Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Ingliz mustamlakachilari kelgunga qadar maorilar toʻgʻri burchakli, ikki nishabli tomi oʻtlar bilan yopiladigan yogʻoch uylardan iborat qishloqlarda yashagan. 19-asrning 2-yarmidan aniq reja bilan (Kraystcherch, Oklend) yoki tabiat manzarasi bilan uygʻunlashtirib qurilgan (Vellington) shaharlar qad koʻtara boshladi. Maʼmuriy bino va ibodatxonalar avval neoklassitsizm va neogotika uslubida, 20-asrning 20—30-yillari zamonaviy shakllarda qurildi. 1960—70 yillardan yangi qurilish materiallari va konstruksiyalar qoʻllanila boshladi. Bir qavatli uylar inglizlarnikiga oʻxshatib qurilsa ham, oʻziga xos mahalliy xususiyatlarga ega.
Maorilar sanʼatining qadimiy yodgorliklari — tosh va suyak oʻymakorligi, naqqoshlik va devoriy yezuvlardir. 19asr oxiri — 20-asr boshlarida mahalliy rassomlik maktabi shakllandi (rassomlar G.Lindauer, Ch.F.Goldi, P. van der Velden, J.Neyrn, A.F. Nikoll, L.Mitchell, haykaltarosh R.O.Gross, fafik E.Mervin Teylor va boshqalar). Rassomlar maorilar turmushi va mamlakat tabiatini tasvirladilar. Monumental rassomlik, haykaltaroshlik, shahar va industrial manzara rivojlanmoqda. Musiqasi. Maori xalqlarida marosim qoʻshiq va raqslari rasm boʻlgan; epik, lirik, mehnat qoʻshiqlari har doim nafosat bilan ijro etilgan. Musiqa asboblari: truba (pu; chigʻanoq, yogʻoch, qovoqdan yasaladi), fleyta turlari (porutu, uio, koauau), shaqildoq, hushtak, gong, kastanyet (tokere). Qoʻshiqraqs sanʼatida tabiatdagi tovushlarga taqlid qilish keng tarqalgan. 19-asr boshlarida Yevropadan koʻchib kelgan (asosan, ingliz)lar sanʼati rivojlandi. 19-asrda mahalliy va Gʻarbiy Yevropa musiqa anʼanalari negizida professional musiqa paydo boʻldi. 19-asr oxirida dastlabki simfonik orkestrlar tuzildi. 20-asrda mahalliy sanʼatga qiziqish ortdi (A.Ngata boshchiligidagi yosh maorilar deb nomlangan harakat). Bir qancha folklor ansambllari, jumladan, Vellingtonda "Ngati Poneke" (maori musiqachilari V.Guata, T.R.Karepa) ansambli tashkil etildi. 20-asr mamlakatdagi professional jamoalar orasida Ya.Z. radiosi simfonik orkestri (1947), Yoshlar orkestri (1959), Milliy opera (1954) va Milliy balet (1955) truppalari, kompozitorlardan G.Xill, D.Lilbyorn, D.Farkuaer, K.Smol, E.Lokvud mashhur.
Teatri. 1930-yillarda opera va drama havaskorlari truppalari, 1950 yillarning boshida koʻchma professional truppalar ("Nyu Zilend pleyers", "Sautern komedi pleyers", "Daunsteyj", "Komyuniti arts servis tietr") paydo boʻldi. 1960 yil professional yangi zeland baleti vujudga keldi. Oklend shahrida yarim professional "Sentral tietr", Danidinda xususiy "Glob tietr" teatrlari ishlaydi. Rejissyorlar S.Birn, R.Barker, K.Ketkart, aktyorlar R.Stoun, D.Fermeyd, dramaturglar J.Bakster, J.Koppard, A.Kernou mashhur.
Kinosi. 1898 yil dastlabki qisqa metrajli hujjatli film suratga olingan. 1912 yil Vellingtonda "Neeshenal film yunit" davlat kinostudiyasi tashkil etildi. Birinchi jahon urushi yillari (1914—18) harbiy xronika, 20-asrlarda, asosan, qisqa metrajli filmlar yaratildi. Badiiy kinematografiyaning asoschisi rejissor R.Xeyuorddir ["Doʻstlik yoʻllari boʻylab" (1936), "Maorilarni sevish" (1972) filmlari]. 1936 yil ingliz kinorej. J.Grirson yordami bilan bir qancha hujjatli filmlar yaratildi. Badiiy filmlardan "Bardosh bera olmagan toʻsiq" (rej.lar R.Mayrams va J.O’shi), "Testlar uchun suratchalar" (rejissor D.Stivens), "Farzandlar qaytmoqda" (1980, rejissor P.Monder) kabi filmlar diqqatga sazovorOʻzbekiston — Ya.Z. munosabatlari. Ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yil 19 martda oʻrnatilgan boʻlishiga qaramay, Ya.Z.ning geografik jihatdan uzoqda joylashganligi mamlakatlar oʻrtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. 2004 yil yanvar — noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan boʻlgan tovar aylanmasi 210,2 ming AQSH dollarini, undan eksport 20,3 ming, import 189,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonda "SHʼyek.1e\uye11egu" Oʻzbekiston — Ya.Z. qoʻshma korxonasi bor. Ya.Z. hukumati oʻz mamlakatidagi oliy oʻquv yurtlari magistraturasida taʼlim olish uchun oʻzbekistonlik 4 talabaga moliyaviy yordam koʻrsatdi. Shuningdek, kam taʼminlangan oila ayollari taʼlimi uchun Samarqand tadbirkor ayollar assotsiaiiyasiga 5 ming AQSH dollari miqdorida grant ajratdi.
Oʻzbekiston — Yangi Zelandiya munosabatlari. Ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yil 19 martda oʻrnatilgan boʻlishiga qaramay, Ya.Z.ning geografik jihatdan uzoqda joylashganligi mamlakatlar oʻrtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. 2004 yil yanvar — noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi bilan boʻlgan tovar aylanmasi 210,2 ming AQSH dollarini, undan eksport 20,3 ming, import 189,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonda "SHʼyek.1e\uye11egu" Oʻzbekiston — Ya.Z. qoʻshma korxonasi bor. Ya.Z. hukumati oʻz mamlakatidagi oliy oʻquv yurtlari magistraturasida taʼlim olish uchun oʻzbekistonlik 4 talabaga moliyaviy yordam koʻrsatdi. Shuningdek, kam taʼminlangan oila ayollari taʼlimi uchun Samarqand tadbirkor ayollar assotsiaiiyasiga 5 ming AQSH dollari miqdorida grant ajratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |