Antennalar.
Antenna kamshovqinli oldkuchaytirgich orqali qabul qilgan L- diapazondagi signallarni quvvatini oshiradi, bu bilan elektron qurilmalar tomonidan signalni qayta ishlash osonlashtiriladi. Oldkuchaytirgichdagi filtrlar qatori foydali signallarni o‘tqazib, tashqi-begona siganllarni kuchsizlantiradi. Ayrim hollarda oldkuchaytirgich antenna korpusiga o‘ranatiladi, uni ta’minotini ta’minlash uchun koaksial kabel ishlatiladi, u antenna bilan priyomnikni ulaydi. Bunday antennalar aktiv (faol) antennalar deyiladi.
Geodezik o‘lchashlarda ishlatiladigan GPS antennalari mustaxkam , tuzilishi jihatidan sodda bo‘lib, turg‘un elektrik fazaviy markazlari bo‘lishi, ko‘pyo‘lilikga barqaror va yarim sfera ustining barcha yo‘nalishlarida bir xil yaxshi tavsifli yo‘nalishlar diagrammasi bo‘lishi kerak.
Kuchsiz signallarni ushlab, ularni priyomnikka uzatish uchun antennananing o‘lchamlari va shakli katta ahamiyatga ega. Ma’lum bir polosadagi chastota signallarni o‘tkazib yuborib, antenna faqat bir yoki ikki chasrotada ishlashi
mumkin. GPS va GLONASS signallarini qabul qilish uchun antennalar o‘ng tomonlama doiraviy polyarizatsiya bilan bo‘lishi kerak. Turli tipdagi antennalar ishl qilgan, misol uchun, yakka maydonli va ikki maydonli konfiguratsiyadagi, kvadrifilyar (to‘rt ipli o‘ram bilan) spiralli, tirqishli va mikropoloskali.
Bikirligi, konstruktiv jihatdan soddaligi, kichik vazn va o‘lchamga egaligi, yasash osonligi va arzonligi sababli mikropoloskali antennalar keng tarqalgan. Mikropoloskali antenna dielektrik bilan ajratilgan, ikkita o‘tkazuvchi qatlamdan iborat bo‘ladi (1-rasm). Antennaning pastki o‘tkazuvchi qatlam tekisligi yerga ulanadi
a) b) c)
1-rasm. a) mikropoloskali; b) vint ko‘rinishdagi (burama)(glikal); c) o‘ng tomnlama va chap tomonlama polyarizatsiyali vint ko‘rinishdagi (burama) antennalar.
Antennalar doira yoki to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. U bir yoki bir nechta elementlardan iborat bo‘lib, asosidan dielektrik (elektr o‘tkazmaydigan) narsa bilan ajratiladi. Mikropoloskali antennalar bir yoki ikki chastotali bo‘lib, past profilli ekanligi ularni turli maqsadlarda ishlatishda nihoyatda qulay hisoblanadi. Bunday antennalarni yerga ulanadigan yuzasi yassi yoki buklangan metall plastinalar ko‘rinishda tayyorlanadi, bu antennadan pastda bo‘lgan yerdan yoki suv yuzasidan qaytgan signallarni ajratib, kesib tashlash vazifasini bajaradi. Bu ajratuvchining o‘lchamlari antenna o‘lchamida ancha katta bo‘ladi. Mikropoloskali antennalar diagramma yo‘nalishiga ega bo‘lib, o‘ng tomon qutblanishidagi barcha signallarni qabul qilish imkonini yaratadi, bu esa o‘z navbatida signallarni ko‘pyo‘lliligi bilan
kurashishda qo‘shimcha vosita bo‘ladi, SRNT (sputnik radionavigatsiya tizimi) signallarini akslanishi natijasida ularni qutblanishi o‘zgaradi.
Mikropoloskali antennalar ichida keng tarqalgan antennalardan biri choke ring – “yumshatuvchi (drossel) xalqalar” (5.3-rasm). Bunday antennalar signallarning ko‘pyo‘lliligi bilan kurashishda juda samarali.
Xalqasimon antennaning yerga ulangan yuzasi bir nechta konsentrik devorchalar yoki xalqalardan iborat bo‘lib, ular antenna markazi atrofida doiraviy asosga o‘rnatiladi, xalqalar orasida”doiraviy nov” shakli hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |