E’tiborga molik jihati: tasavvurni boyitish, ziyraklikni tarbiyalash.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Idish tovoqdar do’koni»
syujetli-rolli o’yini
Maqsad: bolalar idish-tovoq sotuvchilariga
ijodiy taqlid qiladilar, ularning mehnatini
ko’rsatib beradilar, mustaqil ravishda o’yinni
tashkil qiladilar, atributlarni o’z o’rnida
qo’llaydilar, jamoa bo’lib o’ynaydilar.
Kerakli jihoz va materiallar: idish-tovoqlar rasmi tushirilgan kartochkalar, o’yin uchun peshtaxta, o’yinchoq idish tovoqlar, pullar.
Faoliyatning borishi:
1. Suhbat: «Idish-tovoqlar do’konidan
nimalar sotib olish mumkin?»
2. «Erkalab ayt» ta’limiy o’yini.
3. Rollarni taqsimlash.
4. Syujetni tashkil qilish.
Qo’shimcha: oila haqida suhbat, «Idish-tovoqlar do’koni» haqida hikoya tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |