Blount ko‘chada unga to'qnash kelib, uni ovqat-
ga taklif qildi. Martin sudya bilan Morzlarnikida
tez-tez uchrashib turganini va o'shanda Martin-
ni uyiga ovqatga taklif qilish uning xayoliga ham
kelmaganini esladi. «Nega axir o'shanda taklif qil-
magan edi meni?» deb Martin o‘ziga o‘zi savol be-
rardi. Axir u hech ham o‘zgargani yo‘q-ku. Hali-
yam o‘sha-o‘sha Martin Iden-ku. Sabab nima?
Sabab faqat endi asarlari bosilib chiqayotgani-
dami? Ammo u asarlarini allaqachonlar yozgan
edi-ku. O'shandan beri hech nima yozgani ham
yo‘q. Hamma yaxshi asarlarini u o‘sha payt-
da, sudya Blount umumning fikriga qo'shilib,
Martinning mulohazalari ustidan va Spenserga
Do'stlaringiz bilan baham: |