«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

SASSIQPOPISHAK
Sobit G‘afurov
Dekabr  oyi.  Qahraton  qishning  hujumi  boshlangan. 
Qor  yog‘gan.  Sovuq.  Katta-kichik  ariqlardan  tortib  katta 
anhorgacha  muzlagan.
Ana  shunday  kunlarning  birida  ikkinchi  sinf  o‘qituv chisi 
Nasiba  opa  o‘z  o‘quvchilariga  oxirgi  darsda  topshiriq  berdi.
—  Bolalar,  hammangiz  kuzatuv  o‘tkazing.  Mahal-
lamiz  atrofida  qanday  qushlar  qishda  yashar  ekan? 
Shularni  aniqlab,  daftaringizga  yozib  keling.  Ko‘rib 
baho  qo‘yaman.  Qushlar  bizning  qanotli  do‘stimiz.  Qor 
yog‘ganda  ularga  ancha  qiyin  bo‘ladi.  Hammamiz  ana 
shunaqa  paytda  qushlarga  g‘amxo‘rlik  qilib,  don-dun  be-
rib  boqishimiz  kerak.  Buning  evaziga  ular  bizga  sayrab 
berishadi.  Yozda  turli  mayda  zararkunanda  qurt-qumurs-
qa,  qo‘ng‘iz,  chigirtka,  kapalak,  pashsha  singari  hasha-
rotlarni  yeb,  bizga  katta  yordam  beradi.  Qushlar  —  
bog‘-rog‘larimizning  posboni,  qo‘riqchilari.
http://eduportal.uz


70
Nasiba  opa  va’dasiga  binoan  dam  olish  kunining  er-
tasiga  bolalardan  topshiriqni  so‘radi.
«Men  aytay»,  degandek  bolalarning  ko‘pchiligi  qo‘l 
ko‘tardi.  O‘qituvchi  birinchi  bo‘lib  Muqaddasdan  so‘radi.
—  Qishda  chumchuq,  musicha,  kaptar  kabi  qushlar 
yashaydi,  —  dedi  u.
—  Yana  qanday  qushlar?  Kim  to‘ldiradi? 
Abdurahmon  o‘rnidan  turib:  «Tovuq,  xo‘roz,  bedana» 
desa  bo‘ladimi?..
Hamma  bolalar  gur  etib  kulib  yuborishdi.  Ularga 
qo‘shilib  Nasiba  opa  ham  kuldi.  Abdurahmon  o‘ylamas-
dan  gapirib  yuborganidan  izza  bo‘ldi.
—  Tovuq,  xo‘roz  —  uy  parrandasi.  Ular  doim  uyda 
—  katakda  yashashadi.  Bedana  ham  issiq  mamla-
katlarga  uchib  ketadi.  Faqat  qafasdagilari  qoladi,  — 
tushun tirdi  o‘qituvchi.
Navbat  aka-singil  Hasan-Zuhralarga  keldi. 
—  Qirg‘ovul,  kaklik  kabi  qushlar  shaharda  bo‘lmaydi. 
Ular  ko‘pincha  tog‘,  adirlarda,  katta  cho‘l  va  o‘rmonlar-
da  bo‘ladi.
Hasan  atigi  bitta  qushning  nomini  aytib,  katta  bahs-
ga  sabab  bo‘ldi.  Negaki,  sassiqpopishakning  qishda 
qishlab  qolishiga  hech  kim  ishonmadi-da.  Hatto  Nasiba 
opa  ham  inkor  etdi. 
—  Nega  ishonmaysiz?  Kecha  men  o‘z  ko‘zim  bilan 
sassiqpopishakni  ko‘rdim.  Ko‘rmasam,  aytarmidim?  — 
dedi  o‘zining  haqligini  isbotlamoqchi  bo‘lib  Hasan. 
—  Xo‘p,  mayli,  —  dedi  o‘qituvchi,  —  darsdan  so‘ng 
o‘sha  joyni  ko‘rsatasan.
Darsdan  so‘ng  Hasan  bir  guruh  bolalar  bilan  o‘qi-
tuvchisini  mahalla  choyxonasi  yoniga  boshlab  keldi  va 
sassiqpopishakning  qayerda  yashashini  ko‘rsatdi.  Lekin 
http://eduportal.uz


71
hadeganda  qush  ko‘rinmadi.  Bolalar  xiylagina  kutishdi. 
Keyin  zerika  boshlashdi. 
—  Yozda  ko‘rgandirsan,  —  dedi  o‘rtoqlaridan  biri.
—  Ketdik.  Hasan  bizni  aldayapti,  —  dedi  boshqasi. 
Hasan  oyog‘i  kuygan  tovuqday  tipirchilab:
—  Og‘aynilar,  biroz  sabr  qiling.  Hozir  u  inidan  chi-
qib  qoladi.  O‘z  ko‘zingiz  bilan  ko‘rasiz.  Axir  men 
yolg‘onchi  bo‘lib  qolmay,  —  dedi  yalinib. 
Shu  payt  zarg‘aldoq  shaftoliday  olachipor,  uzun  tum-
shuq  sassiqpopishak  allaqayerdan  uchib  kelib,  bo‘g‘ot-
ga  qo‘ndi.  Boshidagi  chiroyli  yig‘ma  yelpig‘ichsimon  tojini 
darrov  yig‘ib  olganini  hamma  ko‘rdi.  Sassiqpopishak  u 
yoq-bu  yoqqa  bir  qarab,  bo‘g‘ot  kavagiga  kirib  ketdi. 
—  Yasha  Hasan!  Sen  ko‘rib,  kuzatib  aytgan  ekan-
san.  Biz  senga  ishonmay  yanglishibmiz.  Bizni  kechir,  —  
deyishdi  o‘rtoqlari.
1. Nasiba  opa  o‘quvchilariga  qanday  topshiriq  berdi?
2. Nima  uchun  bolalar  Abdurahmonning  gapidan  kulishdi?
3. «Qahraton  qishning  hujumi»  iborasining  ma’nosini 
izohlang.
http://eduportal.uz



Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish