«yangiyul poligraph service»


BUYUK ALLOMALARGA MUNOSIB



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana20.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#829235
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Bog'liq
4-sinf o\'qish kitobi

83
BUYUK ALLOMALARGA MUNOSIB
VORISLARMIZ
NAJMIDDIN KUBRO
Yo‘q emaskan, bor ekan, och emaskan, to‘q ekan. 
Qadim zamonda, Amudaryo tomonda gul-u bo‘ston bir 
yurt bo‘lgan ekan. Tabiati g‘oyat so‘lim, eli halim ekan.
Tuprog‘i shu qadar hosildor ekanki, yolg‘ondan 
cho‘p qadasangiz, chindan daraxt bo‘lib o‘sarkan. Bu 
o‘lkaning donolari ham ko‘p ekan. Shayx Najmiddin 
Kubro donolar donosi sanalarkan. Xalq biror ishga qo‘l 
urmoqchi bo‘lsa, avvalo, u kishining maslahatini olar
-
kan. Shuning uchun bu o‘lka urush-janjalga begona 
ekan. Yurtning nomi Xorazm ekan.
Xullas, bir kuni mo‘g‘ul degan bosqinchi Xorazm
-
ga yurish boshlabdi. Yo‘lida uchragan bog‘-u rog‘larni 
vayron qilibdi. Uylarga o‘t qo‘yib, qo‘y-qo‘zilarni haydab 
ketib, shaharni o‘rab olibdi. Bosqinchilarning niyati bu 
go‘zal yurtga o‘zlari hukmron bo‘lib, uning xalqini qul 
qilib sotish ekan.
Ahli Xorazm qayg‘uga tushibdi. Botirlari jangga 
hozirlik ko‘ra boshlabdi. Shahar atrofida izg‘ib yurgan 
dushman esa qal’ani yorib kirish yo‘llarini izlarkan. 
Ayg‘oqchilardan biri mo‘g‘ullar sardoriga:
— Onhazrat, bir qoshiq qonimdan kechsangiz, fik-
rimni ayturman, — deb ta’zim qilibdi.
— So‘yla!
— Shohim, bu yurtning donolari ko‘pdir. Donolar 
donosi shayx Najmiddin Kubro erur. Bu qonli jangda 
http://eduportal.uz


84
ul hazratning ko‘ngillari ozor topsa, zinhor g‘alabayi 
munavvarga yetmasmiz. Farmon bering, shayx biz ta
-
rafga o‘tsinlar. Ondin so‘ng biz yeng shimarib jang 
boshlaylik.
Shoh ko‘p o‘ylabdi. Nihoyat, taklifni qabul aylabdi.
— Maktub tayyorlang! Chopar yuboring! Shayx haz
-
ratlari biz tomonga o‘tsinlar! 
Chopar maktubni olib, qal’a darvozalaridan ichkari kirib
-
di. Najmiddin Kubroga xatni tutqazibdi. Bir qancha muridla
-
ri bilan o‘tirgan shayx maktubni ovoz chiqarib o‘qibdilar:
«Shayx hazratlari, sizga bo‘lgan kamoli ehtiromi
-
miz haqqi, oilangiz va yana o‘n kishi birla biz tarafga 
o‘ting! Farog‘atda osuda umr ko‘rursiz!»
— Boring, yetkazing! Mening yaqinlarim o‘n kishidan 
ko‘pdur. 
Ertasi kuni chopar yana xat keltiribdi: «Hazrat, may
-
li, yuz kishi birla o‘ting!» Shayx debdilar:
— Yetkazingkim, ular yuz kishidan ham ko‘pdur. 
Uchinchi kuni chopar yana maktub keltiribdi: «May
-
li, ming kishi birla o‘ting», — deyilibdi xatda. Hazrat 
shunday debdilar:
— Mening yaqinlarim ming kishidan ham ko‘p erur. 
Butun xalq mening yaqinlarimdur. 
To‘rtinchi kunning tongi otmabdi. El-u yurtning oro
-
mi yo‘q, yotmabdi. Quyosh hali boshin ko‘tarmay tu
-
rib, dushman qal’a ichiga ot surib kiribdi. Kimning 
qo‘lida tayoq, kimning qo‘lida o‘roq, dushmanga ham
-
la qilishibdi. Shayx Najmiddin Kubro ham qonli jangga 
kiribdilar. Dastlab bayroqqa tashlanibdilar. Zero, bayroq
-
ning egilgani — raqibning yengilgani.
http://eduportal.uz


85
Ana shunda shayx Kubro dushman bayrog‘ini past-
ga tortib turganlarida, bir bosqinchi shayxning o‘ng 
qo‘liga qilich solibdi. Qora qonga bo‘yalgan shayx ot 
ustidan qulab tushibdilar. Yov bayrog‘ida qolib ketgan 
o‘ng qo‘llari esa hamon bayroqni changallab, past-
ga tortar ekan. Harchand urinmasin, yov shayxning 
qo‘llarida g‘ijimlanib turgan bayroqni sug‘urib ololmabdi. 
Dushman yengilibdi.
Shayx Najmiddin Kubro esa Vatan uchun bo‘lgan 
jangda shahid bo‘libdilar.
1. Bosqinchilar Xorazmga nima maqsadda yurish qildilar?
2. Dushman shayx Najmiddin Kubroga qanday maktub 
yo‘llaydi?
3. Shayx dushman taklifini nima uchun rad etadi?

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish