Ijodiy rivojlanish
|
Ritmik xarakatlarni rivojlantirish, qirqish va yelimlash texnalogiyasiga
amal qilishga o’rgatish.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Do’stlarga yordam
beramiz
|
Matematika: G’aroyib sayohat
|
Lego, kubik, ta’limiy
o’yin.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Hayvonot bog’i
|
Avtobus uchun o’rindiqlar,
rul, hayvonot bog’i uchun
chiptalar, kassa, hayvonlar
o’yinchoqlari.
|
Nutq va til
|
Hayvonot olamida
|
Mavzuli rasmlar.
|
Fan va tabiat
|
Gullayotgan mevali daraxtni kuzatish.
|
Mavzu bo’yicha rasmlar;
yechiladigan ta’limiy
daraxt.
|
San’at markazi
|
Loy ishi:
«Biz
dalada
sayr
qilamiz»
|
Applikatsiya: Men
yaxshi ko’rgan -
tebranma qo’g’irchoq
|
Rasm chizish:
«Nurli quyosh»
|
Namuna, konseliyariya
jihozlari.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
|
APREL. TO’RTINCHI HAFTA
«SHAHARGA G’AMXO’R MUNOSABAT»
Qurish, yasash va matematika markazi
«Do’stlarga yordam beramiz»
Maqsad: bolalar konstruktiv malakalarni
egallagan, turli detallarning shakli, rangi,
makondagi joyi haqida tasavvurga ega bo’ladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: qurilish
materiallari to’plami, turli kattalikdagi
qo’g’irchoqlar va o’yinchoqlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Nimani kurishni istar edingiz?»
mavzusida suhbat.
2. Gimnastika mashqi: Biz sanashni bilamiz.
3. Rivojlantiruvchi o’yin: Qulfning
kalitini top.
4. Goya asosida yasash.
5. Qurilmalar va mayda o’yinchoqlar bilan
o’ynash.
Qo’shimcha: yordamga kelish ko’nikmasini, do’stona munosabatlarni tarbiyalash.
E’tiborga molik jihati: konstruktsiyani
yaratish paytida harakatlar izchilligiga erishish.
Qurish, yasash va matematika markazi
Matematika: G’aroyib sayohat
Maqsad: bolalar «bir xil», «teng», «shuncha»
so’zlaridan foydalanib bir xil miqtsordagi
predmetlarni topa oladilar, «qancha?» so’rog’ining ma’nosini tushunadilar, taqqoslash malakalari shakllanadi.
Kerakli jihoz va materiallar: magnit doska,
rangli doiralar, kapalaklar, gullar, har bir bola uchun sanoq materiallari.
Faoliyatning borishi:
1. Mashq bajarish: Kayfiyat ulashing.
2. «Quvnoq maysazor» magnit doskada
ishlash.
3. «Manzarani yarat» mashqi.
4. Berilgan vazifa asosida mustaqil ish.
5. «Bir so’z bilan nomla» ta’limiy o’yini.
Qo’shimcha: «Domino», «Loto» o’yinlari.
E’tiborga molik jihati: ko’rib
tushina olish
layoqati, mantiqiy fikrlashga erishish.
Syujetli-rolli o’yinlar va
sahnalashtirish markazi
«Hayvonot bog’i» syujetli-rolli o’yin
Maqsad: bolalar yerdagi jonzotlar uchun havo va suv muhimligini tushunadilar. O’yin syujetiga ko’ra turli rollarni ijro etadilar, o’yinda ashyolardan foydalanadilar.
Kerakli jihoz va materiallar: avtobus
o’rindiqlari, rul, hayvonot bog’i uchun chipta,
kassa, o’yinchoq-hayvonchalar.
Faoliyatning borishi:
1. Hayvonlar haqida suhbat.
2. «Hayvonlar» ta’limiy o’yini
(hayvonlarni uy va yo v voyn hayvonlarga ajratish).
3. Topishmoqlar aytish.
4. Bolalar o’rtasida rollarni taqsimlash
va ijro etish.
5. O’yin jarayonini uyushtirish.
Qo’shimcha: video roliklarni, multiplikatsion filmlarni tomosha qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: