OZBEKISTONNING FOYDALI OSIMLIKLARI
Farg’ona viloyati Toshloq tumanidagi Yangi yo’l qishlog’i Fag’ona vodiysining janubiy qismida bo’lib, viloyat markazi Farg’ona shahridan 25-30 km. shimolda joylashgan. Bu qishloq Toshloq tumanidagi Besholish dashtlari bilan uygunlashib ketgan. Qishloqning dasht va adir zonalari bilan uygunlashib ketganligi natijasida qishloq hududida juda kop turdagi dorivor osimliklarni uchratish mumkin. Bu osimliklar, qadim-qadimdan, xalqimiz tomonidan tabobatchilikda keng foydalanib kelinayotgani katta ahamiyatga ega.
Toshloq tumanidagi 11-orta maktabda tashkil etilgan Olamni saqlaylik ekologik klubi raxbari R.Badalov va shu maktab biologiya oqituvchisi M.Abdullayeva va ozim talim olayotgan maktab biologiya oqituvchisi I.Sodiqovalarning nazorati va korsatmalari asosida hududimizdagi osimliklarni organish borasida kichik izlanishlar olib bordik. Osimliklarni organish va ularni farqlash jarayonida, anchagina qiziqarli va foydali malumotlar toplashga erishdik.
Biz o’rgangan o’simliklar orasida kishilarimiz salomatligi uchun alohida a hamiyatga ega bo’lgan, tuproq erroziyasini oldini oladigan va yemirilib borayotgan ekologik muhitdagi ob-havoni tozalab, kislorod bilan to’yintirib turadigan o’simliklarga bo’lgan munosabatlarni bilib oldik va bunday o’simliklarning biologik-ekologik hususuyatlarini o’rganishga kirishdik. Quyidagi malumotlarda, shular haqidagi ilk ijodiy ish namunalarimiz yozilgan.
1. Namatak xalq tilida atalishi, fandagi nomi esa - Rosa Cinnamomea L.
Bizning hududimizda yovvoyi holda osayotgan namatak turlari jihatidan kop bolmasada, foydasi jihatidan katta ahamiyatga ega. Namatak kopyillik butasimon osimlik bolib, boyi 2-3 metrga etib boradi. Mevalaru uzunchoq-dumaloq, jigarrang va qizil rangli, novdalari tikanli, barglari ketma-ket joylashgan, gullari pushti, och pushti, oq, sariq va qizil ranlarda boladi. Mart Aprel oylarida gullaydi.Biz bu osimlik haqida malumotga ega bolish uchun kopgina kitoblar bilan tanishib chiqdik.
Namatakning quritilgan mevalarida 18-19% askorbin kislotasi bolishligini, barglari, gulgunchalarida va tomir qismida oshlovchi moddalarning kopligini va meva danaklarida shifobahsh moy bor ekanligini bilib oldik. Bundan tashqari namatak mevasida inson organizmi uchun juda zarur bolgan qand moddasi, limon, olma kislotalari, karotin, kaltsiy, temir, marganets, fosfor, magniy kabi moddalar borligi haqida malumotga ega boldik.
Namatak mevalaridan tayyorlangan qaynatma,damlamalar kishilarning salomatligini saqlashda va kamqonlik kasalligini oldini olishda, turli shamollash kasalliklarini davolashda ishlatish mumkinligini bilib oldik va bu malumotlarni klubimiz mashgulotlarida, Biologiya darslari davomida tengdoshlarimizga aytib berdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |