“Yangi Yo’l qishlog’i hududida o’sadigan va xalq tabobatida ishlatiladigan ayrim dorivor o’simliklar” haqida ma’lumot



Download 479,5 Kb.
bet8/8
Sana30.06.2021
Hajmi479,5 Kb.
#105798
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O'zbekistonning foydali o'simliklari

9. Zaharli ta’sir. Ba’zi bir dori moddalari ro’yirost zarar qilib, zaharli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, morfin bolalar nafas markazini susaytiradi.

Davolash turlari:

  1. Etiotrop (yunoncha – aetio – sabab, tropo - yo’naltirish) davolash turi dori moddalarining kasallik sabablarini yo’qotishga qaratilgan. Masalan, zaxmni davolash uchun margimushning organik birikmalari, zotiljamni, so’zakni davolash uchun sulfanilamid moddalarni qo’llash etiotrop davolash turiga misol bo’la oladi. Ular ushbu kasallik sababchilariga-mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadi. Etiotrop ta’sir dori moddalarning eng qimmatli xususiyatidir.

  2. Simptomatik davolash-ba’zi dori moddalarni ta’siri kasallik belgilari (simptomlari) ni yo’qotishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, xaroratni tushiradigan, og’riqni qoldiradigan vositalar shular jumlasidandir. Simptomatik dorilar ta’sirida bemorning faqat ahvoli yaxshilanib qolmay, balki uning xayoti saqlanib qolishi mumkin. Lekin ular kasallikning asosiy sababiga ta’sir ko’rsatmaydi. Masalan, og’riq tufayli paydo bo’lgan shokda kuchli og’riq organizmga, avvalo nerv sistemasiga xalokatli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

  3. O’rin bosuvchi davolash-organizmda fiziologik faoliyatni idora etishda ishtirok etadigan moddalar kamayib ketsa, ularning o’rnini bosuvchi moddalar yuboriladi, bunda asosan gormon va vitamin moddalari qo’llaniladi. Masalan, oshqozon osti bezining Langergans orolchalaridan insulin gormoni ishlab chiqishi kamaysa, qandli diabet yuzaga keladi, ushbu kasallikda uning o’rnini bosuvchi dori sifatida gormonal modda – insulin qo’llaniladi.

  4. Profilaktik davolash. Dori moddalarining kasalliklarining oldini olish uchun qo’llanishi profilaktik davo deb ataladi.

Ularning so’rilish tezligiga, to’qimalar, a’zolarga tarqalishiga organizmning biologik suyuqliklaridagi konsentratsiyasi va biotransformatsiyasiga ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun bemorlarni davolashda samarali ta’sir etadigan dori shakli qo’llaniladi.

Dori moddalarining kimyoviy tuzilishi bilan farmokologik ta’siri o’rtasida bog’lanish bor. Masalan, barbiturat kislotaning o’zi uxlatish xususiyatiga ega emas, shu kislotaning unumlari – barbituratlar ushbu xususiyatga ega. Barbituratlarning uxlatish ta’siri davomiyligi ham ularnig tuzilishiga bog’liqdir.

Kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqin moddalar ba’zan farmokologik jihatdan har xil ta’sir ko’rsatadi. Masalan, erkaklar va ayollarning jinsiy gormon moddalari shular jumlasidandir. Kimyoviy jihatdan har xil tuzilgan dori moddalari, masalan, pilokarpin va atsetilxolin farmokologik jihatdan bir xil ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Dori moddalari kimyoviy tuzilishiga ko’ra to’qima retseptorlariga ta’sir ko’rsatadi.

Dori moddalarining organizmga ta’siri ularning miqdoriga dozasiga bog’liq. Dori moddaning shifobaxsh ta’sir ko’rsatadigan miqdoridir. Dori moddaning farmokologik ta’siri yuzaga chiqa boshlaydigan eng kichik doza minimal yoki bo’sag’a doza deb ataladi, rosmana shifo ko’rsatadigan doza davolovchi-terapevtik miqdor deb ataladi. Tibbiyot amaliyotida terapevtik dozalardan foydalaniladi, ko’pincha moddalarninng o’rtacha davolash miqdori qo’llanadi. Ayrim hollarda yuqori, ya’ni maksimal davolash dozadan foydalanishga to’g’ri keladi. Zaxarlanishni keltirib chiqaruvchimiqdor zaharlaydigan-toksin miqdor, o’limga olib keladigan doza-o’ldiruvchi (letal) miqdor deb ataladi. Dori moddalar miqdoriga qarab organizmga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, uxlatuvchi vositala-barbituratlarning minimal miqdori tinchlantiruvchi, o’rta miqdori uxlatuvchi, yuqori miqdori narkotik ta’sir etishi mumkin.

Dori moddalarni ishlatishda ularning farmokologik ta’sir doirasining kengligi hisobga olinadi. Minimal toksik doza bilan davolash dozasining o’rtasidagi oraliq farmokologik ta’sir doirasi deyiladi. Ushbu oraliq nechog’li katta bo’lsa, davolash ta’siri shunchalik keng, modda kam zaharli va uni qo’llash nisbatan xavfsiz bo’ladi.

Dozalar dori moddalarini qo’llashga qarab bir martalik, sutkalik bo’ladi. Bir martalik doza bo’lib-bo’lib qo’llanilsa-bo’lingan, 2-3 barobar qo’llansa-zarbali, davolash davrida qo’llaniladigan doza kurs dozasi deb ataladi.

Dori moddalari sutkaning qaysi vaqtida qo’llanganiga qarab ham ta’sir etadi, xronfarmokologiya sohasi hali etarli rivojlanmagan bo’lsa ham, ba’zi kerakli ma’lumotlar olingan. Modda kun mobaynida qachon qabul qilinganligiga qarab turlicha ta’sir etadi. Masalan, morfinning og’riq qoldiruvchi ta’siri kunning ikkinchi yarmida ertalab qo’llanilgandan ko’ra sezilarli ekan, nitroglitserin ertalab yaxshiroq ta’sir etadi. Fenobarbitalning xayvonlarda zaharliligi aniqlanganda olingan Raqamlar kun bo’yi o’zgarib turgan.

Dori moddalar ta’sirida dastlabki yuborilgan miqdorning qonga o’tgan, qondagi erkin holdagi hajmi ahamiyatga ega, chunki og’iz orqali yuborilgan dori moddalari me’da-ichak fermentlari parchalanishi mumkin, jigarda metabolizmga uchraydi, shu tufayli uning qonga o’tadigan miqdori, ya’ni «biologik mosligi (biodostupnost)» Raqamii kamayib boradi.

YUqorida keltirilganlarga ko’ra dori moddalarining ta’siri organizmning o’ziga xos xususiyatlari bilan ham bog’liq. Birinchidan, dori moddalariga organizmning sezuvchanligi yoshga qarab o’zgarib boradi. Bolalar dori vositalar ta’siriga kattalarga nisbatan sezuvchanroq bo’ladilar, bu bolaning yoshiga bog’liq anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq. YOsh bolalarning markaziy nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan, gematoensefalik to’siq o’tkazuvchanligi ortiq darajada, jigarning dori moddalarini zararsizlantiradigan fermentlari faolligi kam, buyrak faoliyati to’la-to’kis rivojlanmagan bo’ladi. SHuning uchun bolalarga doir moddalari kattalarga nisbatan kam miqdorda buyuriladi. Ayrim dori moddalarni esa bolalarda ma’lum yoshgacha umuman qo’llash man etiladi. Masalan, yosh bolalarning nafas markazi morfinga juda sezgir, tetratsiklin esa bolalar tishining chiqishiga va suyaklarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi dorilarning bolalar uchun bir martalik va sutkalik eng yuqori miqdorlari Davlat farmokologiyasida ko’rsatib berilgan.





Download 479,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish