cha urinsa ham bolm adi. Hozir u xurmozorda
qo'shiq yangrayotganini, oydin kechada qizlar
о yin tushayotganini bilardi. Lekin u qog‘ozlar
uyulib yotgan stoldan va ko'pdan beri yuvilmay
xiralashib qolgan derazadan boshqa hech nima-
ni ko'rmas edi. U ingrab ko'zlarini yumdi va mast
uyquga ketdi.
QIRQ BIRINCHI BOB
Martin kechasi bilan dong qotib uxladi, erta
lab pochtachining eshik taqirlatganidan uyg'onib
ketdi. U kelgan maktublarni horg'in va beparvo-
lik bilan ocha boshladi. Taniqli «qaroqchi» jur-
nalning muhri bosilgan konvert ichidan yigir
ma ikki dollarga chek chiqdi. Bu pulni undirish
uchun Martin sal kam bir yarim yil ovora bolgan
Do'stlaringiz bilan baham: |