31
ALISHERNING YOSHLIGI
Oybek
G‘iyosiddin Kichkina bog‘da bir bek bilan oyoq us-
tida turib suhbat qurar edi. Ali sher sevinib, otasi ol-
diga yugurdi, bo‘ynidan quchib o‘pdi-da, chetda turgan
onasi oldiga yugurdi, birga ko‘chaga chiqib ketdilar.
— O‘g‘il chakki emas, tiyrak, begona ko‘zdan as-
rasin! — dedi zimdan bolani ta’qib qilib turgan bek.
G‘iyosiddin Kichkina kamtarona ohangda:
— Ilohim, mulla bo‘lsin, zehni yaxshi, — dedi.
So‘ng o‘zi ham ichida: «Ha, Tangrim yomon ko‘zdan
asrasin», — deb qo‘ydi.
Alisher o‘zi tengi ikki qo‘shni bola bilan hovlida
soqqa o‘ynardi. Bolalarning ustida malla yoqa bo‘z
ko‘ylak, boshlarida kir oq takya, oyoqlari yalang. Ali-
sher ham xiyla uringan, eskirgan etiklarini yechib,
devor tagiga tashlagan edi. Soqqalarni uzoqqa uloq-
tirib, keyin halloslab yugurdilar. Alisher harakatchan,
yugurik, soqqa ortidan chopganida o‘rtoqlaridan qo-
lishmaydi.
O‘yindan zerikkach, soqqalarni yig‘ishtirib, devor
soyasida bir lahza cho‘qqayib o‘tirdilar. Shu tobda
daraxtlar orasidan otilib chiqqan kiyik Alisherni hid-
ladi, erkalanib surkaldi. Alisher kiyikning bo‘ynidan
quchib, boshini silab ulgurmagan ediki, jonivor bir
zumda yo‘q bo‘ldi.
— Seni tanir ekan, qurmagur, xo‘b o‘rgatibsan
o‘zingga, — dedi bolalardan biri.
— Rost, qoyilman! — deya ma’qulladi zavq bilan
ik kinchi bola.
http://eduportal.uz
32
— Tog‘am, ermak bo‘lsin, deb dashtdan olib kel-
gan edilar. U kishi usta merganlar. Hayvonlarning,
ayniqsa, kiyiklarning xulq-atvori, qiliqlari haqida maroq
bilan hikoya boshlasalar, kulli jahonni unutib yuboray
deyman.
To‘satdan yana paydo bo‘l gan kiyik halloslagancha
Ali sherning pinjiga bosh suqdi. Sevinib ketgan Ali-
sher:
— Mu-mu, birpasgina jim tur, — dedi kiyikni erkalab.
— Pok, ozoda, ajoyib, suluv jonivor, — dedi
zavq bilan tomosha qilgan bola.
— Katta bo‘lganimda ovchi bo‘lgumdir, tog‘larda
merganlik qilishning kayfi zo‘r, — dedi kiyik ketgan
tomonga tikilganicha ikkinchi bola.
— Bizning vatanimiz Hirot o‘lkasi jannatmakon
desak lof bo‘lmas, do‘stlarim, — dedi Alisher cho‘p
bilan yerga nelardir chizgan holda, boshini ko‘tarmas-
dan. — Meningcha, bo‘ri, yo‘lbars yanglig‘ vahshiy
hayvonlarni ov qilmoq ma’qul. Kiyikday beozor max-
luq, fahmimcha, dunyoda kamdur deyman.
— Qiyofasining suluvligini qaranglar! Go‘shti ham
lazzatlidir-a? — dedi qoracha bola, soqqalarini sanay
turib.
— Ov qilmoq, merganlik — ermak narsa, lekin
eng zo‘r zaruriyat maktabdir. Turmushning ko‘p sirla-
rini maktab o‘rgatadi.
Suhbatning bunday keskin o‘zgarganidan shoshib,
bir on jim qolgan bolalarning kattarog‘i:
— Kim o‘rgatdi senga bu gaplarni? — deb so‘ra-
di Alisherga tik qarab.
http://eduportal.uz
33
— Bilaman-da, otam hamisha: «Olim odam xor
bo‘lmaydi», — deydilar. Otamning oldiga olim odam-
lar ko‘p keladi, turli gap-so‘z, ajoyib g‘azallarni bir
chetda o‘ltirib tinglaymen, o‘zim ham xiylagina g‘azal-
larni yod bilurmen...
Alisher yaqinda maktabga borajagini, otasi ko‘pdan
va’da qilib yurganini aytmoqchi edi, lekin aytmadi.
1. Alisher o‘rtoqlari bilan nima haqida suhbatlashdi?
2. U o‘rtoqlarining ov qilish to‘g‘risidagi fikrlarini nima uchun
ma’qullamaydi?
3. Alisher «turmushning ko‘p sirlarini maktab o‘rgatadi»,
deganida nimalarni nazarda tutadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |