Ma'lumotlar bazasi (MB) ingl: database (DB) рус: база данных (БД)
1. Elektron hisoblash mashinalari yordamida qidirib topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tarzda tartibga solingan ma'lumotlar to’plami (masalan: maqolalar, hisob-kitob). 2. Aniq qoidalar asosida tashkil qilingan va amaliy dasturlarga bog'liq bo’lmagan ma'lumotlar to’plami. Bu qoidalar ma'lumotlarni ta'riflash, saqlash va joyining o’zgarishiga oid umumiy tamoyillarni nazarda tutadi. Ma'lumotlar bazasi (MB) etarlicha to’la, to’g'ri tashkil qilinishi, hozirgi kunga doimo mos kelishi va foydalanish uchun qulay bo’lishi lozim. Bu ma'lumotlar bir-biriga zid bo’lmasligi zarur. Ma'lumotlarni tahrirlash, to’latish va yo’qotib tashlash
Ma'lumotlar bazasi (MB) hamda ularni qidirib topish va saralash MBni boshqarish tizimi (MBBT) yordamida amalga oshiriladi. MBlari shaxsiy va jamoaviy foydalanishga mo’ljallangan bo’ladi. Jamoa foydalanadigan yirik MBlarni kuzatib borishni ma'lumotlar bazasining boshqaruvchisi amalga oshiradi. Bitta kompyuterda joylashgan lokal bazalar va bir-biri bilan bog'langan bir nechta kompyuterlarda taqsimlangan bazalar farqlanadi.
Ma'lumotlar bazasini tarqatish - Ixtiyoriy moddiy shaklda qayta ishlab chiqarilgan ma'lumotlar bazasidan foydalanishni, shu jumladan, tarmoq va boshqa usullar bilan, taqdim qilish. Shuningdek, sotish, kiraga berish, ijaraga topshirish, qarzga berish, shu maqsadlarda importni ham o’z ichiga oladi.
Ma'lumotlar bazasi ma'muri - Tashkilot yoki muassasa ma'lumotlar bazasining ahvoli, rivojlanishi va undan foydalanishga javobgar shaxs yoki shaxslar guruhi. Ma'lumotlar bazasi ma'muri ma'lumotlar bazasi faoliyatini ta'minlaydi, ma'lumotlarning to’liqligi, to’g'riligi, qarama-qarshi emasligi va butunligi hamda kerakli muhofaza darajasini nazorat qiladi va qo’llab- quvvatlaydi. Dasturlari ma'lumotlar bazasidan foydalanishda qo’llaniladigan foydalanuvchi va dasturlovchilar bilan o’zaro ish olib boradi.
Atribut - Xususiyat, sifat yoki miqdor belgisi. U makondagi ob'ektni ta'riflovchi (biroq uning qaerda joylashganligini ko’rsatish bilan bog'liq bo’lmagan) va uning noyob soni ya'ni aniqlovchisi bilan bog'liqlikda tasavvur qilinadi. Atribut ko’rsatkichlari majmuasi odatda ma'lumotlar bazalarini relyasion boshqarish tizimi vositalari yordamida jadvallar shaklida taqdim etiladi. Kengroq ma'noda atribut deganda ob'ektning xohlagan, makondagi yoki makonda bo’lmagan xususiyati tushuniladi; bunday holda makondagi atribut va makonda bo’lmagan atribut ajratiladi. Makondagi ob'ektlarga atribut berish yoki ob'ektlarni atribut bilan bog'lash jarayoni atributlash deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |