«yangiyul poligraph service»


Harchand o‘qibsan — bilimdonsan



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

Harchand o‘qibsan — bilimdonsan,
Agar amal qilmading — nodonsan.
Bo‘lim yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Bo‘limdagi asarlarni o‘qib buyuk allomalarimizdan kimlar
-
ning hayoti bilan tanishdingiz?
2. Vatanimiz va xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan yana 
kimlarni bilasiz?
3. Donolik bilan nodonlik bir-biridan qanday farqlanadi?
4. «Buyuk allomalar — faxrimiz» mavzusida albom tayyorlang. 
Unga o‘qigan asarlaringizdan ibratli parchalarni yozing.
http://eduportal.uz


95
XALQ OG‘ZAKI IJODI
BOYCHECHAK
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondir.
Ayroningdan bermasang,
Qozon-tovog‘ing vayrondir.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak. 
Boychechagim boylandi,
Ko‘chama-ko‘cha aylandi.
Boychechagim ko‘k somsa,
Cho‘ntaklarga joylandi.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
1. She’rni ifodali o‘qing va yod oling.
2. Boychechakning «bahor elchisi» deb atalishining sa
-
babini izohlang.
DAVLAT
Qadim zamonda bir dehqon o‘tgan ekan. Davlat 
dehqonning hovlisida bir necha yil yashabdi. Uning 
sharofatidan dehqonning mol-u davlati juda ko‘payib 
http://eduportal.uz


96
k
etibdi. Dehqon mollarining son-sanog‘ini, yerlarining 
tanobini, oltinlarining hisobini bilmas ekan.
Bir kuni Davlat dehqonning qoshiga kelib:
— Bobo, dargohingizda ko‘p yillar yurdim, mening 
sharofatim bilan mol-u davlatingiz haddan ziyoda 
bo‘ldi. Endi menga xursandlik bilan javob bersangiz, 
boshqa birovnikiga borsam, — debdi.
Dehqonning aqli shoshib, hushi boshidan uchib
-
di-yu:
— Davlatjon, to‘g‘ri aytasan, sendan ko‘p bahra
-
mand bo‘ldim, beqiyos boylik orttirdim. Minnatdorman 
sendan. Lekin mendan nima yomonlik ko‘rdingki, ke
-
taman deyapsan? O‘tinib so‘rayman sendan, ketma
-
gin, huzurimda qolgin. Sensiz ahvolim nima bo‘ladi, 
zinhor ketma! — deb yalinibdi.
Davlat:
— Bobo, sizdan yomonlik ko‘rganim yo‘q. Sizniki
-
da ko‘p turib qoldim. Boshqalarnikiga ham boray-da. 
Ijozat bermasangiz bo‘lmaydi! — debdi.
Dovdirab qolgan dehqon:
— Davlatjon, bir kun sabr qil, men uydagilar bi
-
lan maslahatlashib olayin, — debdi.
Davlat bir kun kutadigan bo‘libdi. Dehqon xotini, 
ikkala o‘g‘li, kelinlari-yu qizini chaqirib, yig‘lab shun
-
day debdi:
— Endi holimiz xarob bo‘ladi. Boshimizga musibat 
tushdi. Mol-u dunyomizdan birpasda ayrilamiz. Davlat 
biz dan xafaga o‘xshaydi. Ketaman, deb oyoq tirayap
-
ti. Yalinib-yolvorganimgayam ko‘nmayapti. Endi nima 
qilamiz?
http://eduportal.uz


97
Hammalari dehqonga qo‘shilib yig‘lashibdi. Kichkina 
kelini yig‘lamabdi ham, xafa ham bo‘lmabdi-da:
— 
Otajon, 
yig‘lamang, 
qarigan 
chog‘ingizda 
o‘zingiz ni qiynamang. Davlat ketaman degan bo‘lsa, 
xushnudlik bilan javob bering, mayli ketsin! Buning 
uchun g‘am yemang, — debdi qaynotasiga.
Kelinning gapini eshitib, hamma hayron bo‘libdi.
— Kelinposhsha, nimaga bundoq deyapsiz? Davlat 
ketsa, nima qilamiz? — debdi dehqon.
— Ota, ilojimiz qancha? Davlat ketsa, ketaver
-
sin. Siz oyim bilan duo qilib o‘tirasiz. Biz hammamiz 
mehnat qilamiz. Ekin ekamiz, mol boqamiz, meva 
teramiz, ha yotimiz yomon bo‘lmaydi, — debdi kelin. 
Kelinning bu gaplari dehqonning ko‘ngliga taskin 
beribdi.
Ertalab turib, hovliga chiqibdi. Davlat hali ham meh
-
monxonaning eshigi yonida dehqonni kutib turgan ekan.
— Assalomu alaykum, bobo! Endi menga ruxsat 
berasizmi? — deb so‘rabdi u.
http://eduportal.uz


98
Dehqon xo‘rsinib qo‘yibdi-yu, gap boshlabdi:
— Davlatjon, hammamiz maslahatlashib, senga 
ruxsat beradigan bo‘ldik. O‘g‘illarim, qizim, xotinim, ke
-
linlarim: «Davlat ketadigan bo‘lsa, mayli, javob bering, 
o‘zimiz bir yoqadan bosh chiqarib, ahil bo‘lib mehnat 
qilamiz, mol-u davlat bo‘lsa, kelaveradi», dedilar.
Davlat birpas ma’yuslanib turibdi-da, so‘ng kulib:
— Bobo, men so‘zimni qaytib oldim, hech qayerga 
ketmayman, shu yerda qolaman. Men xursand bo‘lib, 
ahil yashaydigan xonadonni yaxshi ko‘raman. Inoqlik 
qayerda bo‘lsa, men ham o‘sha yerdaman! — debdi.
Shunday qilib, Davlat dehqonning xonadonida umr
-
bod qolgan ekan.
1. Dehqonning oilasi qanday hayot kechirar edi?
2. Nima uchun Davlat dehqonning uyidan ketishni 
xohlamadi?

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish