Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Umumiy kelajak partiyasi, 2002 yil tuzilgan; Leyboristlar partiyasi, 1916 yil asos solingan; Ya.Z. milliy partiyasi, 1936 yil tashkil etilgan; Ya.Z. demokratik partiyasi, 1954 yil tuzilgan; Sotsialistik birlik partiyasi, 1993 yil tashkil etilgan; Taraqqiyparvar koalitsiya, 2002 yil tuzilgan. Ya.Z. kasaba uyushmalari kengashi, 1987 yil asos solingan.
Xoʻjaligi. Ya.Z. — qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 9%, sanoat 25%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 66% ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligining asosi — sut, goʻsht va goʻshtjun chorvachiligi. 47,5 mln. qoʻy, 9 mln. qoramol boqiladi. Ya.Z. sariyogʻ, goʻsht, jun va pishloq eksport qilish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Yemxashak ekinlari, bugʻdoy, arpa, suli, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlari ekiladi. Meva, jumladan, kivi yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (sitrus mevalar, olma, nok, shaftoli, gilos). tokchilik rivojlangan. Baliq va kit ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoatida oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, kimyo, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Alyuminiy, plastmassa, oʻgʻit, sement, chinni zavodlari bor. Kon sanoatida tabiiy gaz, temir rudasi, mis, qoʻrgʻoshin, rux, oltin, kumush, qoʻngʻir va toshkoʻmir, titanmagnetit qumi qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 32,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.
Transportida dengiz transportining ahamiyati katta. Yirik portlari: Vellington, Oklend, Littelton. Yangi Zelandiyalar uzunligi 3,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 92 ming km. Vellingtonda xalqaro aeroport bor. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Yangi Zelandiya dollari.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Taʼlim 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy va bepul. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oʻqish muddati boshlangʻich maktablarda 6 yil, oraliq maktablarda 2 yil, 8 yillik maktab (boshlangʻich va oraliq)dan keyingi bosqich oʻrta maktab (oʻqish muddati 3 yil). Kollej va oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. Mamlakatda 7 universitet va texnika institutlari bor. Untlar Oklend, Kraystcherch, PalmerstonNort, Danidin, Vellington, Gamiltonda joylashgan. Yangi Zelandiyalar mamlakatning oliy ilmiy muassasasi — Ya.Z. qirollik jamiyati (1867 yil tashkil etilgan, turli shaharlarda 50 ga yaqin boʻlim va filiallari bor), ilmiy va industrial tadqiqotlar departamenti (1926), pedagogik tadqiqotlar kengashi (1933), Yangi Zelandiya nafis sanʼat akademiyasi, Karterov rasadxonasi, hammasi — Velington shahrida, Danidin shahridagi tibbiy tadqiqotlar kengashi (1950), Vellingtondagi iqtisodiy tadqiqotlar instituti (1958), Kraystcherchdagi geofizika va astronomiya rasadxonasida olib boriladi. Vellingtonda Milliy kutubxona (1966), Oklend (1880), Kraystcherch (1859), Vellington (1893) shahrilarida kutubxonalar, Milliy muzey kutubxonasi bor. Muzeylari: Vellingtondagi milliy muzey (1865), Milliy badiiy galereya (1936), Danidin, Kraystcherch, Oklend shahrilaridagi muzeylar, Oklenddagi badiiy galereya, Transport va texnika muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va teleqoʻrsatuvi. Ya.Z.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Dominion" (kundalik gazeta, 1907 yildan), "Ivning post" ("Kechki pochta", kechki kundalik gazeta, 1865 yildan), "Nyu Zilend gerald" ("Yangi Zelandiya xabarchisi", kundalik gazeta, 1863 yildan), "Nyu trus" ("Yangi haqiqat", haftalik gazeta, 1904 yildan), "Otago deyli tayms" ("Otago provinsiyasi kundalik vaqti", kundalik gazeta, 1861 yildan), "Press" ("Matbuot", kundalik gazeta, 1861 yildan), "Soushelist politiks" (jur.). Nyu Zilend Press Assoshieyshn, Yangi Zelandiya kundalik gaz.larning kooperativ birlashmasi, 1879 yil asos solingan. "Radio Nyu Zilend" radiosi 1936 yil, "Televiji Nyu Zilend" televideniyesi 1960 yil tashkil etilgan.
Adabiyoti 19-asr oʻrtalaridan ingliz tilida rivojlanmoqda. 19-asr oʻrtalarida va undan keyingivaqtlardagi yozuvlarda maorilarning boy folklori (afsona, rivoyat, qoʻshiq, maqol) saqlangan. Dastlabki yangi zeland adabiyoti asarlari ingliz adabiyoti anʼanalari asosida barpo etildi. 19-asrning 50— 80-yillaridagi shoirlar A.Domett va T.Brekken asarlari romantik yoʻnalishda yaratiddi, U.Golder va J.Barr sheʼriyatida erksevarlik ruhi namoyon boʻldi. M.E.Barker, J.Uayt, J.G.Uilson kabi adiblar oʻz asarlarida mustamlakachilik davrini aks ettirdilar. 19-asrning 90-yillari oxiri — 20-asr boshlarida adabiyotda milliylikning oʻziga xos belgilari paydo boʻldi. Bunda Ya.Z. hayotidagi ijtimoiy va irqiy masalalar oʻz aksini topdi. 19-asrning 90-yillaridan U.Pember, J.Makkey va boshqalarning ijtimoiy adolatsizlikka qarshi qaratilgan sheʼrlari, J.Veston, G.V.Vogel, J.Shamyer, U.Satchell romanlari, A.A.Greys, U.Bok va boshqalarning hikoyalari, 20-asr boshlarida K.Mensfildning ruhiy novellasi yaratildi. 20-asrning 30—40-yillarida adabiyot jahon iqtisodiy boʻhronini, mehnatkashlarning oʻz huquqlari uchun kurashini aks ettirdi. J.A.Li, R.Xayd, F.Sarjeson romanlari, R.A.K.Meyson, D.Glover, A.Kernou sheʼrlari shu mavzuga bagʻishlandi. 50-yillardan sheʼriyatda axloqiyfalsafiy muammolar yetakchi oʻringa chiqdi (J.Bakster, A.Kempbell va boshqalar). 1940—60-yillarda D.Ballantayn, L.Devin, N.Xilliard va boshqalarning realistik romanlari paydo boʻldi. Bu davrda M.Shedbolt, B.Mitkaf va boshqalar novella janrida ijod qildilar. Ayrim yozuvchilar ijodida (J.Freym romanlarida) modernizm taʼsiri yaqqol namoyon boʻldi. 1970-yillarda adabiyotga maori yozuvchilari — V.Iximaer va X.Tuvare kirib keldilar. Ya.Z.da K.Mensfild romanlari, A.P.Gaskell, M.Daggan, X.Shouning psixologik novellalari mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |