Anti-Spoofing rejimida elituvchi va L2 kod signalini tiklash usullari.
⮿ belgi bilan korrelyatsiya jarayoni ko‘rsatilgan [Hofmann-Wellenhof et al., 2001]
2-jadval
Usul
|
Kirish
|
Operatsiya
|
Chiqish
|
Kvadratirlash
|
L2ga Y-kod
|
|
Kod bo‘yicha
masofasiz
𝛷𝐿2(𝜆/2)
|
Kross- korrelyatsiya
|
L1ga Y-kod L2ga Y-kod
|
|
𝛷𝐿2 − 𝛷𝐿1
𝑃𝐿2,𝑌 − 𝑃𝐿1,𝑌
|
Kodlar bo‘yicha korrelyatsiya plyus kvadratirlash
|
L1ga Y-kod R-kod nusxasi
|
|
𝛷𝐿2(𝜆/2)
𝑃𝐿2,𝑃
|
Z-tracking
|
L1ga Y-kod R-kod nusxasi L2ga Y-kod R-kod nusxasi
|
|
𝛷𝐿1
𝑃𝐿1,𝑌
𝛷𝐿2
𝑃𝐿2,𝑌
|
Mikroprotsessor. Priyomniklarni katta qismini analog texnikalaridan foydalanib ko‘rish mumkin, xozirgi vaqtda priyomniklarda signallarni raqamli qayta ishlashga o‘tishi apparaturalarni o‘lchamini kichik va arzon qilish
imkoniyatini beryapti. Xaqiqatdan ham, signallarni oraliq chastotada raqamli shaklga o‘zgartirish mumkin va mikroprotsessordagi dastur yordamida kodlar va fazalarni kuzatish mumkin. Priyomnik turli operatsiyalarni bajarishi kerak: priyomnik ulanishi bilan zudlikda sputnik signalini ushlashi, kod va faza signallarini kuzatishi, navigatsion xabarni ajratib olishi, foydalanuvchini koordinatasini aniqlashi, sputnik guruhini joriy xolatni nazorat qilishi va x.k. Priyomnikning bu operatsiyalari mikroprotsessor tomonidan nazoratlanadi. Mikroprotsessorga o‘rnatilgan dastur, ishga tushirilgan priyomnik uchun instruksiya bo‘lib, xotira chiplarini ichiga o‘rnatiladi.
Mikroprotsessor psevdouzoqlik va elituvchi fazani raqamli ko‘rinishida ishlaydi. Ular priyomnikdan o‘tayotgan, raqamli oqimni biron nuqtasida analog-raqamli o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi. Hammadan ham priyomnik xarakatdaligida, mikroprotsessor boshlang‘ich ma’lumotlarda (qayta ishlanmagan ma’lumotlarda) shovqinni kamaytirish maqsadida yoki ishochlilik holatini va tezlikni hosil qilish maqsadidagi protsedurani ishga tushirishi mumkin. Uchish yo‘li nuqtalari bo‘yicha navigatsiyaga oid yoki bir geodezik sistemadagi koordinatani boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha hisoblash ishlarini protsessorda bajarish talab etilishi mumkin. U shu bilan barga foydalanuvchi tomonidan berilgan komandani kiritishni, displeyga axborotni kiritish va bog‘lanish portlari (ular mavjud bo‘lganda) orqali ma’lumotlarni yuborishni boshqaradi.
Komanda kiritish bloki va displey. Ko‘pchilik GPS/GLONASS priyomniklarida foydalanuvchi (interfeys bilan) ayrim bog‘lanishlarni amalga oshirish uchun klaviatura va displeylarga ega. Turli opsiyalarni tanlash, ma’lumotlarni kiritish, priyomniklarni nima qilayotganini kuzatish yoki hisoblangan koordinatalar, vaqtni va boshqa narsalarni kiritish uchun klaviaturadan foydalanish mumkin. Hamda yo‘l nuqtalari bo‘yicha navigatsiya uchun zarur bo‘lgan yordamchi ma’lumotlarni, geodezik o‘lchashlar uchun obi- havo, antenna balandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish mumkin. Ko‘pincha
priyomniklar yaxshi tashkillashtirilgan komanda va ekranga chiqarish menyusiga, xatto onlayn (on line) yordamida yo‘l-yo‘rig‘ ko‘rsatuvchi instruksiyalarga ega. Ayrim priyomniklarni asosiy ish rejimi yashirin ekanligini eslatib o‘tish zarur, ularga foydalanuvchi tomonidan hech qanday kiritishlarni bajarish zarur emas, sababi priyomnik ulanishi bilan o‘zi aktivlashadi. Ayrim priyomniklar xuddi datchiklardek (sensorlardek) ishlaydi, ular navigatsion tizimga integrallashishi kerak, va shu sababli bu priyomniklarni o‘z klaviaturalari va displeylari bo‘lmaydi, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish faqat portlar orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni saqlash va chiqarish. Ko‘pgina priyomniklarda vizual displeyga qo‘shimcha ravishda qo‘l bilan boshqariladigan (nazoratlovchi) bloklari bo‘lib, o‘lchangan fazalar va psevdouzoqliklarni saqlanishini ta’minlaydi. Bunday xususiyat geodezik o‘lchashlar va differensial navigatsiya uchun ishlatiladigan priyomniklar uchun zarur hisoblanadi. Geodezik priyomniklarda psevdouzoqlik va elituvchi fazalarni saqlashdan maqsad bir vaqtda ishlayotgan priyomniklardan kelayotgan ma’lumotlarga birgalikda qayta ishlovdan o‘tkazish. Odatda ma’lumotlar yarim o‘tkazgichlik xotirada saqlab qolgichlardan foydalanib priyomnik ichida saqlanadi. Ayrim priyomniklar ma’lumotlarni qattiq yoki elastik disklarda saqlashi mumkin.
Odatda priyomniklar o‘zida saqlyotgan ma’lumotlarni keyinchalik qilinadigan taxlil, shu bilan real vaqtda foydalaniladigan nisbiy yoki differensial pozitsionerlash, ma’lumotlarni kompyuterga yoki aksincha, modemga yoki radio ma’lumotga o‘tkazish uchun RS-232-C yoki boshqa turdagi kommunikatsion portlarga ega. Ayrim priyomniklar bunday portlar orqali distansion boshqarilishi mumkin.
Ta’minot bloki. Ko‘pchilik priyomniklar doimiy tokli ichki ta’minotga ega, bunday manbaalar bo‘lib, qayta zaryadlanadigan nikel-kadmiyli akkumulator yoki shunga o‘xshash tok manbalari hizmat qilishi mumkin. Priyomniklarni oxirgi avlodlari juda ham kam miqdorda tok sarflaydi, bu esa
o‘z navbatida akkumulatorlarni zaryadlash vaqt oralig‘ini oshiradi. Ko‘pchilik priyomniklarni tok konvertori orqali o‘zgaruvchi tokni doimiy tokka o‘tkazish orqali tashqi ta’minotda ishlatish mumkin.
Berilgan ma’lumotlarni yozish. GPS priyomniklari psevdouzoqliklar va uzatuvchi fazalarni qanday tempda yig‘ilishi-saqlanishini foydalanuvchi tanlaydi. Statik s’yomkalar uchun 15-30sekundli , uzliksiz ishlaydigan tarmoqlarda 2 minutgacha bo‘lgan yozish intervali qo‘lanishi mumkin. Kinematik priyomniklarda 0.5dan 5.0 sekundgacha bo‘lgan oraliqdagi yozuv intervali qo‘llaniladi. Aslida elituvchi faza bo‘yicha kinematik pozitsionerlash uchun bunga nisbatan yuqori tempda ma’lumotlarni yozish afzalroq hisoblanadi. Bu sikllar hisobi yo‘qolishini aniqlash va tuzatishga yordam beradi. Ayrim vaqtlarda priyomniklarda ma’lumotlarni saqlash ,yozish tempi va xotira hajmi zarur bo‘lgan imkoniyatlar darajasida bo‘lmasligi mumkin. Odatda to‘plangan ma’lumotlar( psevdouzoqliklar va vaqt xisobi bilan bir yoki ikki elituvchi fazalar; radio orqali uzatiladigan efemeridalar, va sputniklar soatlarining parametrlari, barcha sputniklar uchun “signal va shovqin” nisbati, shu bilan birga priyomnikka kiritilgan metrologik ma’lumotlar va boshqa axborotlar)GPS/GLONASS priyomniklarida binarli firma formatlaridagi fayllar ko‘rinishida saqlanadi. Bu fayllar keyingi ishlovlar uchun pryomnikdan kompiyutrga o‘tkaziladi.
RINEX. Firma tomonidan patentlangan ma’lumotlar formatidan foydalanishda, hammadan ham turli firmalar tomonidan tayyorlangan priyomniklardagi ma’lumotlarni birlashtirishda GPS s’yomkalariga keyingi ishlovlarini bajaruvchi geodezistlar va boshqa foydalanuvchilarda muammolar bo‘lishi mumkin. 1989 yil uzoqni ko‘ra bilgan foydalanuvchilar tomonidan priyomnikka bog‘liq bo‘lmagan GPS ma’lumotlari formati- RINEX, Receiver Independent Exchange [Gurtner, 1994]ni taklif etdilar. Bu formatda ishlash uchun ko‘pchilik priyomnik ishlab chiqaruvchilar utilitlar taklif etishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |