Bilish jarayonining rivojlanishi
|
Predmetlarni uzun va qisqa, katta va kichikligiga nisbatan solishtirish malakalarini rivojlantirish. Yil fasllariga xos tabiat hodisalarini bilish, geometrik shakllarni ayta olish malakalarini rivojlantirish.
|
Ijodiy rivojlanish
|
Sahna ko’rinishlarida ishtirok etish. Musiqa asboblarini chala olish.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Pazl yig’ish: «Bu nima?»
|
Tabiiy materiallardan qo’l
ishi
|
Pazl, geometrik
shakl, modul,
tabiiy material,
o’yinchoq,
rasm, chizma va
namunalar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Kuz fasliga mehmonga
|
Kuz fasli mavzusiga
doyr adabiyot, ko’rgazma,
syujetlirolli o’yin
atributlari.
|
Nutq va til
|
Kuzning belgilari
|
Hamid Olimjonning «Kuz»
she’rini yod olish
|
Syujet rasm,
slayd, kuz haqida
videorolik.
|
Fan va tabiat
|
Amaliy tajriba: Havo
|
Qog’oz, sharik, suv,
stakan, tarozi,
pufaklar.
|
San’at markazi
|
Loy ishi:
«Qo’ziqorinlar»
|
Applikatsiya:
Maysadagi qo’ziqorin
|
Rasm: «Kuzgi
daraxat novdasi»
|
Namuna,
Kontselyariya jihozlari.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
|
OKTABR. BIRINCHI HAFTA
«OLTIN KUZ»
Qurish-yasash va matematika markazi
Pazl yig’ish: «Bu nima?»
Maqsad: bolalar chizma va o’z tasavvurlariga
tayanib quradilar, murakkab shakllarni
nomlaydilar, shakl va hajmni biladilar, tartib bilan sanaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: pazl, geometrik shakl, modul, «Oltin kuz» mavzusiga oid surat.
Faoliyatning borishi:
1. «Oltin kuz» mavzusidagi suratni tomosha
qilish.
2. «Bu nima?» ta’limiy o’yin.
3. «Top, nechta?» (tenglik - tengsizlik) ta’limiy o’yin.
4. Qurish-yasash.
5. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag’batlantirish.
Qo’shimcha: topishmoqlar aytish, kuz haqida badiiy adabiyotlar o’qish.
E’tiborga molik jihati: obrazli fikrlashni rivojlantirish, aqliy va amaliy faoliyat, o’ylashga xohish uyg’otish, o’z xohish istagi bo’yicha ijodiy va ijobiy natijalarni yaratish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Tabiiy materiallardan qul ishi
Maqsad: bolalar tasavvurlari orqali
konstruktsiyalar yasaydilar, predmetlarni bir-biriga ulaydilar, geometrik shakllarni nomlaydilar, tabiatga bo’lgan mehr hissini aks yettiradilar. Kerakli jihoz va materiallar: tabiiy material, o’yinchoq, chizma, rasmlar, detallarni yopishtirish
uchun plastilinlar.
Faoliyatning borishi:
1. Tabiiy materiallardan nimalar qilish
mumkin? Suhbat.
2. «Nimaga o’xshaydi?» ta’limiy o’yin.
3. Bolalarning amaliy ishlari.
4. Bolalar ishlarini muhokama etish va
rag’batlantirish.
Qo’shimcha: tabiatni asrash va avaylashga o’rgatish, tarbiyachi o’z kompozitsiyasini taklif etishi mumkin.
E’tiborga molik jihati: bolalarni namunalarni tahlil qilish, konstruktiv yechimni topishga o’rgatish.
Qurish-yasash va matematika markazi
«Zamburug’»
Maqsad: bolalar qog’ozdan shakl yasay oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: o’lchami 15G’75
bo’lgan qizil to’g’ri to’rtburchak, o’lchami 10G’15)
bo’lgan yashil to’rtburchak, yelim, mo’yqalam,
salfetka, «O’rmonchi chol» o’yinchog’i, qo’ziqorinlar rasmi.
Do'stlaringiz bilan baham: