E’tiborga molik jihatlar: bolalar ijodini o’stirish, qo’l mayda motorikasi harakatlarini rivojlantirish.
San’at markazi
Loy ishi: «Mehmonlar uchun shirinliklar»
Maqsad: bolalar nima yasashlarini o’zlari mustaqil aniqlaydilar, bajarilayotgan ishni oxiriga yetkazadilar, tanish predmetlarmish obrazini yasay oladilar.
Kerakli jihoz va materiallar: plastilin, taxtacha, steklar, suvga bo’ktirilgan gubka idish.
Faoliyatning borishi:
1. «Kuz» mavzusida takdimot namoyishi.
2. «Qani topingchi, u nima yasadi?»
imitatsion o’yin (yasash usullari bolalar bilan muhokama qilinadi).
3. Mehmonlar uchun shirinliklar yasash jarayoni.
4. Bolalar ishlarini tahlil qilish va ijodlarini rag’batlantirish.
Qo’shimcha: kuzatish, har xil shakl va hajmdagi bir nechta predmetlarni qiyoslash.
E’tiborga molik jihatlar: mustaqil ishlashni rag’batlantirish va ijod bilan shug’ullanish istagini orttirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |