«yangiyul poligraph service»



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

XO‘P HAYDA
Xo‘p hayda-yo, xo‘p hayda,
Qalqon qulog‘im hayda,
Temir tuyog‘im hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Ostingda bosgan donni,
Tuyog‘ing qilsin mayda.
Sen po‘stidan judo qil,
Somoni senga foyda.
Chuv, hey jonivorim, hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Ishni tamom qilmasang,
Joningga tinim qayda...
Chuv, hey jonivorim, hayda,
Xirmonni qilgin mayda.
Donni yig‘ib olmasak,
Bizlarga tinim qayda.
1. «Xo‘p hayda» qo‘shig‘i qaysi paytda aytilgan?
2. Xirmon egasi otini qanday so‘zlar bilan erkalatadi? 
Uning erkalatishining sababi nimada?
http://eduportal.uz


99
ZIYRAK UCH YIGIT 
I
Qadim zamonda fahm-farosatli va zukko Ibrohim, 
Ismoil va Umar ismli uch aka-uka safarga chiqibdilar. 
Yo‘lda ketisharkan, o‘sha yo‘ldan o‘tib ketgan bir tuya-
ning izi ularning diqqatini jalb etibdi. Tuya bir necha 
belgilar qoldirib ketgan edi. Uch yigit tuya qoldirgan 
belgilarni diqqat bilan tekshirib, yo‘llarida davom etdilar. 
Biroz yurgan edilar, chopib kelayotgan o‘rta yoshli bir 
kishini ko‘rdilar. U aka-ukalar yoniga hovliqib kelib:
— Yigitlar, men tuyamni yo‘qotdim, mabodo uni 
ko‘rmadingizmi? — deb so‘radi. Ibrohim unga:
— Tuyaning bir ko‘zi ko‘r, uning ustiga birida yog‘, 
ikkinchisida asal bo‘lgan ikki idish osgansan, to‘g‘ri
-
mi? — dedi. Haligi kishi: «To‘g‘ri so‘zladingiz», — deb 
uning so‘zini tasdiqladi.
Keyin Ismoil aytdi: 
— Tuyaning bir tishi tushgan edimi?
— To‘g‘ri topdingiz, tuyamning bir tishi yo‘q edi, — deb 
javob berdi haligi kishi tuyaning belgilarini to‘g‘ri aytib ber
-
ganlaridan hayratda qolib. — Yigitlar, tuyamning hamma 
belgilarini topdingiz, ayting-chi, tuyam qayerda? — dedi.
Yigitlar uning tuyasini uchratmaganlarini aytdilar. Ha
-
ligi kishi g‘azablanib:
— Bekorchi so‘zlarni so‘zlamang, tuyamni ko‘rgan
-
siz, ko‘rmagan bo‘lsangiz uning belgilarini topib 
so‘zlamas dingiz. Sizlar uni tutib olib, bir yerga yashir
-
gansiz yoki birovga sotib yuborgansiz. Agar tuyam
-
ni topib bermasangiz, ustingizdan hokimga shikoyat 
yo‘llayman. Hokim, albatta, buning chorasini ko‘rib, siz 
— o‘g‘rilarga jazo beradi, — deb do‘q urdi.
http://eduportal.uz


100
Yigitlar tuyani ko‘rmaganlarini qayta-qayta aytsalar ham 
u aslo ko‘nmadi. Shundan keyin ular yana yo‘lga tushdilar.
Haligi kishi darhol shahar hokimining huzuriga borib, 
voqeani bayon qildi. Hokim bu uch yigitni tutib keltirish 
uchun bir necha otliq askarni yubordi. Askarlar ular
-
ning qo‘llarini bog‘lab, hokimning huzuriga keltirdilar. 
Hokim yigitlarning qo‘llarini yechib, o‘tirishga buyurdi. 
So‘ngra ularga xitob qilib:
— Yigitlar, tuya egasiga tuyaning hamma belgilari
-
ni to‘ppa-to‘g‘ri aytib bergansiz-u, keyin tuyani ko‘rga
-
nimiz yo‘q, deb tongansiz. Kishi ko‘rmagan narsasining 
belgilarini qayerdan biladi? Bunga kim ishonadi? Tuya
-
ni yashirgan bo‘l sangiz, egasiga olib kelib be ring, sotib 
yuborgan bo‘lsangiz, bahosini to‘lab, egasini rozi qiling, 
bo‘lmasa jazo beraman, — dedi.
Yigitlar haligi kishiga aytgan gaplarini takrorlab, tu
-
yani ko‘rmaganlarini aytdilar. Hokim g‘azablanib, ularni 
zindonga tashladi.
1. Aka-ukalar tuyaning qanday belgilarini aytishdi?
2. Hokim ularni nima uchun zindonga tashladi?
II
Oradan bir necha kun o‘tgach, haligi kishi boshqa 
bir qabiladan tuyasini topib oldi. Uch yigitga tuhmat 
qilganiga ko‘p o‘kindi. Darhol hokimning huzuriga kelib: 
— Bechora yigitlarga tuhmat qilibman, haqiqatan 
ular o‘g‘ri emas, pok, sof yigitlar ekan. Tuyam bosh
-
qa qabilaga ketgan ekan, o‘sha qabiladan topib oldim. 
Yi gitlarni ozod qilishingizni o‘tinaman, lekin tuyamning 
belgilarini qanday qilib topganlariga hayronman. Sizning 
huzuringizda aytib bersinlar. Bu bilan sizni ham, meni 
ham hayronlikdan qutqazadilar, — dedi.
http://eduportal.uz


101
Hokim yigitlarni darhol zindondan chiqarib, o‘z huzu
-
riga keltirdi, ko‘p iltifotlar qilib, ularning ko‘ngillarini 
ko‘tardi, so‘ngra:
— Yigitlar, sizlar tuyani ko‘rmasdan turib, uning bel
-
gilarini qanday qilib bildingiz? Shunga hayronmiz, aytib 
bering, bizni hayratdan qutqaring, — dedi.
Ibrohim o‘rnidan turib ta’zim qilib aytdi:
— Yo‘lda kelarkanmiz, bir tuyaning izlarini ko‘rdik, tuya 
bir tomondagi o‘tlarni yeb borgan-u, ikkinchi tomonda
-
gi o‘tlar joyida qolgan. Shundan men tuyaning bir ko‘zi 
ko‘r ekanini angladim. Yana yo‘lning bir tomonida yu
-
mronqoziq bir joyni yalab turgandi, ikkinchi tomonida 
pashshalar g‘uvullashardi. Shundan tuyaning ustida biriga 
yog‘, ikkinchisiga asal to‘ldirilgan ikki idish borligini bildim, 
idishlar chayqalib biroz yog‘ va biroz asal yerga to‘kilgan.
Ismoil aytdi:
— Tuya tishlari bilan o‘tni tortganda, har tishlab tor
-
tilgan o‘tlardan bittasi qolib ketavergan, bu esa tuya-
ning bir tishi yo‘qligini ko‘rsatdi.
Hokim yigitlarning fahm-farosatlari, ziyraklik, sezgirlik
-
lariga tahsin aytib, ularga ko‘p in’om-ehson qildi. Hech 
qo‘ymasdan o‘sha yigitlarni o‘z yonida olib qoldi. 
Bir kun kechasi hokim ularning uyiga keldi, yigitlar 
kabob yeb, sharob ichib, gaplashib o‘tirgandilar. Hokim 
eshik orqasida turib, yigitlarning gaplariga quloq soldi.
Ibrohim: «Bu ichib o‘tirgan sharobimiz qabristonda 
o‘sib turgan uzumdan tayyorlanganga o‘xshaydi, chunki 
sharobdan qabriston hidi kelib turibdi», — dedi.
Keyin Ismoil: «Bu yeb turgan kabobimiz it sutini 
ichgan qo‘zi go‘shtidan tayyorlanganga o‘xshaydi», — 
dedi. Umar ham so‘zga kirishib: «Hokim — hokim o‘g‘li 
emas, balki oshpaz o‘g‘li, deb o‘ylayman», — dedi.
http://eduportal.uz


