German fon Shmidt bilan ham suhbatlashgan
edi. U Martinni «Oila sha’niga tushgan dog‘»
deb atabdi va u ham Martin bilan qarindosh-
lik qilishdan bosh tortibdi. «U mening yelkamga
minib olmoqchi bolgan edi, - debdi gap orasida
German fon Shmidt, - lekin bu nayrangi o‘tma-
di. Men uni uyimga kelmaydigan qilib bezdirib
yubordim. Bunaqa ishyoqmasdan hech xayrli
ish kutib bolmaydi!»
Martin bu safar chinakamiga achchiqlangan-
di. Brissendenga bu gap xuddi ermakdek tuyulsa
ham, Martinni tinchitishga qurbi yetmadi. Martin
endi Rufga buni tushuntirish oson bolmasligini
bilardi. Qizning otasi esa fotihani buzish uchun
bu bema’ni uydirmadan albatta foydalansa ke
Do'stlaringiz bilan baham: |