- E, men uni hecham ko‘rmaganman, - deb
javob qildi yigit. - Siz kirmasingizdan oldin ana-
vi stolda yotgan kitobni ochib, bir-ikkita she’rini
o‘qigandim. Uning she’rlari sizga yoqadimi?
Qiz Martinni qiziqtirgan narsa to‘g‘risida er-
kin va ravon gapira ketdi. Yigit o'zini xiyla du-
rust his eta boshladi va hatto kresloga bahuzur
o'tirib oldi, shunga qaramay, go'yo kreslo tagidan
sirg'alib chiqib ketib, yerga «tap» etib o'tirib qola-
diganday, uning ikki yondoridan mahkam ushlab
o‘tirardi. U qizga tanish bolgan mavzuni o'rtaga
tashlashga muyassar boldi, endi esa qizning bu
jajji go‘zal boshida nechogli ko‘p aql borligidan
taajjublanib va ayni vaqtda, uning zarif lato-
Do'stlaringiz bilan baham: |