102
1. Yigitlar tuyaning bir ko‘zi ko‘rligini, ustida qanday yuki 
borligini, bir tishi yo‘qligini qanday qilib bilishdi?
2. Ular sharob, kabob va hokim haqida qanday taxmin 
qildilar?
III
Hokim onasining yoniga borib:
— Rostini ayting, men kimning o‘g‘liman? Otam 
kim? — deb so‘radi.
Onasi har qancha:
— Marhum otang shahar hokimi edi, sen uning 
o‘g‘lisan, — desa ham, hokim unamasdan:
— Onajon, to‘g‘risini ayta bering, oshpazning o‘g‘li 
ekanimni fahm-farosat egasi — o‘sha uch yigit suh
-
batlashib o‘tirganlarida eshitdim. Ularning fikrlari xato 
bo‘lmaydi, men bunga ishonaman, — deb onasini qistay 
boshladi. Nihoyat onasi haqiqatni aytishga maj bur bo‘ldi:
— Sen aslida bizning o‘g‘limiz emas, oshpazimiz-
ning o‘g‘lisan. Bizning hech bir farzandimiz bo‘lmadi, 
erim — shahar hokimi ham, men ham shu to‘g‘ri
-
da qayg‘urar edik. Kunlardan bir kun oshpazimizning 
xonadonida sen dunyoga kelding, lekin bir oy o‘tar-
o‘tmas onang bechora vafot etdi. Biz seni o‘z tar
-
biyamizga ol dik. Onang vafotidan biroz vaqt o‘tgan
-
dan keyin otang ham qayg‘u-hasrat o‘tida kuyib 
vafot etdi. Sen o‘z ota-onangni bilmaysan, biz ham 
senga haqiqiy ota-onangni bildirmadik. Xalq seni sha
-
har hokimining o‘g‘li deb tu shundi. Sening ma’naviy 
otang vafot etgandan so‘ng uning vorisi sifatida sen 
shahar hokimi bo‘lding.
Hokim onasining yuz-ko‘zidan o‘pib, unga tasalli 
berdi, ko‘nglini ko‘tardi. Hokim uchala yigitning so‘zla
-
ri to‘g‘ri chiqqaniga hayratda qolib, ularning fahm-u 
http://eduportal.uz


103
faro satlariga ofarin o‘qidi. O‘sha kuni kechasi yigitlar
-
ning yoniga borib, biroz so‘zlashib o‘tirgandan so‘ng:
— O‘tgan kecha uyingiz eshigi yonida turib, kishi
-
ni hayratda qoldiradigan ba’zi so‘zlaringizni eshitdim: 
sharobning qabristonda o‘sgan tok uzumidan tayyor
-
langanini, qo‘zichoqning it suti emganini, men oshpaz 
o‘g‘li ekanimni so‘zladingiz. Qaysi dalillarga asoslanib, 
shu fikrlarga kelganingizni aytib bering, — dedi.
Ibrohim aytdi:
— Sharob kishiga xursandchilik beradi, kecha yu
-
borgan sharobingizni ichib ko‘nglimda g‘amginlik pay
-
do bo‘ldi, chunki sharobdan qabriston hidi kelardi. 
Shu asoslarga tayanib, sharobni qabristonda o‘sgan 
tok uzumidan tayyorlanganini sezdim.
Ismoil aytdi: 
— Yuborgan kabobingizni yeganimdan keyin tabia
-
tim it tabiat holiga tushdi. O‘rnimdan turib, birov bi
-
lan yoqalashish fikriga tushdim. Shundan kabobni it 
suti emgan qo‘zi go‘shtidan ekanini bildim. 
Hokim uning fikrini ham tasdiq qildi. So‘ngra: 
— Mening oshpaz o‘g‘li ekanimni siz so‘zlagan 
bo‘lsangiz kerak, deb o‘ylayman, ayting-chi, mening osh
-
http://eduportal.uz


104
paz o‘g‘li ekanimni qayerdan bildingiz? Bunga birorta 
dalil ko‘rsata olasizmi? — deb Umarga murojaat qildi.
Umar aytdi: 
— O‘zingizga ma’lum bo‘lsa kerak, har kasb ahli 
qayerda bo‘lmasin, o‘z kasbini maqtaydi, dehqon — 
dehqonchilikdan, savdogar — savdogarchilikdan so‘z 
ochadi. Mabodo ularning o‘g‘illari boshqa kasb ni egalla
-
gan bo‘lsalar, baribir ota kasbi ularning ruhiga ta’sir et
-
gan bo‘ladi. Chunki ota tarbiyasida bo‘lib, ota kasbidan 
non yeganlar. Shuning uchun ular qayerda bo‘lmasin
-
lar, beixtiyor ota kasbi haqida so‘zlaydilar. Agar hokim 
o‘g‘li bo‘lsangiz edi, ovqatdan emas, mamlakat ishlari
-
dan so‘zlar edingiz. Doimo taomdan so‘z ochganingiz
-
dan oshpaz o‘g‘li ekanligingizni sezdim.
Hokim Umarning topib aytganidan hayratda qolib, 
uning fahm-farosatiga, ziyrakligiga tahsinlar aytdi.
1. Hokim Umarning taxminini qanday aniqladi?
2. Ertak qismlariga mos sarlavhalar toping.
3. Ertak qismlarida tasvirlangan voqealar o‘rtasida qanday 
bog‘liqlik bor?

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish