2-rasm. Shoke-ring tipidagi Dorne Margolin Model T antennasi.
Yerga ulangan antenna yuzasini ishlash prinsipi quyidagicha bo‘ladi. Antenna qabul qiladigan signalni tarkibi antennaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushayotgan va akslangan qismlardan iborat bo‘ladi. Kichik balandliklarda signalni kuchini ozgina pasayishini inobatga olmaganda novlar to‘g‘ri signallarga ta’sir etmaydi; katta balandliklar uchun yerga ulangan yuza ekranlanuvchi yassi yuzadek ishlaydi. Novlar pastdan akslangan (qaytayotgan) signallarga ko‘proq ta’sir etadi. Akslanayotgan signallarni elektromagnit maydonini yerga ulangan antenna atrofidagi birlamchi va ikiilamchi to‘lqinlar maydonining yig‘indisi sifatida qarash mumkin. Yerga ulangan antenna tekisligini vazifasi akslangan birlamchi va ikkilamchi signallarni birini ikinchisi bilan tayinli ravishda so‘ndirishdan iborat, lekin shu bilan bir vaqtda to‘g‘ri signalni ustunliligichcha qoldirish. Agar birlamchi va ikkilamchi signallarning amplitudalari bir hil bo‘lib, fazalari 180° ga farq qilsa, u holda akslanayotgan signallarni ikki tashkil etuvchilari antenna chiqishida so‘nadi, va shu bilan
signallarni ko‘pyo‘lliligi bosiladi. Shunday qilib, halqasimon antenna faqat ayrim rezonans rejimdagi chastotalarga optimal ta’sir etadi.
Bunday yerga ulangan antenna yuzasida ko‘pyo‘llikni to‘liq bosish ma’lum burchak ostidagi balandliklarda bo‘ladi, boshqa balandliklarda ko‘pyo‘llilik qisman bosiladi. Ko‘pyo‘lliklikni bosilishi zenit (tik) balandliklarda maksimum,ufiqga yaqin balandliklarda minimum bo‘ladi. Choke ring antennalari faqat bir chastota uchun loyihalashtiriladi. Agar antenna L1 diapozon uchun loyihalashtirilgan bo‘lsa, unda L2 diapozonga ta’sir etmaydi va aksincha, agar L2 diapozonga loyixalashtirilgan antenna bo‘lsa, u holda L1 diapozoniga foydasi sezilarli bo‘lmaydi. Oxirgi vaqtlarda L1 va L2 chastotalarni alohida optimallashtiradigan ikki chastotali choke ring antennalari paydo bo‘ldi.
Vintsimon spiral: vintsimon (gelikal) , bifilyar, kvadrifilyar va boshqa tipdagi turli antennalarda kesuvchilar (ajratuvchilar) ishlatilmagan.
Vintsimon antenna umumiy o‘qda ortogonal orientirlangan ikkita bifilyar spiral o‘ramdan iborat.
Yuqorida qayd etilgan antennalar kabi u barcha yo‘nalishli diagrammaga ega bo‘lib, o‘ng tomonlama aylanma polyarizatsiyalangan signallarni qabul qilishga mo‘ljallangan. Ko‘pyo‘lilik ta’siri katta bo‘lishiga qaramasdan, bu tipdagi antennalar kichik va o‘rta balandliklardagi sputniklarning signallarini kuchaytirish koeffitsienti katta.
Odatda GPS priyomniklarining antennalarini turli xildagi shikastlanishlardan saqlash uchun radioshaffof, signallarni susaytirishi kichik bo‘lgan, plastik qobug‘ (yopma) bilan himoyalangan. Bu signallar juda ham sust, ularning kuchi geostatsionar TV sputniklarniki kabi. GPS signallarini strukturasida va priyomnik signalni toraytirish qobiliyatida efirni umumiy shovqin fonidan GPS signalini ajratish antennalarga emas, priyomniklarga bog‘liq. Shunday bo‘lishiga qaramasdan antenna kam shovqinli oldkuchaytirgich bilan signalni kuchlantirib, so‘ngra priyomnikka uzatiladi.
Priyomnikni ichki qurilmalaridan o‘tishida GPS signallari ma’lum darajada so‘nadi. Antenna va priyomniklarni ayrim kombinatsiyalari yetarli darajada sezgir bo‘lib, yog‘och imoratlar, avtomobilni pribor shitida, samolyot deraza o‘yig‘ida signallarni qabul qiladi, lekin imkoniyati boricha antenna yuqorisi to‘liq ochiq, atrofida devor va to‘siqlari bo‘lmagan joyga o‘rnatish tavsiya etiladi. Daraxtlarning qalin va ayniqsa nam barglari bo‘lgan ochiq osmonli joylarda antennalar va priyomniklarning turli kombinatsiyalarida ham signallarni qabul qilish (sputniklarni kuzatishni) qiyinlashadi.Agar tarmoqlantirgich (splitter)dan foydalanilsa, bitta antenna ikkita yoki bir nechta priyomnikka xizmat qilishi mumkin. Tarmoqlantirgich oldkuchaytirgichga barcha priyomniklar ichidan faqat bittasi orqali doimiy tokni o‘tkazishi lozim va priyomnik portlari orasidagi ma’lum darajadagi o‘zaro izolyatsiyani ta’minlashi, ya’ni ular orasida hech qanday halal beruvchi bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |