«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

QOR ODAMNING SOVG‘ASI
Oqiljon Husanov
Hamma  bolalarning  eslarida  bor:  bundan  uch  yil 
avval  qish  juda  qattiq  keldi.  Ariqlarda  suvlar  muzladi, 
yer lar  tosh-metinga  aylandi.  Hadeb  qor  yog‘avergani-
dan  kamqatnov  yo‘llarda  yurish  qiyinlashib  qoldi. 
Bir  kuni  dadam  nonushta  paytida  akamga: 
—  O‘t kirvoy!  —  dedilar.  —  Bugun  yakshanba,  dam 
olish  ku     ni.  Maktabga  bormaysan.  Eshakni  aravaga 
qo‘shgin-da,  bironta  o‘rtog‘ingni  yoningga  olib,  chaylaga 
borib  kelgin.  Avval  aravaga  makka  poyasini  ortinglar. 
http://eduportal.uz


61
Ustiga  ketganicha  yantoq  bosinglar  —  qo‘y  bilan  sigir-
ga  yemish  bo‘ladi. 
Akam  «xo‘p»  dedilar.  Dadam  birozdan  keyin:
—  Sherik  topolmasang,  yakka  o‘zing  borma.  Ukang 
Kamolni  yoningga  olvolarsan,  —  dedilar. 
Men  sevinib  ketib,  dalaga  ketayotganimizni  aytish 
uchun  Alisherlarnikiga  chiqdim.  «Akang  «xo‘p»  desa-
lar,  men  ham  borardim»,  —  dedi  u.  Akamdan  so‘ragan 
edim,  aftimga  qarab  turdi-da:
—  Agar  injiqlik  qilmaydigan  bo‘lsa,  mayli,  men 
boshqa  hech  kimni  chaqirmay  qo‘ya  qolaman,  —  dedi.
Shunday  qilib,  Alisher  ikki miz  aravaning  oldiga  o‘tirib  ol-
dik.  Akam  eshakka  mindi.  Uchovi mizning  ham  boshimizda 
qu  loq chin,  oyog‘imizda  ichi  jun  botinka,  ustimizda  palto...
Akam  chayla  yoniga  yetganimizda  aravani  to‘xtatib, 
eshak  ustidan  pastga  irg‘idi.  Biz  ham  birin-ketin  yerga 
tushdik.
Uchovimiz  ichkariga  mo‘raladik.  Chaylaning  ichi 
o‘tin-cho‘pga,  yem-xashakka  to‘la  edi.  Akam  makkapo-
yalarni  o‘roq  bilan  qo‘zg‘ayotganida  chaylaning  ichi 
changib  ketdi.
—  Tashqariga  chiqib  turinglar,  —  dedi  akam  bizga 
qa rab.  —  Eshakdan  ham  xabardor  bo‘linglar,  aravani 
olib  ketib  qolmasin.
Chaylaning  orqasiga  o‘tdik.
—  Alisher,  qor  odam  yasaymizmi?  —  dedim  men.
—  Bo‘pti.  Yur!  Qayerda  yasaymiz?  —  dedi  Alisher.
—  Huv,  ana  u  yerda.
Ikkovimiz  aravadan  tushib,  ariqning  narigi  tomoniga 
sakrab  o‘tdik-da,  ishga  kirishdik.  Qor  odamni  beligacha 
yasadik.  Biroq  yuqorisini  ko‘tarishda  ancha  qiynaldik.
http://eduportal.uz


62
Qorimiz  ilashmay  to‘kilib  ketaverdi.
—  Ichiga  bironta  cho‘p  tiqmasak  bo‘lmaydi,  —  taklif 
qildi  Alisher.
Boya  yo‘lda  kelayotganimizda  arava  ustida  ko‘rgan 
kosovni  olib  keldim.  Kosovni  yerga  qoqish  uchun 
chaylaning  ichidan  guvala  topib  chiqdim.  Kosovning  kuy-
gan  tarafini  yuqoriga  qilib  yerga  qoqa  boshladik.  Yer 
ajriqzor  bo‘lsa  ham  qattiq  ekan.  Kosovning  uchi  yer-
ga  ozgina  kirar-kirmas  guvala  ikkiga  bo‘lindi.  «Yaxshi 
bo‘ldi»,  —  dedik-da,  guvalani  kosovning  ikki  tomoniga 
tirab  qo‘ydik.  So‘ngra  qaytadan  qor  yig‘ishga  tushdik...
Qor  odamimiz  binoyidek  chiqdi.  Og‘zini  kattaroq  qilib 
yuboribmiz.  Iljayganga  o‘xshab  qolibdi.
—  Mayli,  iljaysa  yomonmi?  —  dedi  Alisher.  — 
Ko‘rgan  odam  hazilkash  ekan,  deydi-da...
Akam  bizni  chaqirib  qoldi.  Aylanib  chayla  oldiga 
borsak,  bir  o‘zi  makkapoyani  aravaga  ortib  bo‘libdi.
—  Endi  uchovimiz  ham  piyoda  yuramiz,  —  dedi  akam. 
Biz  «xo‘p»  dedik.  Akam  eshakni  yetakladi.  Chayla-
ning  orqasidan  o‘tayotganimizda  arava  to‘xtadi.  Biz 
hayron  bo‘ldik.
http://eduportal.uz


63
—  Anovi  qor  odamni  sizlar  yasadilaringmi?  —  deb 
so‘radi  akam  biz  tomonga  qarab.  Biz  «ha»  degandek 
boshimizni  qimirlatdik.
—  Obbo  azamatlar-ey,  rosa  boplabsizlar-ku.
Biz  yo‘l-yo‘lakay  qor  odamni  qanday  yasaganimizni 
akamga  aytib  berdik.
Akam  o‘sha  yili  bahorda  armiyaga  ketdi.  Biz  ham 
ikki  yilgacha  chaylaga  ko‘chib  chiqmadik.
Akam  harbiy  xizmatdan  qaytgach,  dadam  dala dagi 
brigadaga  o‘tdilar.  Biz  yana  chaylamizga  ko‘chib  chiqdik.
Qovun-tarvuzlarimiz  yaxshi  bo‘ldi,  handalaklar  pishib, 
katta  qovunlar  to‘rlagan  paytda  dalalar  shunaqayam 
chiroyli  bo‘ladiki...  O‘sha  kunlari  akamning  tug‘ilgan 
kunlarini  o‘tkazdik. 
Bir  mahal  akam  dadamga  qarab: 
—  Bu  tol  ilgari  yo‘q  edi-ku,  qachon  ekkansiz, 
dada?  —  deb  so‘radi.
—  Men  ham  hayronman,  —  dedilar  dadam.  —  Il-
gari  yo‘q  edi. 
Akam  shu  payt  o‘rnidan  turib  tol  poyasining  yuqori 
tomoniga  tikildi.  Menga  qarab  bir  kulib  qo‘ydi-da,  da-
damga  gapirdi:
—  Buni  Kamoljon  bilan  Alisher  ekkan,  bu  tol  o‘sha 
kosovdan  unib  chiqqan,  —  dedi  akam.  —  Buni  qor 
odam ning  bizlarga  qoldirgan  sovg‘asi,  desak  ham 
bo‘ladi...
1. Hikoyaning  «Qor  odamning  sovg‘asi»  deb  nomlanishini 
izohlang.
2. «Qor  odam»  bolalarga  qanday  sovg‘a  qoldirdi?
3. Bolalar  chayla  oldidagi  tolning  kosovdan  o‘sib  chiq-
qanini  qanday  aniqlashdi?
http://eduportal.uz



Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish