishonlash, bayram uchun bayramona dasturxon bezashni biladilar, bayramona tortni bezatadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qog’oz
qutidan yasalgan tort, archa va uning o’yinchoqlari, oshxona anjomlari, sovga uchun o’yinchoqlar.
Faoliyatiing borishi:
1. Jihozlarni ko’rib chiqish.
2. Uyinni rejalashtirish.
3. Rollarni taqsimlash.
4. O’yin faoliyati.
5. Yakunlash, rag’batlantirish.
Qo’shimcha: bezatilgan dasturxon atrofiga
do’stlarni taklif qilish.
E’tiborga molik jihati: o’yinda birgalikda ishtirok etish va jamoaning fikrini inobatga olish.
Til va nutq markazi
«Rostgo’ylik» o’zbek xalq ertagini tinglash
Maqsad: bolalar ertak mazmunini tushunadilar, ertak mazmunini so’zlab beradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: AKT, ertak
syujeti bo’yicha rasmlar.
Faoliyatiing borishi:
1. Mavzuga oid rasmlarning tahlili.
2. «So’zni qo’sh» ta’limiy o’yini.
3. Ertakni tinglash.
4. Ertak mazmunini so’zlab berish.
Qo’shimcha: ertakka oid savollar: Dehqon o’z
do’stidan nimani so’radi? Yer haydayotgan dehqon nima topib oldi? Dehqon tilla solingan xumchani kimga olib bordi? Do’sti unga nima dedi? Ular odamlarga qanday yaxshilik qilishdi?
Do'stlaringiz bilan baham: