60
QOMUSIM
Ravshan Isoqov
Mayoq bo‘lding elimga,
Maqom berding tilimga.
Faxr to‘ldi dilimga,
Sha’nim, or-u nomusim,
G‘ururimsan — Qomusim.
Huquq, burchim aks etgan,
Har satri pishib yetgan.
Maqsad, g‘oyamiz yotgan,
Lafzim, or-u nomusim,
Muqaddasim — Qomusim.
Jamlab, tizib bir ipga,
Yo‘lim solding qolipga.
Hayot tushdi tartibga,
Ahdim, or-u nomusim,
Bebahoyim — Qomusim.
Tunda chaqnagan chaqin,
Yurakda yongan yolqin,
Qalbda jo‘sh urgan to‘lqin,
Baxtim, or-u nomusim,
Iftixorim — Qomusim.
1. «Qomus» so‘zining lug‘aviy ma’nosini izohlang.
2. Shoir Qomusni qanday so‘zlar bilan ulug‘laydi?
3. Qomusda qanday huquq va burchlaringiz belgilab
qo‘yilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |