Yangiyoʻl tumani



Download 410,96 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi410,96 Kb.
#570164
Bog'liq
Yangiyol


Yangiyoʻl tumani — Toshkent viloyatidagi tuman. Viloyatning jan. gʻarbida. 1926-yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Gʻarb va shim.gʻarbda Qozogʻistonning Janubiy Qozogʻiston viloyati, shim. va shim. sharqda Toshkent viloyatining Zangiota tumani, jan.sharqsa viloyatning Quyi Chirchiq, jan. gʻarbda Chinoz tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,42 ming km². Aholisi 157,7 ming kishi (2004). Tumanda 2 shaharcha (Gulbahor va Boʻzsuv), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Abdulla Ortiqov, Navbahor, Niyozboshi, Ubay Musayev, Xalqobod, Shoʻralisoy, Eski Qovunchi, Qoʻshyogʻoch) bor. Tuman markazi — Gulbahor shaharchasi.[1]

Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislikdan iborat boʻlib, adirlar uchraydi. Yer yuzasida Chirchiqning 5 ta terrasasi (koʻhna qayir) ajralib turadi. Tuproklari boʻz, oʻtloqi tuproqlar. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 12,5° — 13°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26°, yanvarniki —1°, —2". Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 280 – 282 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Chirchiq daryosi, Kurkuldak, Joʻn, Boʻzsuv, Shim. Toshkent kanallari va ariqlar oqib oʻtadi. Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, gʻumay, yantoq, shoʻra, pechak, ajriq, kakra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, quyon, jayra, boʻrsiq, parrandalardan yovvoyi oʻrdak va boshqalar uchraydi.




Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 375, 5 kishi. Qishloq aholisi 140,8 ming kishi, shahar aholisi 16,9 ming kishi (2004). Xoʻjaligi. Tumanda Yangiyoʻl yogʻmoy kti, "Yangiyoʻl biokimyo" aksiyadorlik jamiyati, konserva, eksperimental taʼmirlashmexanika, gʻisht, asfaltbeton, "Marelli" xususiy vino zavodi, Yangiyoʻl vino zavodi, Quyi Boʻzsuv GES, MTP, "Osiyoekspress" i. ch. korxonasi, baliq urchitish xoʻjaligi, broyler parrandachilik, inkubatoriyaparrandachilik fabrikalari bor.


Yangiyoʻl tumani da paxtachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, pillachilik bilan shugʻullaniladi. Sugʻoriladigan maydonlarga paxta, gʻalla, sabzavotpoliz ekinlari ekiladi. Bogʻ va tokzorlar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Shirkat, fermer xoʻjaliklari, agrar birlashmasi, choʻchqachilik xoʻjaligi va boshqa q.x. korxonalari mavjud. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasbhunar maktabi, kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, madaniyat saroyi, klub muassasalari bor.



Stadion, sport zallari, otish tirlari, 3 tennis korti, futbol, mini futbol maydonlari va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tez tibbiy yordam markazi, poliklinika, tugʻruqxona, qishloq vrachlik punktlari, feldsherakusherlik punktlari va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Nov qishlogʻida dam olish uyi joylashgan, shuningdek, kardiologiya kasalliklari sanatoriysi bor. Tuman hududidan Katta Uzbekiston trakti, Toshkent temir yoʻli oʻtadi. Yangiyoʻl tumani da Qoʻshtepa, Qoratepa, Yoʻgʻontepa, Niyozboshtepa, Shamatepa, 1,2,3 Boʻzsuv tepalari arxeologik obʼyektlar hisoblanadi. 1930-yildan "Yangiyoʻl" tuman gaz. nashr etiladi.
Yangiyoʻl (1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) — Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 60,3 ming kishi (2005). Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. "Russi—SA" qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Mebel, poyabzal fabrikalari, un, yogʻmoy kti, biokimyo, temirbeton konstruksiyalari, paxta tozalash, gʻisht, eksperimental kolbasa, vinokonyak, konserva, kanop zavodlari, qandolatpazlikxamirturush birlashmasi, avtokorxonalar, qurilishtaʼmirlash tashkilotlari va boshqalar mavjud. 12 umumiy taʼlim, bolalar va oʻsmirlar musiqa, sport maktablari, akademik litsey, 3 kasb-hunar (texnologikiqtisodiyot, tibbiyot, maishiy xizmat) kolleji bor. 11 kutubxona, madaniyat uyi, 12 klub, madaniyat va istirohat bogʻi, Usmon Yusupov uymuzeyi, Alisher Navoiy xiyoboni, "Motamsaro ona" yodgorligi mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, bir necha poliklinika, dorixonalar, ayollar konsultatsiyasq aholiga xizmat koʻrsatadi.
1934-yilgacha Qovunchi posyolkasi nomi bilan atalgan. Chirchiq daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan.
Toshkent shahridan Yangiyoʻlgacha masofa 20 km.
Aholisi: 80 000 (2001).
Download 410,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish