gung bolib o‘tira olmaydi-ku axir! Hozir o‘z ti-
lida, albatta, nutqini atrofidagilarni xijolat qil-
maydigan va ularga tushunarli holda yumshatib
gapiraveradi. Buning ustiga, u sukut saqlash bi
lan o‘zi aslida tushunmagan narsalami tushun-
ganday qilib ko‘rsatmoqchi emas. Shunga ko‘ra,
aka-ukalar universitet haqida gapirib o‘tirib, bir
necha bor «trig» so'zini ishlatishgan edi, Martin
Iden o‘z ahdiga amal qilib ulardan so'radi:
- «Trig» nima degani?
- Trigonometriya, - deb javob qildi Norman. -
Oliy «matika»ning bir qismi.
- Xo‘sh, «matika» nima? - deb Martin navbat-
dagi savolni bergan edi, bu safar negadir hamma
Nopmanga qarab kulib yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |