«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

107
ERKACHOLNING O‘RIGI
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imga borib, qarindosh-urug‘lar 
huzurida bir necha kun mehmonda bo‘ldim. Tengqur
-
larim, yoshlar davrasida ishtirok etib, goh qizg‘in suh
-
batlarga qo‘shildim, goh aytilayotgan fikrlarning «maza
-
sini» shimayotgandek jimgina o‘tirdim. Yoshlar orasida 
ko‘proq bo‘ldim desam ham bo‘ladi, ular ning beg‘ubor 
suhbatini yoqtiraman. Bir galgi suhbatda yigitchalardan 
biri: «Amaki, o‘rikdan yeng, og‘zingizda erib ketadi. 
«Qoraqandak» deyishadi bu navni, Erkacholning o‘rigi
-
dan», — deb qoldi. Yuragim xapriqib ketdi.
Shirin-shirin entika boshladim. Suhbatdoshlarim
-
ga qayta-qayta tikilaman, yuz-u ko‘zlarida yeyayotgan 
o‘riklaridan olayotgan huzurdan o‘zga ifodani sezmay
-
man. Erkacholning kimligini ham, u kishi menga bobo 
bo‘lishini ham bilishmaydi, deb o‘ylayman. Axir u zot
-
ning olamdan o‘tganiga necha-necha yillar bo‘ldi-ku...
Otam olamdan o‘tgach, yigirma yoshida beva qol
-
gan onam ikki-uch yildan so‘ng turmushga chiqib, me
-
ning tarbiyam bobomning ixtiyorida qolgan edi... Sutga 
to‘ymagan qo‘zi onasining orqasidan qolmaga nidek, er
-
ta-yu kech bobomning ortidan ergashib yurardim. Hatto 
tunda ham bir o‘rinda yotardik. Yotishim bilan barmoq
-
larim bilan soqollarini tarab, ertak aytib berasiz deya, 
qiyin-qistovga olardim. 
Bir kuni ertalab katta ko‘k eshagimizni yetaklab chi
-
qib:
— Qani, orqamga mingash-chi, — deb qoldilar.
— Qayoqqa boramiz? — deya so‘rayman sevinib.
http://eduportal.uz


108
— Qashqar qishloqdan o‘rik ko‘chati olib kelamiz.
— O‘rik ko‘chati o‘zimizda bor-ku?
— U boshqasi, o‘g‘lim.
— Qanaqasi?
— Bas endi, jim ket.
— Yo‘q, oldin qanaqaligini ayting, keyin jim keta
-
man. Bo‘lmasa eshakning junidan tortaman.
— Qo‘y, bolam, junidan torta ko‘rma, yana yiqitsa, 
ishimiz bitmay qoladi... Qashqarda «Qoraqandak» de
-
gan o‘rik bor, faqat o‘sha yer da o‘sadi u. Quruq, suv-
siz yerni xohlaydi, shekilli. Mevasi, hay-hay, biram shi
-
rin bo‘ladiki, tog‘alaringnikiga borganda yegansan-ku.
— Yeganim yo‘q, — deyman.
— Yegansan, cho‘ntagingni to‘ldirib solib berishar
-
di-ku!
— Bobojon, nega «Qoraqandak» deyishadi?
— Quriganda shirasi ko‘p bo‘lgani sabab rangi qo
-
rayib qoladi-da.
Shu yo‘sin Qashqarga borib bir quchoq mayda 
ko‘chat olib qaytdik.
Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib ul
-
gurmagan, tuproq ham xamirdek ko‘pchib turibdi. Te
-
pa
likning kungay tomonida chuchmomalar yerni yo rib 
chiqa boshlagan, havo ham xiyla ayoz bir palla edi. 
Bobom bir hafta davomida tepalikni gir aylantirib, ora
-
sida besh-olti gaz joy qoldirib, chuqurchalar kovladi
-
lar. Men esa goh o‘tgan yilgi xas-xashaklardan yig‘ib, 
guldiratib olov yoqib yuboraman, goh katta qumg‘onni 
toshdan yasagan o‘chog‘imizga qo‘yib, varaqla tib choy 
qaynataman, goho nima maqsaddaligiga o‘zim ham 
http://eduportal.uz


109
tushun magan holda yuqoridan pastga, pastdan yuqori
-
ga halloslab yugurib terga botaman.
— Kel endi, mana bu ko‘chatni ushlab tur, — deydi
-
lar ba’zan bobom. — Angrayma, nihol qiyshayib qolyapti.
— Bobojon, bog‘imizda o‘rik ko‘p-ku, endi qolga
-
nini ekmay qo‘ya qolaylik, qishloqqa qaytgim kelyapti, 
enamni sog‘indim.
— Yo‘q, bo‘talog‘im, hammasini ekib ketganimiz 
yaxshi. Katta bo‘lsa, mevasini odamlar yeb, sen bilan 
meni duo qilishadi.
Shu yo‘sin nihollarni ekib tugatdik. Rahmatli bo
-
bom o‘sha yili ham, keyingi paytlarda ham xurjunning 
ikki ko‘ziga ikki ko‘zani solib, tepalikka suv tashigan
-
lari-tashigan edi. Meni qanchalik suyib erkalasalar, ni
-
hollarni ham to hosilga kirguncha ana shunday erkala
-
ganlari hali-hali esimda.
1. Erkacholning o‘rigi haqida gap ketganida nima uchun 
yozuvchi: «Yuragim xapriqib ketdi. Shirin-shirin entika 
boshladim», deb yozadi?
2. Kattalardan so‘rab, o‘rik navlari va ularning foydali jihat
-
lari haqida daftaringizga yozing.
3. «Yaxshidan bog‘ qoladi» maqolining hikoyaga qan
-
day aloqasi bor? O‘z so‘zlaringiz bilan izohlang. 
http://eduportal.uz



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish