570
Jek London
ayqash-uyqash bolib ketdi, yana uning ko‘z ol-
didan bir-birlariga ergashib turli manzaralar
ota boshladi. Bu manzaralaming birontasi ham
diqqatga sazovor emas edi. Hadeb ko'ziga quyosh
shulalari yorib o‘tgan quyuq yaproqlar ko‘rina-
verardi.
Eshikni birov taqirlatdi, u ko‘zini ochdi. U
uxlayotgani yo‘q edi, shuning uchun eshik taqir-
lashi bilan, telegramma yo xat kelgandir, kirxo-
na xizmatkori yuvilgan kiyimlarimni olib kelgan
dir, deb tasawur qila boshladi. Negadir esiga Jo
tushdi va Martin, hozir Jo qayerdaykin, deb o‘zi-
ga savol berarkan:
- Kiring! - deb qichqirdi.
U Joni oyiash bilan band bolib, eshik tomonga
o'girilib ham qaramadi. Eshik ohistagina ochildi,
lekin Martin eshikning taqillaganini go У о unutib
qo“yganday, hech narsani ko‘rmayotgan ko‘zla-
rini hamon bo'shliqqa tikib otiraverdi. Birdan
orqasida ayol kishining bo‘g‘iq va hazin jaglsi
eshitildi. Martin dik etib o'midan turib ketdi.
- Ruf! - deb yubordi u ajablanib. U qo'rqib ke-
tayozdi.
Qizning rangida qon qolmagan, ma’yus qi-
yofada edi. U bir qoli bilan eshikni ushlab, ik-
kinchi qolini kolcsiga qoVgancha, ostonada tu
rardi. So‘ng u ikkala qolini iltijo bilan Martinga
cho‘zdi-da, oldinga yura boshladi. Martin Rufni
kresloga o'tqazarkan, qizning qoli muzdek sovuq
ekanligini payqadi. U o‘zi uchun boshqa kreslo-
ni surib, uning bandiga otirdi. Martin hayajon-
langanidan tili kalimaga kelmasdi. Uning Rufga
bolgan muhabbati allaqachon qalbining teran
Martin Iden
571
yeriga dafn etilgan edi. Hozir «Metropol» meh-
monxonasi oVnida birdan «Qaynar Buloq» kirxo-
nasi bir hafta ichida yigllib qolgan kirlari bilan
paydo bolib qolganda o'zini qanday his qilsa, ho
zir ham shunday his qila boshladi. U bir necha
bor gapga og'iz juftladi-yu, lekin hech jur’at eta
olmadi.
- Mening bu yerdaligimni hech kim bilmaydi, -
dedi Ruf ohistagina yolvoruvchi tabassum bilan.
- Nima dedingiz? - deb so'radi Martin.
U o‘z ovozini taniy olmay hayratda qoldi.
Ruf gapini takrorladi.
- E! - dedi Martin, uning topgan bor-yo‘q gapi
shu boldi.
-
Sizning
mehmonxonaga
kirganingizni
ko'rdim, bir oz kutib turib ketingizdan kirdim.
- E! - deb takrorladi Martin.
Hech qachon uning tili bu qadar lol bolmagan
edi. Uning butun fikrlari birdaniga miyasidan
uchib ketdi. U sukut saqlab o‘tirishi o‘ng‘aysiz
tuyula boshlaganini his qildi, lekin olim tah-
likasida turganda ham, gapni nimadan bosh-
lashni bila olmas edi. Bundan ko‘ra, o'sha «Qay
nar Buloq»qa borib qolgani ham ma’qul edi, in-
damasdan yengini shimarardi-yu, ishga tushib
ketaverardi.
- Demak, birpas kutib turib, keyin kirdim
deng, - nihoyat gapirdi Martin.
Ruf xiyol g'amza bilan bosh irg‘adi-da, kolcsini
yopib turgan sharfni yechdi.
- Awal sizni ko'chada anavi qiz bilan ко‘r dim...
- Ha, - dedi Martin soddagina qilib, - men uni
kechki maktabga kuzatib qoydim.
572
Jek London
- Meni ko'rganingizdan xursand emasmisiz? -
deb so'radi qiz yana bir oz sukunatdan so'ng.
- Xursandman, juda xursandman, - deb javob
qildi Martin shosha-pisha, - lekin bu yerga yolg'iz
o'zingiz kelib chakki qilmadingizmikin?
- Hech kimga sezdirmasdan o'tdim. Bu yerda
ekanligimni hech kim bilmaydi. Sizni judayam
ko'rgim kelgan edi. Men naqadar tentaklik qil-
ganimni e’tirof etgani keldim bu yerga. Toqatim
toq bolganidan keldim bu yerga. Qalbimning
amri bilan keldim. Bu yerga kelishni istaganim
uchun keldim!
Ruf o'midan turib, Martinga yaqinlashdi. U
qolini yig: ling yelkasiga qo^gancha chuqur va
kalta-kal
Do'stlaringiz bilan baham: