Ma'lumotlar bazasini boshqarishning gibrid tizimi - Gibrid MBBT. U relyasion va ob'ektga yo’naltirilgan tizimlarning ijobiy sifatlarini o’zida mujassamlashtirgan. Relyasion MBBT ning tranzaksiyalariga ishlov berish vositalarini o’z ichiga olib, ob'ektga yo’naltirilgan MBBT ning ko’pgina ma'lumot turlarini ham quvvatlaydi. Gibrid MBBT “tuzilmalashtirilgan so’rovlar tili” SQL dan foydalanadi.
Ma'lumotlar bazasini boshqarishning ko’p o’lchamli tizimi- Ma'lumotlarning N-o’lchamli kub shaklida taqdim etilishini ta'minlaydi. Shu tufayli MDDBMS murakkab hujjatlar tizimlarini qayta ishlaydi.
Ma'lumotlar bazasini moslashtirish - Foydalanuvchining muayyan texnik vositalari yoki aniq dasturlari boshqaruvidagi ma'lumotlar bazasi faoliyatini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan o’zgartirishlar kiritish. ingl: database publishing рус: выпуск базы данных Ma'lumotlar bazasi nusxalarini muallif roziligi asosida cheklanmagan shaxslar doirasiga taqdim etish (jumladan, kompyuter xotirasiga yozish va bosma matn chop etish orqali ham). Bunday nusxalar soni ko’rsatilgan asarlar tavsifiga ko’ra mazkur doiradagi shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Ma'lumotlar banki- Ma'lumotlar majmui. Bu ma'lumotlar berilgan mavzuga tegishli bo’lib foydalanuvchilar bilan o’zaro ta'sir qila olishini ta'minlaydigan tarzda tashkil qilingan. 2 Ma'lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanishning avtomatlashtirilgan tizimi. Uning tarkibiga ma'lumotlar bazasi yoki ularning majmui, ma'lumotlar bazasi spravochnigi, MBBT, hamda so’rovlar va amaliy dasturlar kutubxonasi kiradi.
Ma'lumotlar bloki- Bir xil uzunlikdagi ramzlar ketma-ketligi. U ma'lumotlarni ifodalashda yoki o’z holicha uzatishda ishlatiladi.
Ma'lumotlar butunligining buzilishi - Axborotning, uning tuzilmasining o’zgarishiga va ma'lumotlarning bir qismi yo’qolishiga olib keladigan buzilishi.
Ma'lumotlarga ochiq tarmoqda ishlov berish- Microsystems korporasiyasi tomonidan taklif qilingan asosiy funksional profil. SUN Microsystems korporasiyasiga tegishli bo’lgan ONC 1985 yili paydo bo’lgan va turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan axborot tizimlarida tatbiq qilishga mo’ljallangan standartlar to’plamidir. Bu standartlar, operasion tizim va kompyuterlarning arxitekturasiga bog'liq emas. Interfeyslarning barcha spesifikasiyalari va tavsiflari nashr qilingan va mutaxassislarning keng doirasiga murojaat etilgan, ya'ni, ONC ochiqdir. Unda dastlabki matnlarning talaygina qismi bepul uzatiladi, qolgan qismi uchun – arzimagan pul to’lanadi. ONC asosiy profili keng tarqalib, ma'lumotlarga tarqoq ishlov berish uchun de- fakto standart bo’lib qoldi.