Ijodiy rivojlanish
|
Musiqaning hissiy jihatini eshitish va tushunish, plastilindan
moychyechakni yasay olish, jamoa bo’lib kompozitsiyani yarata olish. To’g’ri chiziq bo’yicha, burchaklarni yumaloq qilib kesishni o’rgatish.
|
Rivojlanish markazlari
|
Ta’lim-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar, ilovalar
|
Erkin faoliyat
|
Qurish-yasash va matematika
|
Bahor rasmi
|
Geometrik shakllar. Konus. 5 gacha sanash.
|
Kerakli anjomlar.
|
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish
|
Sahna ko’rinishi: «O’jar echkilar» o’zbek xalq ertagidan parcha
|
Niqob, ertak
atributlari, ertakka oid
rasmlar.
|
Nutq va til
|
N. Raimovning «Yalpiz»
hikoyasini qayta hikoya
qilish
Hikoya tuzish: Bahor keldi Mavzuli rasmlar, badiiy
adabiyotlar, AKT.
Xa
Fan va
tabiat
Gullayotgan
|
Hikoya tuzish: Bahor keldi
|
Mavzuli rasmlar, badiiy
adabiyotlar, AKT.
|
Fan va tabiat
|
Gullayotgan daraxtni kuzatish
|
Kerakli anjomlar.
|
San’at markazi
|
Loy ishi: Moychyechak
|
Applikatsiya: Sehrli
bog’
|
Rasm:
«Gullayotgan
daraxt»
|
Namuna, kontselyariya
jihozlari.
|
Umumiy guruh bo’lib ishlash
|
|
|
|
|
|
|
APREL. BIRINChI HAFTA
«GULLAB YaShNAYoTGAN BAHOR»
Qurish, yasash va matematika markazi
Mozaikadan yasash: «Bahor rasmi»
Maqsad: bolalar tayyor rasm yoki tayyor namunani tomosha qiladilar va mozaikadan qurilma yasaydilar. Tasavvurlari, idroki va mayda qo’l motorikalarini rivojlantiradilar.
Kerakli jihoz va materiallar: mozaika, mavzu bo’yicha rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. «Bahor» ras mini tomosha qilish.
2. «Bu qanday bo’ladi» ta’limiy o’yini.
3. «Rasmni yig’ish» ta’limiy o’yini.
4. Mozaikadan loyihalash.
5. Bolalarning ishlarini muhokama qilish
va rag’batlantirish.
Qo’shimcha: «Gullayotgan bahor» illyustratsiyasi,
«Yil faellari», «Yaxshi va yomon» ta’limiy
o’yinlarida ishtirok etish.
E’tiborga molik jihati: konstruktiv yechim-
larni topa bilish, boshlangan ishni oxirigacha
yetkazish, bolalar ijodini rivojlantirish.
Qurish, yasash va matematika markazi
Konus. 5 gacha sanash.
Maqsad: bolalar geometrik shakllarni biladilar, geometrik shakllarni atrof-muhitdagi buyumlar shakli bilan taqqoslaydilar, 5 gacha sanaydilar, raqamlarni buyumlar bilan taqqoslay oladilar. Qog’oz varag’i bo’yicha mo’ljal oladilar
(o’ngda, chapda, yuqorida, pastda).
Kerakli jihoz va materiallar: geometrik
shaklli kartochkalar, 1 dan 5 gacha raqamli
kartochkalar, qog’oz varag’i.
Faoliyatning borishi:
1. 5 gacha sanash, raqamlarni buyumlar bilan
taqqoslash.
2. Rasmlarga qarab «Qo’lqop» ertagini
namoyish qilish.
3. Konusni boshqa geometrik shakllar
bilan taqqoslash.
4. «Gilamchani geometrik shakllar bilan
beza» ta’limiy o’yini.
5. «Qog’oz varag’ini chamala» ta’limiy
o’yini.
6. «Figurani yig’» ta’limiy o’yini.
7. Bajarilgan ishlar yuzasidan muhokama
va rag’batlantirish.
Qo’shimcha: matematik loto, hisob tayoqchalari
bilan ishlash, geometrik shaklni yasash, birdan
o’ngacha bo’lgan raqamlarni ifodalovchi rasmlar
Do'stlaringiz bilan baham: