«yangiyul poligraph service»



Download 5,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/72
Sana27.07.2021
Hajmi5,39 Mb.
#130137
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72
Bog'liq
oqish 4 uzb

Hammamizga chin o‘rtoq,
Lekin odammas, biroq.
Tarixlardan so‘zlaydi,
Yaxshilikni ko‘zlaydi.
Donolarning naqlidan,
Ulug‘larning aqlidan
So‘zlab onging oshirar,
Kuch-g‘ayrating toshirar.
U nima top, Mohitob?
Buning nomidir ... .
JIYRON
Sobit Gafurov
I
—  Uyga  vazifa.  Har  kim  o‘zi  yaxshi  ko‘rgan  hayvon 
rasmini  chizib  keladi.  Yanagi  rasm  darsida  ko‘rib,  baho 
qo‘yaman,  —  dedi  o‘qituvchi. 
—  Opa,  men  velosiped  rasmini  chizib  kelsam, 
maylimi,  —  deb  so‘radi  Shukur.
Orqada  o‘tirgan  Avaz  bilan  Nigora  piq-piq  kulishdi. 
—  Nega  kulasanlar,  so‘rasam  yomonmi?  —  dedi 
Shukur  hayron  bo‘lib.
—  Nima,  velosiped  hayvonmi?!
—  Senga  hayvon  rasmini  chizinglar,  deyaptilar,  — 
dedi  Nigora  va  tilini  chiqarib:  «A-a-a»,  —  deb  qo‘ydi. 
http://eduportal.uz


40
Bunga  yana  hamma  bolalar  kulishdi.  Shukur  bo‘lsa 
portfelini  olib,  o‘qituvchi  ketidan  jo‘nab  qoldi.
Dam  olish  kuni  ham  o‘tib,  yana  rasm  darsi  bo‘ldi. 
Munira  opa  bolalarning  rasm  daftarini  bir  chekkadan 
ko‘rib,  baho  qo‘ya  boshladi.  Navbat  men  o‘tirgan  partaga 
keldi.  Daftarimda  chiroyli  jiyron  toy  rasmi  chizilgan  edi. 
Munira  opa  rasm  daftarimga  qarab:  «Yaxshi»,  —  dedi. 
Keyin  qo‘lidagi  qizil  qalam  bilan  katta  qilib  «5»  yozdi-da, 
tagiga  chizib  qo‘ydi.  Men  suyunganimdan  terimga  sig‘may 
ketdim.  Sekin  orqaga  ham  qarab  qo‘ydim.  Nigora  «ne-
cha»  degan  bo‘lib  qoshini  uchirdi.  Men  boshimni  qashi-
moqchi  bo‘lib  Nigoraga  besh  panjamni  ko‘rsatdim.
—  Rostdanmi?  —  dedi  Nigora.  Men  yonimda 
o‘qituv chi  turganligi  uchun  javob  qaytara  olmadim. 
O‘sha  kuni  rasm  darsida  Nigora  «4»,  Avaz  «3» 
oldi.  Ikkita  quyon  rasmini  solib  kelgani  uchun  Shukur 
ham  «4»  baho  oldi.  Erkinvoy  bo‘lsa:  «Rasm  daftarim 
uyda  qolibdi»,  degani  uchun  «2»  oldi.  Bitta  men  «5» 
olibman.  Buni  keyin  Munira  opa  aytdi.  Mendan  rasm 
daftarni  olib,  hamma  bolalarga  ko‘rsatdi.
—  Sobir  jiyron  toy  rasmini  juda  yaxshi  chizib-
di.  Mana  qaranglar,  bo‘yoqlari  ham  o‘rnida  ishlatilgan, 
— deganlarida jim turolmay: «Men chavandoz bo‘laman», —  
deb  qo‘ydim.
—  Obbo,  maqtanchoq-ey,  echkini  ko‘rsang  qochasan-u, 
tag‘in  chavandoz  bo‘lasanmi?  —  dedi  Avaz  menga  qarab.
—  Jim,  bolalar!  —  deb  qo‘ydi  Munira  opa.  Biz  jim 
bo‘ldik.
—  Hammangiz  ham  harakat  qilsangiz,  albatta,  maq-
sadga  yetasiz.  Faqat  xohish  va  istak  kerak.  Sobir  chavan-
doz  bo‘lmoqchi  ekan,  harakat  qilsa  bo‘ladi.  Nigora  doktor 
bo‘lmoqchi.  Agar  u  chindan  istasa,  albatta, bo‘ladi,  —  dedi.
http://eduportal.uz


41
Bu  gaplar  menga  yoqib  ketdi.  O‘zim  ham  bir  qop 
semirdimov.  Yuragim  iliq  tuyg‘ularga  to‘lib  ketdi.  Dars 
tugagach,  hamma  o‘rtoqlarim  meni  «5»  bilan  tab-
riklashdi.  Ba’zilari:  «Qanday  qilib  chizding?  O‘zing 
chizding mi?  Juda  boplabsan-ky,  Sobirjon»,  —  deyishdi. 
«Jiyronning  peshonasidagi  chiroyli  qashqasini  qarang-
lar»,  «Xuddi  chopib  ketayotganga  o‘xshaydi!»,  «Oyoqlari 
taqalangan!»,  «Yaxshi!»  deyishardi  o‘rtoqlarim.
—  Sobir,  qanday  qilib  xuddi  o‘ziga  o‘xshatding,  biz-
ga  ham  aytib  ber?  —  dedi  Shukur  yalingan  bo‘lib.
—  Xohish  va  istak  kerak.  Sizlarda  xohish  yo‘q.  Bor 
bo‘lsa  ham  kam.  Bildingizmi?  Daftarni  bu  yoqqa  ol, 
surkatasan,  —  dedim.
Bolalarning  jahli  chiqib  ketdi.  Shukur  rasm  daftarimni 
Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish