Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Yil fasllariga xos tabiat hodisalarini bilish, kattalar bilan birgalikda o’tkaziladigan tajribalarda qatnashish, loyihalahda ishtirok etish, lego,
mozaikalarni yig’ish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Amaliy san’at turlari to’g’risida dastlabki tasavvurga ega bo’lish, detallariga e’tibor qaratgan holda asar qahramonlarini tasvirlab rasmlar chizish.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Svetofor
|
«Yo’l qoidalari mamlakatiga
sayohat» Ta’limiy o’yin
|
Namuna, yelim, cho’tka,
salfetka, oq va rangli
qog’oz, AKT, kubik va
koptoklar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Shahar bo’ylab sayohat
|
Haydovchi kepkasi,
rul, yo’l belgilari,
illyustratsiyalar.
|
Nutq va til
|
Suvning xususiyatlari bilan tanishuv: YYer yuzidagi eng
qadrli ne’mat
|
AKT, globus, kolba, 2 ta suvli ko’za, termos,
ko’zgu, muz, toshcha, qog’oz
salfetkalar.
|
Fan va tabiat
|
«Rangli svetofor»
mavzusida hikoya tuzish
|
«O’yinchoqni toping» mavzusida
tasviriy hikoya tuzish
|
Syujetli rasmlar,
AKT; yo’l belgilari,
rangli halqa, o’yinchoq
mushukcha, quyoncha,
ayiqcha, buzoqcha.
|
San’at markazi
|
Loy:
«Svetofor»
|
Applikatsiya: Shahar
ko’chalaridagi
mashinalar
|
Rasm: Svetofor
|
Akvarel bo’yoq, mo’yqalam, A-4 hajmli qog’oz, qora qalam, rangli qog’ozlar
to’plami, yelim, mo’yqalam,
salfetkalar.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
|
NOYABR. IKKINCHI HAFTA
«RANGLI SVETAFOR»
Qurish-yasash va matematika markazi
«Svetofor»
Maqsad: bolalar jadvallardan foydalanishni biladilar, predmetlarning o’zaro o’xshash va farqli jihatlarini farqlay oladilar, svetoforning nima uchun kerakligini biladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: svetofor
namunasi, o’yinchoq, yelim, mo’yqalam, salfetka, oq va rangli qog’ozlar.
Faoliyatning borishi:
1. Svetofor to’g’risida she’rlar o’qish.
Svetofor to’g’risida suhbat.
2. Topishmoqlar topish.
3. Jadvallarni ko’rish.
4. Svetofor yasash.
5. Bolalar ishlari ko’rgazmasi.
Qo’shimcha: videoroliklar namoyishi, badiiy
adabiyotlar o’qish.
E’tiborga molik jihati: bolalarning mustaqil fikrga egaliklariga va boshlagan ishlarini doimo oxiriga
yetkazishga o’rgatish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Ta’limiy o’yin: Yo’l qoidalari
mamlakatiga sayohat
Maqsad: bolalar piyodalar yo’lakchasi, «To’xtash taqiqlanadi!», «Ehtiyot bo’ling, bolalar!» kabi yo’l belgilarini biladilar, trotuardan yurish, o’tish joylaridan kesib o’tish kabi yo’l harakati qoidalarini biladilar, yurganda o’ng, chap, old,
orqa tomonga e’tibor beradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: yo’l belgilari maketlari, mavzuga doyr rasm, AKT, kubik va koptoklar.
Faoliyatning borishi:
1. Mavzu asosida suhbat.
2. «So’z tarkibi» ta’limiy o’yin.
3. Yo’l belgilarini ko’rish, ularning
qo’llanish o’rinlarini bilish.
4. Yo’l belgilarini yasash.
5. «Chaqqon piyoda» harakatli o’yin.
Qo’shimcha: bog’lanishli nutqni o’stirish,
e’tiborli, xushmuomala, ehtiyotkor bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: